Jamoat xavfsizligi universiteti to‘G‘risida qisqacha ma’lumot



Download 9,93 Kb.
Sana31.01.2022
Hajmi9,93 Kb.
#420364
Bog'liq
Milliy Gvardiya Haqida


JAMOAT XAVFSIZLIGI UNIVERSITETI


TO‘G‘RISIDA QISQACHA MA’LUMOT

Institut 1990 yil 15 oktyabrda tashkil etilgan. Hozirgi kunga qadar institut O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun 5000 dan ortiq kadrlar tayyorlagan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 avgustdagi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti deb nom berildi.

Universiteti ASOSIY VAZIFALARI

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari uchun ofitserlar tarkibini tayyorlaydi, ofitserlar va serjantlar tarkibini qayta tayyorlaydi hamda malakasini oshiradi;

harbiy ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni o‘qitadi, yetakchi milliy va xorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikda harbiy qurilish va milliy xavfsizlik sohasida tadqiqotlar o‘tkazadi;
Milliy gvardiya akademik litseylari va umumiy ta’lim maktablari ixtisoslashtirilgan sinflarining faoliyatini o‘quv-metodik ta’minlaydi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY GVARDIYASI JAMOAT XAVFSIZLIGI UNIVERSITETI TA’LIM MUTAXASSISLIKLARI RO‘YXATI

Maxsus vazifalarni bajarish qo‘shinlarining taktik qo‘mondonligi “menejer” - 3.1 matematika; 2.1 fizika; 1.1 chet tili.


Milliy xavsizlikni huquqiy ta’minlash “yurist” - 3.1 tarix; 2.1 Ona tili va adabiyot; 1.1 chet tili.
Xizmat faoliyatini psixologik ta‘minlash “psixolog” - 3.1 tarix; 2.1 Ona tili va adabiyot; 1.1 chet tili.
Aniqlovchi va qo‘riqlovchi elektrotexnik majmualar va tizimlar-muhandisi” - 3.1 fizika; 2.1 matematika; 1.1 chet tili.
Ishlab chiqarishni tashkillashitirish va boshqarishning Ekonomist-muhandis iqtisodchi” - 3.1 matematika; 2.1 chet tili; 1.1 Ona tili va adabiyot.
JAMOAT XAVFSIZLIGI UNIVERSITETGA DASTLABKI
TANLASH TARTIBI

Milliy gvardiya Harbiy-texnik institutiga o‘qishga kirishni xohlagan fuqarolar o‘zlarining yashash joyidagi mudofaa ishlari bo’yicha bo‘limlarga ariza bilan, harbiy xizmatchilar esa o‘z xizmat o‘tash joyiga tegishli ravishda bildirgi bilan murojaat qiladi.


O‘qishga kirish uchun arizalar (bildirgilar) qabul yilining 1 fevralidan 1 apreliga qadar qabul qilinadi.
Institutga o‘qishga kirishni xohlagan nomzodlar tomonidan mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
ariza (bildirgi);
-pasport nusxasi;
-tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxasi;
-chaqiriluvchining qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi nusxasi;
-tarjimai hol (qo‘lda yoki kompyuterda yozilgan);
-nomzod to‘g‘risidagi ma’lumotlar anketasi;
-o‘qish, ish, xizmat o‘tash joyidan tavsifnoma (agar o‘qiyotgan, ishlayotgan, xizmatni o‘tayotgan bo‘lsa);
-ota-onasining ish joyidan ma’lumotnoma (agar ishlayotgan bo‘lsa);
-ma’lumoti to‘g‘risidagi (umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar) hujjatlar hamda reyting daftarchasi (baholar tabeli) nusxasi;
-oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda imtiyozlardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi (hujjatlarni topshirish vaqtida asli ko‘rsatiladi);
-yaqin qarindoshlar orasida vafot etganlar bo‘lsa, ularning o‘limi haqida guvohnomaning nusxasi;
-3 x 4 sm o‘lchamdagi 6 ta rangli fotosurat (bosh kiyimsiz va burchaksiz) hamda 4,5×6 sm o‘lchamdagi 4 ta rangli fotosurat (bosh kiyimsiz);
-nomzodning yashash joyidagi hududiy ichki ishlar organidan sudlanmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar mazkur
ma’lumotnomani taqdim qilishi talab etilmaydi).
Institutga o‘qishga kirishni xohlagan harbiy xizmatchilar tomonidan o‘z xizmat o‘tash joyiga qo‘shimcha ravishda Institutga o‘qishga kirishga tavsiya etuvchi hujjatlar (muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga — harbiy bo‘linmaning umumiy yig‘ilishi bayonnomasidan ko‘chirma, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga esa -harbiy qismning attestatsiya komissiyasi yig‘ilish bayonnomasidan ko‘chirma) taqdim etiladi. Dastlabki tanlash tadbirlari ikki bosqichda o‘tkaziladi.
Birinchi bosqich qabul yilining 1 fevralidan 31 martiga qadar amalga oshiriladi. Bunda quyidagi tadbirlar tashkil etiladi va o‘tkaziladi:
-hujjatlarni to‘plash va o‘rganish;
-yakka tartibdagi suhbat;
-birlamchi tibbiy ko‘rik.
Ikkinchi bosqich qabul yilining 1 aprelidan 31 mayiga qadar amalga oshiriladi. Bunda quyidagi tadbirlar tashkil etiladi va o‘tkaziladi:
-individual-psixologik o‘rganish;
-umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;
-takroriy tibbiy ko‘rik.
Dastlabki tanlash tadbirlarida ishtirok etadigan nomzodlarning soni cheklanmaydi.
Nomzodlarning hujjatlarini to‘plash va o‘rganish ishlari dastlabki tanlash tadbirlarining birinchi bosqichi yakunlangunga qadar (31 martga qadar) amalga oshiriladi.
INSTITUT TA’LIM OLUVCHILARI
Oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari lavozimlariga 17 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan, shu jumladan o‘qishga qabul qilingan yili 17 yoshga to‘ladigan fuqarolar, shuningdek 18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan, shu jumladan o‘qishga qabul qilingan yili 18 yoshga to‘ladigan ofitserlar tarkibi harbiy unvonlarga ega bo‘lmagan harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar, shuningdek 26 yoshgacha bo‘lgan va oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qish istagini bildirgan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining talabalari qabul qilinadi. Institut kursantlariga rus, ingiliz, nemis, xitoy va arab tillari o‘qitiladi. Institutni tamomlagan kursantlar leytenant harbiy unvoniga, oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomga hamda haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘ladi. Institut bitiruvchilari O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalariga, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining boshqa tizimlarga, huquqni muhofaza qiluvchi idoralariga va boshqa davlat xizmatlariga turli lavozimlarga tayinlanadilar.
Download 9,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish