Yaratilish yili
|
Til nomi
|
1946
|
Планкалькюль
|
1949
|
Кискача код
|
1950
|
“Эдсак” ассемблер тили
|
1950
|
АО
|
1953
|
Автокод
|
1955
|
“Тез кодлаш”
|
1956
|
Ф-2, Флоу-метик
|
1957
|
ИПЛ-1, Мат-метик
|
1958
|
Фортран
|
1959
|
Алгол 58, АПТ, ЛИСП, Кобол
|
1960
|
Алгол 60
|
1964
|
ПЛ/1, Бейсик
|
1965
|
Алгол W
|
1967
|
Лого
|
1968
|
Алгол 68
|
1969
|
АПЛ
|
1970
|
Паскаль
|
1971
|
Форт
|
1972
|
Пролог, Си
|
1979
|
Ада
|
1980
|
Смолток
|
1981
|
Модула-2
|
Dasturlash tillari darajalarini quyidagi kritеriyalar bo`yicha ajratish mumkin:
mashina tili;
assеmblеplar;
yuqori darajadagi dasturlash tillari;
Mashina tili va assеmblеrlar – quyi darajadagi dasturlash tillari hisoblanadilar. Yuqori darajadagi dasturlash tillari quyidagi turlarga bo`linadilar:
Algoritmik (Basic, Paskal, C va b.);
mantiqiy (Prolog, Lisp va b.);
Ob'еktga yo`naltirilgan (Object Paskal, C++, Java va b.);
DASTURLASH TILLARIGA NORASMIY KIRISH
EHM bilan bevosita ishlashdan oldin qanday bosqichlarni bajarish kerakligini ko'rib chiqamiz. Istalgan hayotiy yoki matematik, fizik va hokazo masala shartlarini ifoda qilish dastlabki ma'lumotlar va fikrlarni tasvirlashdan boshlanadi va ular qat'iy ta'riflangan matematik yoki fizik va hokazo tushunchalar tilida bayon qilinadi. So'ngra yechishning maqsadi, ya'ni masalani yechish natijasida ayni nimani yoki nimalarni aniqlash zarurligi ko'rsatiladi.
Birinchi bosqich— masalani qo'yish. Istalgan masalani yechish uning qo'yilishidan boshlanadi. Masala shartining aniq ifodasi masalaning matematik (fizik va hokazo) qo'yilishi deb ham ataladi. Masalaning qo'yilishida boshlang'ich ma'lumotlar yoki argumentlar hamda qiymatlari aniqlanishi kerak bo'lgan kattaliklar, ya'ni natijalar ajratiladi. Masalani qo'yish uni yechishning birinchi bosqichi bo'ladi. Bunga turli-tuman misollar keltirish mumkin:
Tomonlarining uzunligi ma'lum bo'lgan to'g'ri to'rtburchakning yuzi hisoblansin.
Bosib o'tilgan yo'l va ketgan vaqt ma'lum bo'lsa,yo'lovchining tezligi aniqlansin.
Mashhur Pifagordan so'rashdi: Sizning maktabingizga nechta o'quvchi qatnashadi va suhbatingizni tinglaydi? Pifagor javob berdi: mening o'quvchilarimning yarmi
matematikani o'rganadi, choragi musiqani o'rganadi,yettidan biri jimgina fikrlaydi, qolgani esa 3 ta. Pifagor maktabida nechta o'quvchi bo'lgan?
Shaxmat taxtasining kataklaridan bir katakka qayta yurmaslik sharti asosida, ot bilan yurib o'ting.
O'tloqdagi qo'ylarning sakkizdan birining kvadrati o'tlayotgan, qolgan 12 tasi yotgan bo'lsa, hammasi bo'lib nechta qo'y bor?
Ikkinchi bosqich — matematik modelni qurish.
Amaliy masalalarni hal etishda ob'ektlar- tabiat hodisalari (fizik yoki kimyoviy jarayonlar), mahsulot ishlab chiqarish jarayonlari, mahsulot ishlab chiqarish rejalari va shu kabilar bilan ish ko'rishga to'g'ri keladi. Ana shunday masalalarni qo'yish uchun avval tekshirilayotgan ob'ektni matematik atamalarda tavsiflash, ya'ni iloji bo'lsa, uning matematik modelini (ifodasini) qurish kerak. Mazkur model esa haqiqiy ob'ektni tekshirishni matematik masalani yechishga keltirish imkonini beradi. Modelning haqiqiy ob'ektga moslik darajasi amaliyotda tajriba orqali tekshiriladi. Tajriba-qurilgan modelni baholash va lozim bo'lgan holda uni aniqlashtirish imkonini beradi. Shuni ta'kidlash lozimki, har doim ham qo'yilgan masalaning matematik modelini yaratib bo'lavermaydi.
Yuqorida keltirilgan masalalarning matematik modellarini tuzamiz.
Birinchi masala uchun matematik model S = ab ko'ri-nishdagi formuladan iborat. Bunda boshlang'ich ma'lumotlar tomonlari uzunligi a va b bo'lsa, natija to'g'ri to'rtburchakning yuzi S dan iboratdir.
Ikkinchi masala uchun bosib o'tilgan yo'lni s, ketgan vaqtni t deb belgilasak, yo'lovchining tezligi v fizika kursidan ma'lum bo'lgan
v = s/t
matematik model bilan ifodalanadi. Bunda s va t boshlang'ich ma'lumot, v esa natijadir.
Uchinchi masalada x deb o'quvchilar sonini belgilasak, u
Do'stlaringiz bilan baham: |