Jamiyatning falsafiy tahlili reja: 1


Axborot va kommunikatsiya



Download 160,5 Kb.
bet10/40
Sana29.12.2021
Hajmi160,5 Kb.
#84755
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40
Bog'liq
Jamiyatning falsafiy tahlili

Axborot va kommunikatsiya. Ma'naviy ishlab chiqarishning axborot almashinuviga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan sohalari mavjud. Bu avvalo aholiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri axborot berish vositalaridir. Qadimda bular podsholarning farmonlarini maydonlarda o‘qib eshittirgan jarchilar, voizlar, shoirlar va baxshilar, masxarabozlar, teatr, shuningdek yozma adabiyot bo‘lgan. Keyinchalik, axborot texnika vositalari rivojlanishi bilan ma'naviy muloqotga bo‘lgan ehtiyojlar bosma nashrlar (kitoblar, gazetalar, jurnallar) bilan qondirilgan, so‘ng radio, kino, televidenie, ya'ni hozirgi ko‘rinishdagi ommaviy axborot vositalari (OAV) paydo bo‘lgan. Hozirgi sharoitda ommaviy axborot vositalari o‘z mahsulotini ishlab chiqaradigan va uni bozorda sotadigan sanoatning alohida tipidir.

Ommaviy axborot vositalarining rivojlanishi odamlarning bevosita shaxsiy va kollektiv muloqotiga bo‘lgan ehtiyojga chek qo‘ymaydi. Mazkur ehtiyoj butunlay boshqa vositalar bilan va o‘zga sharoitda (uyda yoki teatrda, o‘quv auditoriyasida yoki yozishmalar orqali va h.k.) qondiriladi. Shunga qaramay ommaviy axborot vositalari hozirgi jamiyatda ma'naviy muloqotning muhim elementi hisoblanadi.

Ilmiy adabiyotlarda va kundalik nutqda «axborot» va «kommunikatsiya» tushunchalari ko‘pincha sinonimlar sifatida ishlatiladi. Ammo ma'naviy muloqotning mazkur hodisalari amalda har xil ma'noni anglatadi. Axborot deganda yangi bilimni aks ettiradigan va mazkur axborotni idrok etuvchi shaxs yoki guruh xulq-atvorini o‘zgartiradigan xabar tushuniladi. Kommunikatsiya - g‘oyalar, qarashlar, baholar almashinuvini nazarda tutadigan ma'naviy muloqot turi. U odamlar o‘rtasida hamjihatlikning mavjudligi bilan belgilanadi.

Insonga ta'lim va tarbiya berish ma'naviy ishlab chiqarishning alohida sohasi hisoblanadi. Jamiyatda ta'lim va tarbiya muassasalarining tarmoqlangan tizimi: , bolalar maktabgacha tarbiya muassasalari, maktab ta'limining turli-tuman shakllari: kollejlar, pansionatlar, internatlar oliy o‘quv yurtlari tashkil etiladi. Axloqiy va estetik tarbiya berish, dunyoqarashni shakllantirish o‘quvchilar ongida dunyoning ilmiy manzarasini shakllantirish yo‘li bilan, shuningdek san'at, falsafa va diniy muassasalar yordamida amalga oshiriladi. Tarbiyalash funksiyasini oila, do‘stlar va tanish-bilishlar davrasi, davlat muassasalari, huquqiy tartibot organlari, shuningdek ommaviy axborot vositalari bajaradi.

Ijtimoiy ong ma'naviy kichik tizimning bosh bo‘g‘ini hisoblanadi. U bilimlar, g‘oyalar, qarashlar, fikrlar, dunyoqarashga doir mo‘ljallar, qadriyatlar va hokazolarning butun rang-barangligida namoyon bo‘ladi.


Download 160,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish