Jamoatchilik nazorati to‘g‘risidagi qonunning (2018) qabul qilinishi va uning ahamiyati


Yuqoridagi ijobiy tendensiyalar bilan birga, jamoatchilik nazorati amalga oshirilishi zarur bo‘lgan yana qanday masalalar bor?



Download 19,28 Kb.
bet2/2
Sana02.07.2022
Hajmi19,28 Kb.
#731333
1   2
Bog'liq
Jamoatchilik nazorati toG\'RISIDA

Yuqoridagi ijobiy tendensiyalar bilan birga, jamoatchilik nazorati amalga oshirilishi zarur bo‘lgan yana qanday masalalar bor?
– Darhaqiqat, jamiyat hayotidagi eng dolzarb, aholini, ularning muayyan qatlamini tashvishga solayotgan muammolarni hal etish uchun jamoatchilik nazoratini amalga oshirish muhim. Masalan, korrupsiyaga qarshi kurash, aholi bandligini ta’minlash, mahalliy davlat hokimiyati rahbarlarining qonun hujjatlariga zid ravishda ayrim soha (ta’lim, tibbiyot va h.k.) vakillarini majburiy ishlarga jalb etish kabi aholini tashvishga solayotgan, mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotiga, aholining kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan sohalar ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish zarur.
Ayniqsa, korrupsiyaga qarshi kurashda davlat va nodavlat tashkilotlari hamkorligi kuchaytirilishi lozim. 2017-yildan boshlab O‘zbekistonda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni kuchga kirdi. Korrupsiogen ko‘rinishlarning o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”, “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida” qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi Qarori bilan “2017-2018 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturi” qabul qilindi.
Shuningdek, “Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga (Nyu-York, 2003-yil 31-oktyabr) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida” Qonun qabul qilindi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha boshqarmalar tuzildi.
Amaliyotda fuqarolik jamiyati institutlarining davlat, shu jumladan, huquqni muhofaza qilish organlari, bilan korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi hamkorlik turli ko‘rinishlarda amalga oshirilmoqda.

Lekin, bugungi kunda mazkur sohadagi ikki sektor hamkorligi talab darajasida emas. Fikrimizcha, avvalo davlat tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash faqatgina normativ hujjatlarni qabul qilish yoki targ‘ibot ishlari bilan emas, balki zamonaviy va ta’sirchan choralarni keng qo‘llash bilan amalga oshirilishi lozim. Shuningdek, tegishli davlat organlari tomonidan nodavlat sektorining mazkur sohadagi hamkorligiga kengroq yo‘l ochish, korrupsiogen vaziyatlarni aniqlagan, ular haqida ogohlantirgan fuqarolik jamiyati institutlarini rag‘batlantirishning huquqiy mexanizmlari ishlab chiqilib, amalga tatbiq etilishi zarur.
– Qonunning 4-moddasida jamoatchilik nazoratining obyektlari sifatida “Davlat organlarining, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi tuzilmalarning va ular mansabdor shaxslarining” faoliyati nazarda tutilgan. Lekin aholining ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini ta’minlashga xizmat qiladigan xo‘jalik boshqaruvi organlarining faoliyati obyekt doirasiga kiritilmagan. Vaholanki, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, “O‘ztransgaz”, “O‘zbekenergo” va “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati kabi xo‘jalik boshqaruvi organlari va ularning mansabdor shaxslarining faoliyati ustidan ham jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi bugungi kunning eng muhim masalalaridan. Aholining ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini ta’minlashga xizmat qiladigan xo‘jalik boshqaruvi organlarining faoliyati qonunda nega obyekt doirasiga kiritilmadi?
– Aynan ushbu jihatlar Qonunchilik palatasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Ehtimol xo‘jalik boshqaruvi organlarining faoliyati obyekt doirasiga kiritilmagani nazariy-huquqiy jihatdan to‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Biroq, savolingiz o‘rinli. Ko‘plab fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini ta’minlashga xizmat qiladigan xo‘jalik boshqaruvi organlarining faoliyati obyekt doirasiga kiritilishi kerak edi. Mamlakatimizdagi bugungi real vaziyatdan kelib chiqsak, xo‘jalik boshqaruvi organlarining faoliyati ham obyekt doirasiga kirishi maqsadga muvofiq. Jamoatchilik nazoratining subyekti bo‘lgan oddiy fuqaro o‘zi hayoti davomida “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, “O‘ztransgaz”, “O‘zbekenergo” va “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati kabi xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyati bilan ko‘p to‘qnashadi. Shu nuqtai nazardan, xo‘jalik boshqaruvi organlari va ularning mansabdor shaxslarining faoliyati ustidan ham jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Chunki fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlari talablarining ijro etilishini ta’minlash bo‘yicha; o‘z zimmasiga yuklatilgan sotsial va ijtimoiy manfaatlarga daxldor bo‘lgan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish bo‘yicha; samarali va sifatli xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha; ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan bitimlar, shartnomalar, loyihalar va dasturlarni bajarish bo‘yicha ularning faoliyati ham jamoatchilik nazorati obyekti bo‘la oladi. Kelgusida amaliyotdagi ehtiyojdan kelib chiqib, bu masalani ham qonunchilikka kiritish lozim.
Shu o‘rinda, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 12-iyuldagi Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasini yodga olaylik. Davlatimiz rahbari “Bugun hayotning o‘zi parlament nazorati obyektlari doirasini kengaytirishni ham talab etmoqda. Amaldagi qonunga ko‘ra, parlament faqat davlat organlari faoliyati ustidan nazorat olib borishi mumkin. Biroq xo‘jalik boshqaruvi organlari, xususan, “O‘zbekneftgaz”, “O‘zbekenergo” va boshqa kompaniya va birlashmalar bundan chetda qolmoqda. Shu maqsadda “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi Qonunga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish lozim, deb hisoblayman” deya fikr bildirgan edilar.

Bundan so‘ng, 2018-yil qabul qilingan qonunga asosan, parlament nazorati obyektlari doirasi kengaytirilib, jamoatchilik nazorati obyektlari doirasiga xo‘jalik boshqaruvi organlari ham kiritildi.

Ushbu tajribadan kelib chiqib, kelgusida O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunining 4-moddasidagi, jamoatchilik nazorati obyekti doirasiga xo‘jalik boshqaruvi organlari va ular mansabdor shaxslarining faoliyati ham kiritilsa, xalqimiz uchun foydali bo‘lar edi.
Download 19,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish