G`oyalar generatori - lotincha so`z bo`lib ishlab chiqaruvchi degan ma`noni anglatadi.
G`oyalar generatori bu inson aqli va qobiliyatini tavsiflovchi sifat bo`lib , begona g`oyalarni umumlashtirish va uyg`unlashtirish , o`zining orginal g`oyasini ishlab chiqaruvchidir.
G`oyaning nomoyon bo`lishiga ko`ra turlari :
↓ ↓
Vayronkor g`oyalar
Bunyodkor g`oyalar
Bunyodkor g`oya - odamlarni, turli guruh va qatlamlar, millat va davlatlarni taraqqiyot sari yetaklovchi, xalqni ezgu maqsad yo’lida ,bardavom harakat qilishga undovchi g’oya.
Buzgunchi goyalar - xalklar boshiga sungsiz kulfatlar keltirgan.
Mavzu :O`zbekiston Respublikasida tadbirkorlik g`oyalarini rivojlantrish.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning biznes g‘oyalarini amalga oshirishga har tomonlama ko‘maklashish borasida qator choralar ko‘rilmoqda.
Hududlarda oilalarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilishga, ularning barqaror va qo‘shimcha daromad manbaiga ega bo‘lishiga, milliy hunarmandchilik yanada rivojlanishiga, xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslari amalga oshirilishiga, yosh tadbirkorlarning istiqbolli g‘oyalari va loyihalari ro‘yobga chiqishiga hamda shu asosda aholining bandligi ta’minlanishiga zamin yaratilmoqda.
““Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida aholining daromad olish borasidagi loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish, agrotexnika va veterinariya xizmatlari ko‘rsatish, ishsiz va band bo‘lmagan aholini, shu jumladan uning muhtoj qatlamlarini tadbirkorlikka va o‘zini o‘zi band qilishning samarali shakllariga o‘rgatish, klaster tizimi orqali daromadli mehnat faoliyatiga jalb etish, loyihalarning uzluksiz va muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga amaliy yordam berish bo‘limning asosiy vazifalari etib belgilansin.”
dasturi doirasida: nazarda tutilgan loyihalar va tadbirlarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, AT Xalq banki, “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB hamda xalqaro moliya institutlari kredit liniyalari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
imtiyozli kreditlar oilaviy tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan aholi hamda tadbirkorlik subyektlariga yillik 8 foiz stavkada 3 — 6 oygacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ajratiladi. Bunda, 2020-yil 1-yanvardan boshlab kreditlar AT Xalq banki, “Mikrokreditbank” ATB va “Agrobank” ATB orqali O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasida, 2021-yil 1-yanvardan tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan stavkalarda beriladi;
tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan stavkalarda beriladigan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarning bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmi qo‘llaniladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |