Jamoat birlashmalari tushunchasi va tizimi


Mahalliy jamoat birlashmalariga



Download 19,09 Kb.
bet3/3
Sana12.01.2017
Hajmi19,09 Kb.
#378
1   2   3
Mahalliy jamoat birlashmalariga -ustavlarida belgilangan maqsad va vazifalarni butun viloyat hududida, Toshkent shahrida esa shahar hududida amalga oshiradigan jamoat birlashmalari tushuniladi.

Tuman (shahar) hududida faoliyat ko`rsatadigan jamoat birlashmalari tuman (shahar) jamoat birlashmalari tushuniladi.

Zaruriyat bo`lgan hollarda viloyatlararo va tumanlararo jamoat tashkilotlari tuzilishi mumkin.

Xalqaro, respublika hamda viloyatlararo maqomdagi jamoat birlashmalarining ustavi O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro`yxatdan o`tkaziladi.

Mahalliy miqyosda faoliyatini amalga oshiradigan jamoat birlashmalarining ustavlari esa tegishli ravishda Toshkent shahar yoki viloyatlar adliya boshqarmalari tomonidan ro`yxatdan o`tkaziladi.

Jamoat birlashmalarining ustavlari ro`yxatdan o`tkazilgan kundan boshlab, o`z faoliyatlarini amalga oshirish vakolatiga ega bo`ladilar hamda yuridik shaxs deb e'tirof etiladilar.

Jamoat birlashmalari Qonunda belgilangan hollarda va tartibda:

- davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarini tuzishda qatnashadi;

- davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining qarorlarini tayyorlashda ishtirok etadi;

- davlat va jamoat idoralarida o`z a'zolari (qatnashchilari) nomidan ish yuritadi va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qiladi;

“Jamoat birlashmalari to`g`risida”gi Qonunga asosan jamoat birlashmasi kamida o`n nafar fuqaroning tashabbusi bilan tuziladi. Jamoat birlashmasini tuzish tashabbuskorlari ta'sis syezdini (konferensiyasini) yoki umumiy yig`ilishini chaqirib, unda ustav qabul qilinadi va rahbar organ idoralari tuziladi.

Jamoat birlashmalari qonunlarda belgilab qo`yiladigan tartibda ishlab chiqarish va o`zga tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanadilar hamda faqat o`z ustavidagi vazifalarni bajarish maqsadida yuridik shaxs maqomiga ega bo`lgan korxonalar xo`jalik hisobidagi tashkilotlarni tuzishga haqlidirlar.

Jamoat birlashmalarining ishlab chiqarish va o`zga tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar faqat ustavda ko`rsatilgan vazifalarni bajarish uchun foydalaniladi. Jamoat birlashmalarining mulki qonun bilan muhofaza qilinadi. Jamoat birlashmalari ommaviy axborot vositalarini ta'sis etishlari hamda amaldagi matbuot va boshqa ommaviy axborot vositalari to`g`risidagi qonunlarga muvofiq noshirlik faoliyati bilan ham shug`ullanishlari mumkin.

Konstitutsiyaning 62-moddasida belgilangan normadan kelib chiqib, Jamoat birlashmalari faoliyatini tugatish uning yuqori organi qarori bilan yoki sud tartibida amalga oshiriladi.

Jamoat birlashmasi tomonidan amaldagi qonun hujjatlari buzilgan, shuningdek ustav maqsadlariga zid harakatlar sodir etilgan taqdirda prokuratura yoki adliya organlari tomonidan ularning rahbar organlariga taqdimnoma kiritiladi. Agar bu harakatlar belgilangan muddatda bartaraf etilmasa, prokuratura yoki adliya organlarining taqdimnomasi asosida tegishli sud qarori bilan tugatiladi.

Jamoat birlashmasining faoliyati u O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonun hujjatlarini buzgan taqdirda sud tomonidan to`xtatib qo`yilishi mumkin.

Kasaba uyushmalari ham jamoat birlashmalari tarkibiga kirib, ularning huquqiy holati O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to`g`risida”gi Qonuni bilan tartibga solinadi.

Ushbu qonun talabiga ko`ra, ”Kasaba uyushmasi ko`ngilli jamoat tashkiloti bo`lib ham ishlab chiqarish, ham noishlab chiqarish sohalaridagi faoliyat turiga qarab, o`z a'zolarining mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini hamda manfaatlarini himoya qilish uchun mushtarak manfaatlar bilan bog`langan mehnatkashlarni birlashtiradi”

Konstitutsiyaning 59-moddasiga ko`ra kasaba uyushmalari ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini va manfaatlarini ifoda etadilar va himoya qiladilar. Kasaba tashkilotlariga a'zo bo`lish ixtiyoriydir, deb belgilangan.

Fuqarolarning mehnat va doim olish huquqlari, sog`liqni saqlash, uy-joy va turmush darajalarini yaxshilash hamda himoya qilish sohasida O`zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi va uning tarkibidagi turli tarmoq kasaba uyushmalari ahamiyati alohidadir.

Kasaba uyushmalarining amaldagi qonunlarni bajarish faoliyatini nazorat etish prokuratura organlari tomonidan amalga oshiriladi. O`z ustavlarida ko`rsatilgan maqsad va vazifalarni bajarilishi esa adliya organlari tomonidan nazorat qilinadi.

Siyosiy partiyalar Konstitutsiyaning 60-moddasiga asosan turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o`zlarining demokratik yo`l bilan saylab qo`yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar, deb belgilangan.

Konstitutsion normaga asosan jamiyatda tub ma'nodagi ko`ppartiyaviylikni shakllantirish uchun 1996 yil 26 dekabrda “Siyosiy partiyalar to`g`risida”gi qonun qabul qilindi.

Mazkur Qonunning 1-moddasiga asosan, “siyosiy partiya - qarashlari, qiziqishlari va maqsadlari mushtarakligi asosida tuzilgan, jamiyat mo`ayyan qismining davlat hokimiyatini shakllantirishdan iborat siyosiy irodasini ro`yobga chiqarishga intiluvchi hamda o`z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining ko`ngilli birlashmasidir”.

Siyosiy partiyalar to`g`risidagi ushbu qonunda, siyosiy partiyalarni tuzish va ularning faoliyat ko`rsatish prinsiplari, ular faoliyatining kafolatlari, ularni tuzish tartibi, nizomi, ro`yxatga olish, faoliyatini to`xtatish tartibi, ularning huquqlari, vakillik organlaridagi partiya fraksiyalari, guruhlarining maqsadi, vazifalari to`liq ko`rsatib berilgan.

Siyosiy partiyalarning davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyatiga aralashuviga yo`l qo`yilmaydi.

Siyosiy partiyalar tashkilotlarining tadbirlari

asosan ular a'zolarining ishdan tashqari vaqtida va ana shu partiyalar mablag`i hisobidan amalga oshiriladi.

Siyosiy partiyani tuzish uchun kamida sakkizta hududiy subyektda (viloyatda), shu jumladan Qoraqalpog`iston Respublikasi va Toshkent shahrida yashayotgan hamda partiyaga birlashish istagida bo`lgan

kamida yigirma ming fuqaroning imzosi bo`lishi talab etiladi.

Siyosiy partiyalar O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro`yxatga olinadi.

Agar siyosiy partiyaning ustavi, maqsadlari, vazifalari va faoliyat uslubi O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, ushbu Qonunga hamda boshqa qonun hujjatlariga zid bo`lsa yoki oldinroq xuddi shunday nomdagi siyosiy partiya yoki jamoatchilik harakati ro`yxatga olingan bo`lsa, bu partiya ro`yxatga olinmaydi.

Siyosiy partiyalar quyidagi huquqlarga egadirlar:

o`z faoliyati to`g`risidagi axborotni erkin tarqatish, o`z g`oyalari, maqsadlari va qarorlarini targ`ib qilish;

saylab qo`yiladigan davlat organlaridagi o`z vakillari orqali tegishli qarorlarni tayyorlashda ishtirok etish;

qonunda belgilab qo`yilgan tartibda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat hokimiyati organlari saylovlarida ishtirok etish;

partiya faoliyati bilan bog`liq yig`ilishlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarni o`tkazish;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ommaviy axborot vositalari ta'sis etish va boshqa ommaviy axborot vositalaridan foydalanish;

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari siyosiy partiyalar tomonidan ko`rsatilgan deputatlarning ta'sis yig`ilishida o`z partiyasining siyosatini uyushqoqlik bilan o`tkazish uchun tuziladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi hamda davlat hokimiyati mahalliy vakillik organlaridagi partiya guruhlari siyosiy partiyalar tomonidan ko`rsatilgan deputatlar ta'sis yig`ilishlarida o`z partiyasining siyosatini uyushqoqlik bilan o`tkazish uchun tuziladi. Partiya guruhlari partiya guruhining rahbari bergan ariza yoki ta'sis hujjatlariga asosan tegishli ravishda Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi hamda davlat hokimiyati mahalliy organlari tomonidan ro`yxatga olinadi.

O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi siyosiy partiyalarning faoliyati O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonun hujjatlariga va o`z ustavlariga muvofiqligini nazorat qiladi.

O`zbekiston Respublikasida bugunga kunda keng ijtimoiy guruhlarning manfaatlarini ifodalash va himoya qilishga qodir bo`lgan beshta siyosiy partiya faoliyat ko`rsatib kelmoqda:

O`zbekiston Xalq Demokratik partiyasi (XDP);

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi;

O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik

partiyasi;

O`zbekiston “Fidokorlar” milliy demokratik

partiyasi;

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O`zbekiston liberal demokratik partiyasi:

O`zbekistonda tashkil topgan ushbu siyosiy partiyalar ijtimoiy taraqqiyot, voqealar rivojlanishi jarayonida vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy tashkilotdirlar.



O`zbekistonda dinning jamiyatda tutgan o`rni uning konstitutsion maqomi bilan belgilangan. O`zbekiston Konstitutsiyasiga muvofiq, barcha fuqarolar millatidan, irqidan, diniy e'tiqodidan qat'i nazar vijdon erkinligi kafolatlangan.

Aim.uz


Download 19,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish