M.Veber fikricha insonda 4 ta sotsial ta’sir mavjud: 1. Qattiq hayajon 2. An’anaviylik 3. Ratsional qadriyatlar 4. Ratsionallik
Jamiyat va davlat, jamiyatning mexanistik, organik va boshqa tarzlarda ta’riflanishi. Jamiyat – kishilar hayotiy faoliyatining tarixiy rivojlanish shakli bo‘lib, o‘z tuzilishi jihatidan murakkab tizimni tashkil qiladi. Bizning hozirda yashab turgan jamiyatimiz sotsial tizimining muayyan konkret shakli sifatida, uning funksional va rivojlanish qonuniyatini, har bir bo‘lakchalarining o‘ziga xos tomonlarini, o‘zaro munosabatlarini ilmiy jihatdan o‘rganib, to‘g‘ri boshqarish muhim ahamiyatga egadir. Chunki, o‘z vaqtida keyingi oqibati o‘ylanmagan, oldindan sotsiologik asosda tahlil qilinmagan va oldi olinmagan nuqsonlar jamiyat taraqqiyotida salbiy asoratlar qoldiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |