Jangnoma va qaxramonlik dostonlari
Doston xalq og‘zaki ijodi va o‘zbek mumtoz adabiyotida
keng foydalanib kelinayotgan epik shakllardan biridir. «Dos-
ton» so‘zi xilma-xil ma’noni bildirib kelgan. Masalan, «doston»
forschada epik asar nomini anglatadigan so‘z bo‘lib, u hatto
qissa, romandek katta nasriy asarlarga ham nisbat beriladi. Siz
bilan biz o‘rganayotgan doston esa xalq og‘zaki ijodida yara-
tilgan va yaratilayotgan muayyan kompozitsion yaxlitlikka ega
bo‘lgan xalq dostonlaridir. Ular yozma adabiyotdagi «Suhayl va
Guldursun», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun» kabi dos-
tonlardan fantaziya ko‘lami, ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan vo-
qealar, aql bovar qilmaydigan qahramonliklar tasviri bilan farq
qiladi. To‘g‘ri, yuqorida nomlari tilga olingan dostonlarda ham
fantastik unsurlar, mubolag‘ali o‘rinlar mavjud. Biroq ularning
birortasi sujet erkinligi, favqulodda qiziq voqealar borasida xalq
dostonlari bilan tenglasha olmaydi.
Dostonlarimizda xalqimizning baxtli kunlar, ro‘shnoliklar ha-
qidagi orzu-umidlari, faqat yaxshilikka, yorug‘ kunlarga erishish
istagi yotadi. E’tibor bersangiz, dostonlar muvaffaqiyatli yakun
bilan tugaydi. Asar qahramonlari juda katta fojialarni, qiyinchi
liklarni boshlaridan kechiradilar, og‘ir sinovlarga bardosh be-
radilar, oxir-oqibat murod-maqsadlariga erishadilar.
Xalq dostonlarining ko‘pchiligiga xos xususiyat – ularda ishq-
muhabbat mavzusining ustunligidir. Dostonlardagi voqealar qahra-
monlarning ishqiy sarguzashtlari fonida kechadi. Masalan, dunyoga
mashhur «Alpomish»ni olasizmi, «Ravshan» yoki «Kuntug‘mish»
dostonlarini olasizmi – bari-barisida muhabbat mavzusi ustuvor-
lik qiladi. Darhaqiqat, muhabbat – muqaddas tuyg‘u. Bekorga
xalqimiz «Ishqsiz eshak – dardsiz kesak», demaydi. Sevimli
shoiramiz Nodirabegim ta’biri bilan aytganda esa:
«Muhabbatsiz kishi odam emasdur,
Gar odamsan, muhabbat ixtiyor et».
Muhabbat
insonni
ezgulikka
yetaklaydi,
sevgan
kishi
har qanday qahramonlikka qodir hisoblanadi. Biz o‘rgangan
«Kuntug‘mish» dostoni sevishganlar haqida chiroyli asar, uning
janrini ishqiy qahramonlik dostoni, deb belgilash mumkin.
Chunki Kuntug‘mish dostonda katta qahramonliklar ko‘rsatadi:
yurtga qiron keltirgan ajdarni yengadi, tosh bostirib qo‘yilgan
kigiz ostidan chiqib ketadi. Bu qahramonliklar shunchaki o‘zini
ko‘rsatish emas, avvalo xalqni ajdar ofatidan qutqazgan bo‘lsa,
sevikli yori, bolalarini deb g‘oyat tang bir holatda yovlari
o‘rab-chirmab, ustidan tosh bostirib ketgan kigiz orasidan xalos
bo‘lib chiqadi.
Umuman, Kuntug‘mishning dostondagi hayoti qahramonlik
bilan kechadi. Uning Xolbeka visoliga yetishish uchun uzoq sa-
farga otlanishi, yo‘lidagi barcha to‘siq-g‘ovlarni yengishi haqi-
qiy insoniy jasorat, doyilikdir. Dostondagi Xolbeka, Gurkiboy
va Mohiboy harakatlarida ham qahramonlik belgilari mavjud.
Axir Xolbekaning sevgan yori, bolalari uchun jonini berishga
tayyorligi, Gurkiboyning ukasi uchun o‘zini do qilishga shay-
ligi (uning dor ostidagi so‘zlarini eslang) qahramonlik emasmi?!
Birgina
«Kuntug‘mish» dostoni emas,boshqa dostonlarda ham asar personajlari turli qahramonlik namunalarini
ko‘rsatadilar, bu qahramonliklar odamlarning og‘irini yengil
qiladi, el-yurtga ro‘shnolik keltiradi. Baxshi bobolarimiz sevib
kuylagan «Kuntug‘mish» kabi ishqiy-qahramonlik dostonlari biz-
ni muhabbatdek ezgu tuyg‘uni qadrlashga undaydi, doyilik,
qahramonlikka chorlaydi, chunki ishq-muhabbat, qahramonlik,
jo‘mardlik doimo egizak tushunchalardir.
Jangnoma-dostonlar. Hukmron tabaqa islom dinini harbiy kuch bilan
yoygan shaxslarni xalq orasida targ’ib qilish maqsadida jangnoma asarlaridan
foydalangan. Natijada «Jangnomai Abo Muslim», «Jangnomai Sayid Battol
G’oziy», «Jangnomai Amir Hamza» kabi islom dinini zo’rlik bilan targ’ib etgan
shaxslarning nomi bilan bog’langan jangnomalar yuzaga kelgan. O’rta Osiyoda
keng tarqalgan jangnomalarning qadimgi namunalariga Firdavsiyning
«SHohnoma»sini va «Jangnomai Jamshid», «Qahramoni Qotil», «Ho’shang»,
«To’maris» kabilarni ko’rsatish mumkin. Jangnoma — epik janr. Bunda tarixiy va afsonaviy janglar, ayrim afsonaviy va tarixiy shaxslar koʻrsatgan mardlik va qahramonliklar mubolagʻali hamda koʻtarinki ruh bilan bayon qilinadi. Mustaqil janr sifatida u qad. qahramonlik dostonlari taʼsirida shakllangan. J.larda qahramonlarning , xususan, bosh qahramonning kuch-qudrati, qurol-yaroqlari, jangi va jasorati gʻoyat boʻrttirib tasvirlanadi. J.lar nasriy hamda sheʼriy shakllarda boʻlishi mumkin. Koʻpgina J.lar nasrda yozilib, baʼzan asar tarkibiga sheʼriy parchalar xam kiritiladi. J.ning qad. koʻrinishlariga qad. mifik qahramonlar haqidagi "Jangnomai Jamshid", "Qahramon Qotil", "Xoʻshang", "Iskandar poshsho" kabi asarlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |