20
Bajaruvchilar
– bular davolovchi vrachlardir. Bajarish bosqichida vaqtincha
mehnatga layoqatsizlik ekspertizasi davolash profilaktika muassasalarining
darajasi, tarmog‘i, idoraviy boshqaruvi va xususiylashtirish shaklidan qat’iy nazar
vrachlar tomonidan amalga oshiriladi. Davolovchi vrachlar sifatida bevosita
ambulator qabulni amalga oshirgan yoki bemorni davolagan vrachlar faoliyat olib
boradilar. Bundan tashqari – oilaviy vrachlar, keng va tor doiradagi mutaxassislar
(jarrohlar, travmatologlar, nevropotologlar, akusher-ginekologlar, stomotologlar va
boshqalar) ham hisoblanadi.Vaqtincha mehnatga
layoqatsizlik ekspertizasi
davolovchi vrachlarning kundalik vazifalaridan biri hisoblanib, u kasallikni
tashxislash, davolash va profilaktikasi bilan birga olib boriladi. Vaqtinchalik
mehnat qobiliyatini yo‘qotish masalalari yuqoridagi vazifalar, chora tadbirlar bilan
birgalikda ulardan uzilmagan xolda olib borilishi kerak.
Davolovchi vrachning vazifalari
1.
Homiladorlik va tug‘ishlarda yoki
bemorni parvarish qilganda
ta’tilning zarurligida, protezlashda va sanatoriya - kurortlarda
davolanishga bemorga har tomonlama guvohlik berish ma’lumotlari,
chuqur yig‘ilgan anamnez, funksional buzilishlarning darajasi va
mehnat sharoitlaridan kelib chiqib "Kasallik
varaqalari va
ma’lumotnomalarni berish tartibi haqida"gi yo‘riqnomaga asoslangan holda
kasallik varakasi yoki ma’lumotnomani berish masalasini hal etadi.
2.
Bemor ambulator davolanganda, vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotganda
kasallik varaqasi yoki ma’lumotnoma yo‘riqnomaga asosan beradi.
3.
Bemorga statsionarda davolangan barcha kunlariga bo‘lim mudiri bilan
birgalikda kasallik varaqasi beriladi. Agar bemorning mehnat
qobiliyati statsionardan so‘ng ham tiklanmasa kasallik varaqasini yana 3
kunga uzaytiradi.
4.
Bo‘lim
mudiri bilan birgalikda VKKga, bosh vrachga, TMEKga
xulosaberish
uchun
yuboriladigan
bemorlar
haqida
ma’lumotlarni
taqdimetadi,reabilitatsiya chora-tadbirlarini bajarilishini hamda
21
nogironlarni qayta xulosa berish uchun o‘z vaqtida yuborilishini ta’minlaydi.
5.
Kasallik varaqasi yoki ma’lumotnomani berishga asos bo‘lgan anamnestik va
ob’ektiv ma’lumotlarni, tashxis va kasallik
sabablarinibirlamchi tibbiy
hujjatlarda qayd etadi (ambulator karta,statsionarbemorkartasi, kasallik
tarixi).
6.
Davolovchi vrach bemorni TMEKga yuborayotganda (VKK qaroriga
asosan)TMEKga yo‘llanmani belgilangan tartibda to‘ldiradi.
TMEKgayuborilish sabablari ko‘rsatiladi. TMEKga yo‘llanmaga
qo‘shimcharavishda statsionarlardan chiqish kartalari va bemorni
tekshirish natijalari yuboriladi. Ko‘chirma talonning zarur bandlari to‘ldiriladi.
Familiya, initsial va muddat ko‘rsatilgan
holda VKK
vrachlariningimzolari qo‘yiladi.
7.
TMEKga yo‘llanma bosh vrachning (yoki muovining) imzosi hamda davolash-
profilaktika muassasasining dumaloq muhri bilan tasdiqlanadi. TMEKga
yo‘llanma tartib raqamiga ega bo‘lib, ular maxsus jurnallarda qayd etiladi.
8.
Xizmat ko‘rsatilayotgan korxonalar, muassasalar,
firmalar, jamoa
xo‘jaliklari, kooperativlar va boshqa tashkilotlarning fuqarolari o‘rtasida
vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotish bilan bog‘liq kasallanishlarni
va nogironlikning sabablarini tahlilqiladi va ularning rahbarlari bilan
hamkorlikda kasallanish va nogironlikning oldini olish va kamaytirish chora-
tadbirlarini ishlab chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: