- Janubiy Koreyaning bu kabi yutuqlariga hukumat tomonidan ishlab chiqilgan davlat modelining o’zining oqlagani natijasi sifatida ko’rish mumkin. Hozirgi kundagi hamon davom etayotgan jahon moliyaviy inqirozi sharoitida u o’zining eksport salohiyatini oshirish yordamidagina barqaror taraqqiyoti ta’minlab qola oladi.
- Rivojlanishga bo‘lgan qattiq ishtiyoq, millatning fidoyiligi — uni umidsizlikning tubidan olib chiquvchi kuch. 1997-yilda kuzatilgan «Osiyo iqtisodiy inqirozi», 2008-yildagi jahon iqtisodiy inqirozi koreyaliklar uchun sinov bo‘ldi. 1997-yilda iqtisodiyotni muqarrar halokatdan asrash uchun koreyaliklarning o‘zlaridagi tillalarni ommaviy ravishda davlatga topshirishlari jahon hamjamiyatini hayratga soldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |