Jamoatchilik nazorati va davlat organlari faoliyatining ochiqligi



Download 21,4 Kb.
bet1/2
Sana08.07.2021
Hajmi21,4 Kb.
#112899
  1   2
Bog'liq
Jamoatchilik nazorati va davlat organlari faoliyatining ochiqlig


JAMOATCHILIK NAZORATI VA DAVLAT ORGANLARI FAOLIYATINING OCHIQLIGI

O‘zbekistonda jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini mustahkamlashga qaratilgan islohotlar bosqichma-bosqich o‘tkazilmoqda. Avvalo, Konstitutsiyamizda davlatning jamiyat oldidagi mas’ulligi mustahkamlab qo‘yildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2-moddasiga muvofiq davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar. Shuningdek, 2014-yil 16-aprelda qabul qilingan qonunga asosan, Konstitutsiyamizning 32-moddasi jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga oid yangi norma bilan to‘ldirildi. Asosiy qonunda bunday normalarning aks etishi, jamoatchilik nazorati institutiga konstitutsiyaviy-huquqiy maqom berdi. Shu bilan birga, jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga oid qonunchilik tizimining shakllanishiga zamin yaratdi.

Yuqoridagi islohotlarning mantiqiy davomi sifatida O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi.

– Ko‘plab rivojlangan mamlakatlar tajribasida uchramaydigan bunday yaxlit qonunning qabul qilinishi, keng jamoatchilik tomonidan ijobiy kutib olindi. Shu ma’noda, yangi qonun orqali belgilab berilgan jamoatchilik nazoratining subyektlari va shakllari xususida gapirsangiz.

– Mazkur Qonun bilan jamoatchilik nazoratining subyektlari, uni amalga oshirish shakllari va huquqiy mexanizmlari aniq belgilab berildi.

Qonunda jamoatchilik nazorati subyektlari sifatida O‘zbekiston Respublikasi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari, shuningdek, jamoatchilik kengashlari, komissiyalar belgilangan. Ular bir so‘z bilan aytganda, fuqarolik jamiyati institutlari hisoblanadi.

Qonunning 6-moddasida jamoatchilik nazoratining quyidagi sakkizta shakllari belgilangan:


  • davlat organlariga murojaatlar va so‘rovlar;

  • davlat organlarining ochiq hay’at majlislarida ishtirok etish;

  • jamoatchilik muhokamasi;

  • jamoatchilik eshituvi;

  • jamoatchilik ekspertizasi;

  • jamoatchilik fikrini o‘rganish;

  • fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan ijro etuvchi hokimiyat organlarining, boshqa tashkilotlar va muassasalarning hisobotlarini eshitish.

Aynan ushbu shakllar orqali davlat va nodavlat tashkilotlari hamkorligini o‘rnatish, bu orqali ta’sirchan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish mumkin. Masalan, jamoatchilik nazorati subyektlari davlat organlariga arizalar, shikoyatlar va takliflar bilan murojaat qilishga, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ularga so‘rovlar yuborishga haqli. Fuqarolik jamiyati institutlari muayyan hududda aholini tashvishga solayotgan masala yuzasidan murojaat yoki so‘rov yuborish orqali mazkur muammoni hal etishga ko‘mak berishi mumkin.

– Ushbu qonunning 16-moddasida aks etgan davlat organlarining jamoatchilik nazorati sohasidagi huquq va majburiyatlari qatorida “jamoatchilik nazoratini o‘tkazish yuzasidan tashabbus ko‘rsatishga haqli” ekani belgilandi. Bu nima degani? Ushbu norma amaliyotda nima beradi?

Darhaqiqat, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunda yana bir muhim qoida mustahkamlandiki, uni to‘g‘ri va samarali qo‘llanishi kelgusida davlat va fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Aynan siz aytgan jihatlarni nazarda tutmoqdaman. Agar, mazkur norma amalda to‘g‘ri va maqsadli qo‘llansa, muayyan davlat organi rahbari o‘z faoliyatini yaxshilash, unga chetdan baho berish maqsadida fuqarolik jamiyati institutlariga jamoatchilik nazoratini amalga oshirish yuzasidan tashabbus bilan chiqadi. Natijada o‘z ishidagi ayrim kamchiliklar, qonuniy faoliyati davomida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar hamda foydalanilmagan imkoniyatlari haqida qo‘shimcha ma’lumotlar olib, o‘z faoliyatini yaxshilashga erishadi.

Bu huquqiy norma o‘z ahamiyatiga ko‘ra, muayyan davlat organlari faoliyatini qonuniy asosda tashkil etishga, o‘z vakolatlaridan samarali foydalanish va majburiyatlarni to‘liq bajarish yo‘lida yangi imkoniyatdir. Shu bilan birga, mohiyatan davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Bu normalar davlat va nodavlat tashkilotlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni ta’minlashda alohida ahamiyatga ega. Masalan, 2017- yilning yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi ishlab chiqilib, u bilan birga quyidagi ikkita hujjat – 2017 – 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi keng jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi. Loyihalarni tayyorlash davomidagi muhokamalarda fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari siyosiy-huquqiy jihatdan yuksak faollik ko‘rsatib, olib borilayotgan islohotlarga alohida qiziqish va daxldorlikni namoyon qildilar. Xususan, loyihalarning “Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi” portalida yo‘lga qo‘yilgan jamoatchilik muhokamasi natijalari bo‘yicha 1 310 ta taklif va mulohazalar kelib tushib, ular asosida Davlat dasturining 41 ta bandi qayta ko‘rib chiqildi.

“Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonun yurtdoshlarimizning mamlakatda kechayotgan islohotlarga daxldorlik hissini oshiradi.

Jamoatchilik nazorati demokratiya va xalq hokimiyatchiligining muhim instituti hisoblanib, u davlat organlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish orqali fuqarolarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari muhofazasini ta’minlashga xizmat qiladi.

U fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari muhofaza etilishini hamda qonun hujjatlari talablariga davlat organlari hamda ularning mansabdor shaxslari tomonidan og‘ishmay rioya qilinishini, ular oldida turgan vazifalarning samarali bajarilishini ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Shu bois kuchli fuqarolik jamiyati shakllantirilayotgan yurtimizda jamoatchilik nazoratini takomillashtirish, uni amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini mustahkamlashga qaratilgan islohotlar bosqichma-bosqich o‘tkazilmoqda.

Alohida ta’kidlash joizki, Konstitutsiyamizga 2014 yilda kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga muvofiq, davlat hokimiyati hamda boshqaruvi organlari tomonidan qonun hujjatlari ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning konstitutsiyaviy asosi shakllantirildi. Unga muvofiq, fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishdagi ishtiroki davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish hamda takomillashtirish yo‘li bilan ham ro‘yobga chiqariladi. E’tiborli jihati, jamoatchilik nazorati institutiga konstitutsiyaviy-huquqiy maqomning berilishi yurtimizda mazkur nazorat institutini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqdi.

Amaldagi qator qonun va qonunosti hujjatlarida jamoat nazorati haqida qator normalar mavjud bo‘lsa-da, ushbu institutning mohiyati, turlari, uni amalga oshirishning usul hamda shakllari, umuman olganda, nazorat qilish mexanizmlarini nazarda tutuvchi maxsus qoidalar, yagona hujjat mavjud emas edi. Bu esa qonunlardagi mazkur qoidalar, hatto, konstitutsiyaviy normaning ham to‘liq ishlamasligiga sabab bo‘layotgandi.

Bundan tashqari, jamoatchilik nazorati borasida qator normativ-huquqiy hujjatlarni birxillashtirish va yagona tizimlashtirilgan tayanch qonunni qabul qilishga, jamoatchilik nazorati masalalarini tartibga soluvchi qonun hujjatlaridagi “huquqiy bo‘shliqlar”ni bartaraf etishga ehtiyoj mavjud edi.

Shuning uchun ham Harakatlar strategiyasini Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi asosida “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonun parlamentimiz quyi palatasi deputatlari tomonidan ishlab chiqilib, keng muhokamalardan so‘ng qabul qilindi, Senat tomonidan ma’qullandi hamda Prezidentimiz imzolaganidan so‘ng kecha matbuotda e’lon qilindi.

Qonun Konstitutsiyada nazarda tutilgan normani amaliyotda qo‘llashga, mamlakatimizda davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning qonunchilik asoslari va mexanizmini to‘liq belgilashga qaratilgani bilan nihoyatda e’tiborlidir.

Avvalambor, jamoatchilik nazorati faqatgina jamiyat uchun emas, balki davlat hokimiyati hamda boshqaruvi organlari faoliyatini samarali tashkil etishda ham muhim ahamiyatga ega. Zero, jamoatchilik nazorati qonunlarning samarali ishlashini ta’minlashga, inson huquq va erkinliklarini hurmat qilish bilan birga, uni muhofaza etishga da’vat qiladi, davlat tuzilmalarining takomillashuvini ta’minlaydi. Bu esa pirovardida jamoatchilik nazorati orqali bugungi kunda o‘ta dolzarb hisoblanib kelinayotgan davlat organlari mansabdor shaxslarining javobgarligi hamda mas’uliyatini oshirishga zamin yaratadi.

Ayni paytda jamoatchilik nazorati orqali fuqarolar fikr-mulohazalarining ijtimoiy hayotdagi ta’sirchanligi ortadi, davlat kelajagiga befarq bo‘lmagan va ijtimoiy faol aholi qatlami shakllanib boradi. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakatda islohotlarning yanada samarali olib borilishini ta’minlaydi. Davlat hokimiyati hamda boshqaruvi organlari jamoatchilikning ishonchi va ko‘magida o‘z faoliyatini yanada samarali tashkil etish imkoniga ham ega bo‘ladi.



Download 21,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish