Vitamin B
5
(RR, nikotin kislota). Uglevod va oqsil almashinuvida
qatnashib, ovqat hazm qilishni jadallashtiradi va oshqozon osti bezi faoliyatiga
ijobiy ta’sir etadi.
Cho‘chqalarda nikotin kislotasining yetishmasligi pellagra kasalligini
chaqiradi, ya’ni teri zararlanadi, kamqonlik, ich ketish, ichaklarning
jarohatlanishi, parrandalarda ushbu kasallikda oyoqlarining terisi kuchib ketadi,
shal bo‘lib qoladi.
Nikotin
kislotasiga
cho‘chqa
va
parrandalarda
talab
triptofan
aminokislotasiga teskari nisbatda bo‘ladi. Ratsionda triptofanga kambag‘al makka
doni yedirilganda qo‘shimcha nikotin kislotasi talab etiladi.
Nikotin kislotasi serob, sun’iy preparatlar bilan talabini qondirsa bo‘ladi.
Jo‘jalar talabini qondirish uchun ular omixta yYemining bir tonnasiga 15-20 g
nikotin kislotasi qo‘shilsa yetarli.
Do'stlaringiz bilan baham: |