Liberal sivilizatsiya yoki G‘arb sivilizatsiyasi madaniy va siyosiy plyuralizm hamda jamiyatning asosiy qadriyati – huquq tizimining vujudga kelishi bilan bog‘liq. Uning ildizlari xususiy mulk va erkin bozor hukm surgan davrda vujudga kelgan antik sivilizatsiyaga borib taqaladi. O‘z navbatida, bozor va xususiy mulk individ uchun kafolatlarni, mulkdor imtiyozlarini, mulkdorlar guruhining ma'muriyatdan ustunligini, shaxs erkinligi va o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish tamoyillarini o‘z ichiga olgan huquqiy tamoyillar va institutlar tizimi vujudga kelishiga sabab bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |