Jan Jak Russo ta’limoti Jon Lokk ta’limoti


P.F.Lesgaft ishlab chiqqan jismoniy ta'lim nazariyasining asosiy yo'nalishlari  quyidagilardan iborat



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana22.06.2022
Hajmi0,52 Mb.
#692803
1   2   3   4
Bog'liq
22. Jan Jak Russo ta’limoti P. F. Lesgaft ta’limoti Jon Lokk t

 
P.F.Lesgaft ishlab chiqqan jismoniy ta'lim nazariyasining asosiy yo'nalishlari 
quyidagilardan iborat:
 
1. Aqliy ta'lim ham, jismoniy ta'lim ham odamni butun jamiyat baxt-saodati 
uchun serunum mehnat qilishga tayyorlash imkonini berishi kerak. Har qanday 
ta'limning asosiy maqsadi odamning shaxsiy manfaatini emas, balkr jamiyatga 


foyda keltirishni birinchi o'ringa qo'yishiga erishishdan iborat bo'lmog'i lozim. 
Odam deydi Lesgaft, butun umrida ijodkor bo'lishi, yodaki uslublardan 
foydalanmasligi darkor. Shunday qilingan taqdirdagina odamning uzluksiz 
shaxsiy kamolotiga va butun jamiyat madaniyatining taraqqiyotiga erishish 
mumkin. 
2.Inson aqliy faoliyatida ham, jismoniy faoliyatida ham ijodiy faollikka 
qo'yilgan maqsadlarga erishish uchun vositalar ongli ravishda tanlangan 
taqdirdagina erishish mumkin. Shuning uchun Lesgaft mashq qilish natijasida 
hosil bo'lgan narsalami bir-biridan farq qila olishga odatlanishni, ularni o'zaro 
bir-biri bilan taqqoslay olish hamda ularga baho bera bilish, ya'ni tahlil qila 
olishni jismoniy ta'limning eng muhim vazifalaridan biri deb hisobladi. Lesgaft 
ana shu nuqtai nazardan mashqlarni ko'rsatib berishni emas, balki ularni 
tushuntirib berishning o'zi bilan cheklanishni tavsiya qildi. Bu narsa o'quvchini 
bajargan harakatini ko'r-ko'rona takror qilib berishga emas, balki uning haqida 
ongli tasavvur hosil qilishga, undan keyin esa o'sha harakatni takror bajarishga 
majbur etadi. Odam ongi deydi Lesgaft, uning har bir faoliyatini oldindan 
bajarishi kerak. 
3.«Hech qanday kamchiligi yo'q normal organizm»ga ega bo'lgan odamning har 
taraflama kamol topishigina serunum va mahsuldorroq mehnat qilishga 
qodirdir. Har taraflama kamol topishgina juda oz kuch sarflab, juda qisqa vaqt 
ichida eng yaxshi natijalarga erishib ishlash imkonini beradi. 
4.Lesgaft kishining har taraflama kamol topishi deganda, odamning aqliy va 
jismoniy kuchlarini bir-biriga qo'shib, to'g'ri taraqqiy ettirishni, ong yetakchi rol 
o'ynagan paytda kishi faoliyatida bu kuchlarning faol ishtirok etishiga imkon 
beruvchi ulardagi uzviy bog'liqlikni nazarda tutdi. 
5.Har bir odam jismoniy kamolotining yosh, jinsiy va individual xususiyatlarini 
hisobga olib, kuch sarflashdagi asta-sekinlik va izchillik tamoyiliga rioya qilgan 
taqdirdagina har tomonlama jismoniy kamolotga erishish mumkin. 


6.Jismoniy ta'limning ilmiy jihatdan asoslab berilgan tizimi yordamida ish 
tutgan taqdirdagina to'g'ri jismoniy o'sishiga erishish mumkin. Jismoniy 
ta'limning tajriba tizimi ko'pchilik avlod tajribasida sinab ko'rilganidan 
keyingina to'g'ri tajriba deb tan olinishi mumkin. 
7. Jismoniy ta'lim tizimining o'zi esa har xil sharoitda va har xil shaklda 
qo'llanuvchi, ta'lim-tarbiyaviy vazifalaiga qarab asta-sekin o'zgaruvchi uncha 
ko'p bo'lmagan harakatlar tizimidan tarkib topadi. Lesgaft yurish, yugurish, 
sakrash, uloqtirish yoki irg'itish, kurash, oddiy gimnastik mashqlar, o'yinlar va 
ekskursiyalarni ana shunday mashqlar deb hisobladi. 
P.F.Lesgaft jismoniy ta'lim jarayonini quyidagicha tasavvur etar edi: 
A.Bola oddiy harakatlar qilib, ularni bir-biri bilan o'zaro taqqoslaydi, ular 
o'rtasidagi farqni anglaydi, ya'ni ularni tahlil qiladi va tushuna boshlaydi. 
Harakatlarning bolalar tomonidan ongli ravishda bajarilishiga erishish uchun 
ular ko'rsatilishiga qarab emas, balki tushuntirish asosida bajariladi. 
Mashqlarning bu oddiy guruhi asosan maktabning boshlang'ich sinflarida 
bajariladi. 
B.Keyinchalik bola ortib boradigan qiyinchiliklarni hamda ancha murakkabroq 
to'siqlarni asta-sekin yenga olishga o'rganadi. Buning uchun ko'tariladigan yoki 
irg'itiladigan buyumlar vazni asta-sekin orttirib boriladi, yurish va yugurishda 
bosib o'tilishi lozim bo'lgan masofaga ajratilgan vaqt qisqartiriladi, yurish 
yugurish, sakrash, uloqtirish yoki irg'itish paytida bosib o'tilishi lozim bo'lgan 
masofa ko'paytiriladi, sakrab o'tish uchun qo'yiladigan to'siqlar ko'tariladi, 
qarshilik ko'rsatuvchi kuchlar (masalan, sherik qarshiligi) orttiriladi, 
harakatlarning o'zi esa murakkablashtiriladi. Bola har xil sharoitda umumiy 
harakatda o'zi uchun tanish harakatlarni bajarib, nisbatan juda qisqa vaqt ichida 
iloji boricha kamroq kuch sarflab asta-sekin va ko'proq va og'irroq to'siqlarni 
yengadi, borgan sari ko'proq kuch sarflashni talab etadigan bu mashqlar 
ko'pgina maktablarning o'rta sinflarida qo'llaniladi. 


D. Undan keyin o'smir tevarak-atrofdagi buyumlarni hisobga olgan va 
natijalarni oldindan ko'z oldiga keltirgan holda o'z harakatlarini vaqt va 
makonga moslashga o'rganadi. U bu xildagi mashqlar yordamida o'z mushak 
hislarini o'stiradi va har qanday sharoitda ham durustroq harakat qilishga 
o'rganadi. Makon munosabatlarini o'rganish va ishni vaqtga qarab taqsimlash 
bilan bog'liq bo'lgan, bu mashqlar maktabning yuqori sinflarida qo'llaniladi. 
E. Ayni vaqtda bola yoki o'smir o'yin o'ynash, ekskursiya va og'ir harakatlar 
qilish paytida murakkab harakatlardan foydalanib, o'zi hosil qilgan 
ko'nikmalarini tekshirib ko'radi va ularni mustahkamlab oladi. Murakkab 
harakatlar ko'rinishidagi bu mashq tizimlari maktabning barcha sinflarida 
mashqlaming datlabki uchta guruhi bilan parallel ravishda qo'llaniladi. 
P.F.Lesgaft o'zining jismoniy ta'lim tizimini yaratib, G'arbiy Yevropa 
mamlakatlari jismoniy tarbiya tizimini qattiq tanqid qildi. U bu gimnastika 
tizimi mashqlari bola organizmining anatomik tuzilishiga mos emasligini 
isbotlab berdi. Olim nemis va shved gimnastikasini tanqid qilishda me'yordan 
oshmadi va umuman, o'zidan keyingi olimlar, jumladan, F.Lagranj (Fransiya) 
singari gimnastikaning ahamiyatini kamsitmadi. Aksincha, gimnastika 
mashqlarini keng qo'llagan holda jismoniy ta'limning ilmiy jihatdan asoslab 
berilgan tizimini yaratish ustida ishladi. U olimlar va pedagoglarni ijodiy faol 
bo'lishga, gimnastika va sportning odat tusiga kirgan chet el tizimi rus yoshlari 
jismoniy ta'limiga kirib kelishiga tanqidiy ko'z bilan qaramaslikka qarshi 
kurashishga da'vat etdi. 
P.F.Lesgaft tizimining asosiy kamchiligi shundaki, u jismoniy tarbiyaning sinfiy 
xarakterini tushunmadi, uni faqat biologik nuqtai nazardan tushuntirib berdi. 
Bundan tashqari, u boshqa xatolarga ham yo'l qo'ydi. Masalan, u sport 
musobaqalari va bolalar uchun gimnastika snaryadlarida bajariladigan 
mashqlaming foydali ekanligini inkor etdi, jismoniy mashqlarga o'rgatishda 
ko'rsatishning ahamiyatini kamsitdi. U o'zining jismoniy tarbiya tarixiga doir 
asarlarida rus xalqi badan tarbiyasini tekshirishga yetarlicha e'tibor bermadi. 


Shunday bo'lishiga qaramasdan, Lesgaft asarlari hozirgi kunga qadar o'zining 
ilmiy qiymatini saqlab keladi. 

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish