2. Guruh va uning turlari
1. Sнartli guruhlar. Tadqiqotchi tomonidan ma`lum belgilar asosida kishilarni birlashtirib guruh tuzishga shartli guruh deyiladi. Masalan: bir xil kasbi bo`yicha, bir xil yoshi bo`yicha, jinsi bo`yicha shartli guruh tuzish mumkin. 15 yoshli o`smirlar guruhi, 5 yoshlilar bog`cha guruhi kabilar. Sнartli guruhga kirgan kishilar bir -birlarini mutlaqo ko`rmasliklari, bir - birlarini mutlaqo tanimasliklari mumkin. Millatiga ko`ra O`zbekistonda yashaydigan 18 yoshli kizlar guruhi deb tuzish mumkin. SHartli guruhlarni katta guruhlarga kiritiladi. Masalan: o`zbeklar guruhi, sotuvchilar guruhi, banditlar guruhi, qizlar, o`g`il bolalar guruhi va h.k.
2. Real guruhlar deb, bir jamiyatda yashab, kishilar bilan haqiqiy, real munosabatga kirishish yo`li bilan tuzilgan guruhga aytiladi. Masalan: yoshlar jamoa guruhi, bolalar guruhi (bir maktab doirasida) sinflar, talabalar guruhi. NamDUning fizika fakul’teti 3 - kurs talabalari guruhi real guruhdir. Demak, real guruhga kiradigan kishilar doimo bir - biri bilan munosabatda bo`lib, bir -biriga yordam beradi. Bizga ma`lumki, odamni mehnat yaratgan, shuning uchun kishilarning 1 - guruhlari mehnat guruhlari bo`ladi. Masalan: oila mehnat guruhiga kiradi. Ibtidoiy jamiyatda yashagan qabilani guruhlarga kiritish mumkin. Guruhlarning eng kattasi - bu butun insoniyatdir.
3. Referent guruh - shaxs shartli va real guruhdagi kishilarning so`zlariga kirmasligi mumkin. Shaxsning o`z referent guruhi ham bo`ladi, bu kompaniya bo`lishi mumkin. Referent guruhdagi kishilar shaxsga har tomonlama yoqadi, ularni hurmat qiladi, gaplariga quloq soladi. Masalan: bola ota - onasining so`ziga kirmasligi, maktabda o`qituvchining gapiga kirmasligi mumkin. Ammo u referent guruhdagi boshliqning gapiga so`zsiz itoat qiladi. SHuning uchun tarbiyachi, ota - ona agar bolani tarbiyalay olmasalar, uning referent guruhini aniqlab, shu guruhning sardori orqali ta`sir etishlari mumkin. Odatda guruhlar tasodifan to`planib qolgan kishilardan ham tashqil topishi mumkin. Masalan: poezd kupesida, avtobusda uzoq safarga ketayotgan kishilar, kasalxonada yoki sanatoriyada davolanayotgan kishilar guruh bo`lishi mumkin. Bunday guruhlar norasmiy guruh deyiladi. Rasmiy guruhga talabalar, o`quvchilar guruhlari kiradi. Cнunki rasmiy guruhlar buyruqlar asosida tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |