25
Bemorlar va nogironlarning reabilitatsiyasi, nogironlikning oldini olish
ustidan nazorat olib boradi.
3.
Bemorlarning shikoyatlarini ko‘rib chiqadi, zarurat bo‘lganda
ixtisoslashtirilgan davolash-tashhis markazlariga
konsultatsiya va
davolash uchun yuboradi.
4.
Bemorlarni salomatlik holati buyicha engil va mehnat sharoitiga ega
bo‘lgan boshqa ishga o‘tkazishning zarurligi haqida xulosa berib, bunda
bemorning malakasini hisobga olib taklif etilayotgan ishning tavsifi
aniqlanadi.
5.
Sanitariya - epidemiologiya xizmati organlarining ko‘rsatmasiga
asosan
karantin vaqtida va bakteriya tashuvchilikda boshqa ishga o‘tkazishning
zarurligi haqida xulosa yoki kasallik varaqasini beradi.
6.
Markaziy tuman kasalxonalari (MTK), markaziy shahar kasalxonalari
yoki poliklinikalari, uyushmalar, viloyat kasalxonalari poliklinikalari
(Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni
saqlash vazirligining
Respublika kasalxonasi) VKKlari tegishli ravishda markaziy tuman
(shahar), viloyat VKKlari (Qoraqalpog‘iston uchun Respublika
VKKsi) hisoblanadilar. Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti
VME kafedrasidagi VKK markaziy respublika VKKsi hisoblanadi.
Markaziy VKK faoliyatiga etakchi mutaxassislar jalb qilinadi.
7.
Talabalar va o‘quvchilarga salomatlik holati bo‘yicha akademik ta’tilga
chiqish, imtixonlardan, mashg‘ulotlardan, qishloq xo‘jalik
ishlaridan ozod
qilish yoki boshqa fakultetga o‘tishning zarurliga haqida xulosa beradi.
8.
Amaldagi yo‘riqnomaga asosan sanatoriya-kurortda davolanishda, kasb
kasalligi yoki sil kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga o‘tkazilganda,
konsultatsiyaga va boshqa shaharga davolanish uchun hamda protez -
ortopedik statsionarga yuborilganda, shu jumladan, 1-guruh
nogironi, 16
yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalarni kuzatib borganda va boshqa holatlarda
kasallik varaqalarini berish masalalarini hal etadi. Qonunchilikka asoslangan
holda bemorlarning alohida guruhlariga yoki alohida yashash maydoniga
26
muhtoj bo‘lganda xulosa beradi.
9.
Ish bilan bog‘liq bo‘lgan shikastlanishlar va kasb kasalligi tufayli yo‘qotilgan
mehnatga layoqatliligining foizi aniqlash, hamda
nogironlarga nogironlik
muddati tugashi yoki salomatlik holatini yomonlashuvi sababli muddatidan
oldin qayta xulosa berish uchun bemorlarni va nogironlarni TMEKga
yuboradi.
10.
Zarur bo‘lgan hollarda VKK bemorlarni dastlab TMEKda konsultatsiya qiladi.
Turg‘un mehnatga layoqatsizlikning belgilari bo‘lganda, TMEKga tibbiy
hujjatlarni o‘tkazishni tashkil etadi, ularni to‘ldirishning to‘g‘ri ekanligini
nazorat qiladi, imkoniyat bo‘lganda TMEK
majlislarida ishtirok etadi,
zarur holatlarda mutaxassislar bilan xamkorlikda TMEK qarorlarining
bajarilishini nazorat qilishni ta’minlaydi.
11.
Bemorga xulosa berish ma’lumotlari va VKK qarorlari bemorning ambulator
kartasi, kasallik tarixi, "VKK xulosalarini qayd etish jurnali"ga yozilib, VKK
raisi, a’zolari va kotib tomonidan imzo qo‘yiladi.
12.
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bilan bog‘liq kasallanishning va
nogironlikning odini olish, kamaytirish, bemorlar va nogironlarni reabilitatsiya
qilish sohasidagi faoliyatini VKK TMEK bilan va boshqa manfaatdor
tashkilotlar bilan bevosita muloqatda o‘tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: