Jamiyatimizda roʼy berayotgan qayta qurish jarayoni barcha fanlar satori tilshunoslikning rivojlanishiga ham ijobiy



Download 16,05 Kb.
Sana27.06.2022
Hajmi16,05 Kb.
#708240
Bog'liq
kirish kirs ish


Jamiyatimizda roʼy berayotgan qayta qurish jarayoni barcha
fanlar satori tilshunoslikning rivojlanishiga ham ijobiy
taʼsir oʼtkazmoqda.
Uzbek tilshunosligining hozirgi davrda qoʼlga kiritayotgan
katta yutuqlari bilan birga, hali ilmiy tadqiq etilmagan
koʼpgina sohalar ham mavjud. Jumladan, fonologiya va morfonologiya, intonologiya va stilistika, til matnshunosligi,
semiotika (ramziy belgilar tili) kabi sohalar hanuz yetarli
oʼrganilmay kelmoqda. Biz fonologiya va morfonologiya sohasidagi koʼp yillik ilmin-tadqiqotlarimiz asosida mazkur kitobni yozishga jazm etdik. Garchand unda koʼpgina munozarali
masalalar boʼlsa ham, ularii kelgusida chuqurroq muhokama
etish va bu sohadagi ilmiy izlanishlarni davom ettirish
zarur.
Fonologiyaning paydo boʼlishi na faqat tilshunoslikda,
balki barcha ijtimoiy fanlarning rivojlanishida katta burilish yasadi. Mashhur franduz olimi K. Levi-Strosning yozishicha: «Fonologiya ijtimoiy fanlarga nisbatan qanchalik
yangilovchilik xizmatini bajargan boʼlsa, xususan, yadro fizikasi ham barcha aniq fanlarga nisbatan shunchalik xizmat
qilgan»1. Bu fikrdan fonologiya ham yetakchi fanlar qatoriga
kira olishi va undagi oppozitsiya (qarama-qarshilik), korrelyatsiya (bir turdagi bir necha oppozitsiyalarning majmuasi),!
integratsiya (bir butun boʼlib birlashuv) va neytralizatsiya
(oppozitsiyaning maʼlum holatda poʼqolishi) faqat tilshunoslikda emas, boshqa ijtimoiy fanlarda, xususan, mantiq, falsafa, tarix, antropologiya va boshqalarda qoʼllanib kelayotgani
anglashiladi. Uz navbatida, fonema, allofon va arxifonema
tushuichalari esa, falsafadagi umumiylik, xususiylik va
alohidalik kategoriyalarini va dialektik qarama-qarshilik
qonuniyatiii eslatadi. Endilikda «fonologiya yetakchi fanlarning klassnk namunasidnr»1 2. Bu yetakchilik fan «biio»sini
nimaning poydevoriga qurish mumkinligini, bilimning boshqa
sohalarida uni qoʼllash mumkinligini koʼrsatadi. Tilning eng
quyi bosqichi boʼlgan fonologiyadagi tushuncha va atamalar,
qolaversa, unda qoʼllanadigan usul, uslub va qonun-qoidalar
tilning boshqa bosqichlarini, xususan, morfologiya, sintaksis,
leksika va stilistikann ilmiy tadqiq etishda ham qoʼl kelmotsda. Fonologik nzmpllnkshshg bnr Putunlsh i ia uiing tuzilishidagi ichki bogʼlainshlariimg tabshtshn oʼrganish orqali
tilniig boshqa bosqichlari, aspsktlarn pa updagi turli hodisalarning paydo boʼlishi va rivojlaipshn chuqur oʼrgaiilishi
mumkin.
Taniqli faylasuf va tilshunos А. F. Losschshpng koʼrsatishicha, hozirgi tilshunoslikda barcha fanlarda qoʼllanuvchi
umumiy ilmiy kategoriyalarni aiiqlash va ularnpng butun bir
sistemadagi turli jihatlarini, koʼpincha bir-bnrpga qaramaqarshi boʼlgan tomonlarini dialektik ilmin qarash asosida
chuqur oʼrganish zarur1.
Tilshunoslikda ham boshqa fanlar singari umumiy-ilmiy
kategoriyalar mavjud. Ularni, birinchi navbatda, fonologiyadan izlamoq zarur, chunki u tilning boshqa bosqichlaridan
koʼra koʼproq va chuqurroq oʼrganilgan. Biroq fonologiyadagi
umumiy kategoriyalar va qonuniyatlar muayyan tillarni ilmiy
tadqiq qilishda hali yetarlncha tatbiq etilgani yoʼq. Vaholanki, fonologiyadagi koʼpgina qonuniyatlar, tushuncha va atamalar
turli fanlar va ularning har xil sohalarini chuqurroq oʼrganishda katta yordam berib kelmoqda.
V. K. Juravlyovning guvohlik berishicha, tilni sistema
sifatida oʼrganishning asosiy markazi fonologiya hisoblanadi.
Riyoziyotda (matematika) struktural tahlilni qoʼllash oʼzini
«Nikola Burbaki» taxallusi bilan atagan frantsuz olimlari
guruhi tomonidan taklnf etilgan va bu gʼoya fonologiyaning
asoschisi Nikolay Trubetskoyning taʼsirida vujudga kelgan.
Fonologiya hozirgi davrda biologiya, psixologiya, adabiyotshunoslik, antropologiya, falsafa, mantiq sotsiologiya va boshqa
fanlarda yangi gʼoyalarning vujudga kelishida «Namunaviy
fan» («Nauka — etalon») boʼlib xizmat qilmoqda1 2.
Fonologiyadagi baʼzi xususiyatlarning tabiati boshqa fanlardagi turli hodisalar bilai umumiy qonuniyatlarga ega boʼlishiii mashhur fonologlar N. S. Trubetskoy va R. Yakobson
ham qayd etgan edilar. Ular filologiyaning barcha sohalari,
madaniyat, adabiyotshunoslik, muzika nazariyasi, antropologiya
va etnografiyaga doir asarlar ham yozganlar. Xususan, ulugʼ
tilshunos R. Yakobson buyuk fizik Nilьs Bor bilan birgalikda
fizika va lingvistikaning umumiy jihatlari haqida semiiar tashkil etgan edilar. Ulardan biri tovushning fizik jihatiga, ikkinchisi tovushning tildagi ahamiyatiga eʼtibor
berib, umumiy qonuniyatlarni kashf etganlar.
Аfsuski, maʼlum bir tilning fonologiyasi va morfonologiyasiga doir asarlar juda kam. Faqat rus tili va boshqa
baʼzi hind-evropa tillarining fonologiyasi va morfonolo
giyasiga doir ayrim tadqiqotlar mavjud. Hozirgi turkiy tillarning fonologiyasi va morfonologiyasiga doir hamda oʼziga
xos xususiyatlari bilan boshqa turkiy tillardan farqlanib
turuvchi oʼzbek tili fonologiya va morfonologiyasiga doir ham
asarlar mavjud emas. А. M. Shcherbakning turkiy tillar diaxronik (tarixiy) fonologiyasini oʼrganishga doir qimmatli
asari («Sravnitelьnaya fonetika tyurkskix yazьshov», L., 1970.)
ushbu kitobning yozilishida katta yordam berdi. Mashhur turkolog olim I. А. Beskakovning turkiy tillarining tarixiy-tipologik fonologiyasn, morfonologiyasi va morfologiyasiga doir
chuqur ilmiy asosga ega boʼlgan bir necha asarlaridagi gʼoyalar
oʼzbek tiliga tatbiq etilishi foydalidir. N. А. Baskakovning
fikricha, «...soʼz fonologiyasi oʼzining tuzilishiga koʼra, soʼz
morfologiyasi bilan umumiylikka (izomorf) ega. Bu umumiylik soʼz morfologiyasi (soʼz yasalishi) oʼzak morfemalar fonologiyasiga toʼgʼri kelishi, soʼz birikmalari va gaplarning (soʼz
oʼzgartirish) morfologiyasi oʼzak morfemalarning affikslar
bilan birikuviga toʼgʼri kelishi bilan izohlanadi»1.
Koʼrinadiki, fonologiya va morfonologiya oʼrtasidagi bogʼlanishni soʼzlarniig turli qnsmlarga boʼlinishi doirasida qarash lozim boʼladi.
Uzbek tili fonologiyasini ilmiy yoritishda oʼzimizning koʼp
yillik tadqiqotlarimizdan foydalandik (ular turli kitob
va maqolalarimizda oʼz ifodasini topgan)1 2.
Morfonologiya oʼzining «tugʼilishi» bilan fonologiya va
morfologiyaga «qarzdor» hisoblanadi. Odatda, ana shunday
ikki fan sohalari oraligʼida boʼlgan masalalarni tadqiq
etish ancha qiyin boʼladi va yangi xususiyatlarni keltirib chiqaradi. Uzbek tilining morfonologiyasini yoritishda ustoz
Аyub Gʼulomning chuqur ilmiy gʼoyalari katta yordam berdi.
Uzbek tilining morfonologik sistemasi ham boshqa turkiy
tillardai ayrnm xususiyatlari (singarmonizmining noʼqolishi,
alьternatsiyalarning uch-toʼrt fonema atrofida boʼlishi, morfonemaning hosil boʼlishidagi fonetik va fonologik holat kabilar) bilai boshqa turkiy tillardan farq qiladi.
Аslini olganda, «... biz talaffuz qilayotgan soʼzlarning
maʼiosini farqlash uchun xizmat qiluvchi fonemalarni ongli
ravishda bilish qobiliyatiga ega emasmiz; yana ham past darajada... har bir fonemani farqlanish belgilariga boʼlishga
imkon beruvchi fonologik qarama-qarshiliklarni tushunib
yetmaymiz»3.
Bu fikr faqat nazariy jihatdan emas, balki metodik tomondan, biror tilning talaffuziga oʼrgatishda undagi fonemalar va fonologik qarama-qarshiliklarni ongli ravishda bilmaslik sabablts talaffuzda turli xatolarning kelib chiqishi bilan bogʼlanadi. Hozirgi davrda oʼzbek tili Uzbekiston
jumhuriyatining davlat tili deb eʼlon qilindi va uni boshqa
millat vakillari oʼrganishlarini hayot taqozo etmoqda. Biroq,
oʼzbek adabiy tili talaffuziga oʼrgatishni shu tilning fonetika va fonologiyasiga doir adabiyotlarsiz amalga oshirib
boʼlmaydi. Chunki nazarny tadqiqotlar tilni amaliy oʼrganish
masalasida katta yordam beradi.
Kitobga tilshunoslik atamalarining qisqacha izohli lugʼati ilova qilindi. Lugʼatga tilshunoslikning umumiy va xususip atamalari, turli boʼlim va qismlarga, hodiga, jarayon
va tasniflarga doir atamalar kiritildi. Talabalar lugʼatdan
osonlik bilan zarur atamalarning izohini topib olishlari
mumkin. Bu lugʼat oʼzbek tilshunosligiga doir boshqa asarlarni
oʼqishda ham yordam berishi mumkin.
Fonologiya va morfonologiyaga doir atamalar koʼpchilik
jahon tillarida qoʼllanishiga moslab talqin etildi.
Kitobning qoʼlyozmasini oʼqib, oʼz maslahatlari va tanqidiy
fikrlari bilan oʼrtoqlashgan hamkasblarga muallif oʼz minnatdorchiligini bildiradi.
Download 16,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish