3. Ta’lim muassasalarida huquqiy savodxonlikni oshirish
15.
|
“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganish” va “Inson huquqlarini o‘rganish” maxsus o‘quv kurslarini barcha ta’lim turlari bo‘yicha tizimli o‘rgatish nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish va o‘rgatilishini tashkil qilish.
|
Kompleks chora-tadbirlar
|
2019-yil
May
|
Adliya vazirligi (R. Davletov),
Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov)
|
Maxsus o‘quv kurslari yakuni bo‘yicha o‘quvchi va talabalar orasida sinovlar tashkil qilish.
|
O‘quv mashg‘ulotlari
|
2019-yil
dekabr
|
16.
|
Bolalar va o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda huquqiy ong va huquqiy madaniyatini shakllantirishga qaratilgan Konstitutsiyani va inson huquqlarini o‘rganish bo‘yicha ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash va chop etish.
|
Qo‘llanmalar
|
2019-yil
sentyabr
|
Adliya vazirligi (R. Davletov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev)
|
17.
|
Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarga bolalar huquq va majburiyatlariga doir mashg‘ulotlarni joriy etish. Bunda:
maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilarining huquq asoslari va bola huquqlari bo‘yicha bepul malakasini oshirish;
mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun turli innovatsion loyihalarni yaratish choralarini ko‘rish.
|
Takliflar
|
2019-yil fevral
|
Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin),
Adliya vazirligi (R. Davletov)
|
18.
|
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga odob-axloq qoidalari va huquqning ilk tushunchalarini o‘rgatish bo‘yicha namunaviy qo‘llanma yaratish.
|
Namunaviy qo‘llanma
|
2019-yil
iyul
|
Adliya vazirligi (R. Davletov),
Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin)
|
19.
|
Yangi avlod huquqiy darsliklari va o‘quv qo‘llanmalari tizimini yaratish. Bunda:
|
Ijrochilarning qo‘shma qarori
| |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov)
|
umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun huquqiy bilimlarni sodda va ko‘rgazmali o‘rgatishga qaratilgan o‘quv qo‘llanmalarini;
|
2019-yil
may
|
ta’lim muassasalari uchun huquq fanlari bo‘yicha o‘quv darsliklari va qo‘llanmalarini tayyorlash choralarini ko‘rish.
|
2019-yil noyabr
|
20.
|
Yoshlarga o‘z huquqlarini himoya qilishning amaliy mexanizmlarini o‘rgatishga qaratilgan “Street law” (Ko‘cha huquqi — oddiy huquq) loyihasini keng joriy qilish bo‘yicha quyidagi tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish:
| | |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin)
|
huquqshunoslikka ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari talabalari, yuridik kollejlar o‘quvchilari, nodavlat tashkilotlar vakillaridan iborat ko‘ngillilar (volonter) guruhini shakllantirish;
|
Ijrochilarning qo‘shma qarori
|
2019-yil
may
|
“Street law” loyihasi amalga oshirilishini metodik ta’minlash choralarini ishlab chiqish;
|
Kompleks chora-tadbirlar
|
2019-yil
iyul
|
ko‘ngillilar guruhlari uchun interaktiv mashg‘ulotlar olib borish metodikasi bo‘yicha treninglar o‘tkazish;
ko‘ngillilar tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari hamda umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun mashg‘ulotlar o‘tkazish.
| |
2019-yil
oktyabr
|
21.
|
Ta’lim muassasalari o‘quvchilari va talabalari orasida huquq fanidan respublika miqyosida quyidagi tanlovlarni tashkil qilish va o‘tkazish:
umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Huquq — bu to‘g‘rilikdir” mavzusidagi rasmlar tanlovini tashkil qilish;
umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Mening huquq va majburiyatlarim” respublika ko‘rik-tanlovini tashkil etish hamda tanlov g‘oliblarini rag‘batlantirish;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida “Siz qonunni bilasizmi?” ko‘rik-tanlovini tashkil qilish hamda tanlov g‘oliblarini rag‘batlantirish;
oliy ta’lim muassasalarida “Huquq bilimdonlari” ko‘rik tanlovini tashkil qilish va tanlov g‘oliblarini rag‘batlantirish.
|
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
|
2019-yil
sentyabr
|
Adliya vazirligi (R. Davletov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Davlat test markazi (M. Karimov)
|
22.
|
Yoshlarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi murosasizlik tuyg‘usini shakllantirishga qaratilgan insholar tanlovini o‘tkazish.
|
Ijrochilarning qo‘shma qarori
|
2019-yil
mart
|
Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov)
|
Amalga oshirish
|
2019-yil
dekabr
|
23.
|
Yoshlarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, ayniqsa, ularning ongida korrupsiyaning jamiyat va mamlakat ravnaqi uchun o‘ta salbiy illat ekanligini targ‘ib qilishga qaratilgan o‘quv materiallari tayyorlanishini tashkil qilish.
|
Ijrochilarning qo‘shma qarori
|
2019-yil fevral
|
Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Adliya vazirligi (R. Davletov)
|
24.
|
Bolalar va yoshlarga ularning huquqlari va odob-axloq normalari haqida ma’lumot beruvchi ko‘rgazmali targ‘ibot bo‘yicha quyidagi ishlarni amalga oshirish:
flayerlar, bukletlar, komikslar, taqdimot slaydlari, videoroliklar ishlab chiqish va har bir ta’lim muassasasiga yetkazish (har chorakda);
ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot materiallarini bolalar va yoshlar e’tiboriga yetkazish.
|
Ko‘rgazmali tarqatma materiallar
|
2019-yil
dekabr
|
Adliya vazirligi (R. Davletov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev)
|
25.
|
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida yoshlarni o‘z huquqiy savodxonligini yuksak darajada shakllantirish va oshirishdek ezgu maqsadlar atrofida birlashtiruvchi “Huquq bilimdonlari” yoshlar huquqiy klublarini tashkil etish, keyinchalik ularning ijtimoiy tarmoqlarda ham faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash.
|
Kompleks chora- tadbirlar
|
2019-yil
avgust
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), vazirlik va idoralar
|
26.
|
Umumta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sohasida huquq fanidan olimpiadalar o‘tkazish va g‘oliblarni munosib taqdirlash.
|
Ijrochilarning qo‘shma qarori
|
2019-yil avgust
|
Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Davlat test markazi (M. Karimov)
|
27.
|
Tarbiyasi og‘ir voyaga yetmaganlarga kuchaytirilgan huquqiy ta’lim berish va tarbiyalashga oid maxsus dasturlarni qo‘llash.
|
Ijrochilarning qo‘shma qarori
|
2019-yil avgust
|
Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov)
|
28.
|
Yoshlarda sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan intilishni shakllantirishga, ijtimoiy jihatdan xavfli kasalliklarga, giyohvandlikka, chekishga va boshqa zararli odatlarga qarshi kurashishga doir profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirishga, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli uyushtirishga, ommaviy yoshlar sportini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish.
|
Chora-tadbirlar rejalari
|
2019-yil
may
|
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Bosh prokuratura (O. Murodov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov)
|
29.
|
Bolalar va yoshlarda davlat ramzlarini e’zozlash, uning qadr-qimmatini anglash, shuningdek, shaxsiy ehtiyojlar va jamiyat ehtiyojlari o‘rtasidagi muvozanatni saqlash g‘oyalarini targ‘ib qilishga doir aniq rejalar asosida “ochiq darslar” va o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilishini ta’minlash.
|
Ochiq darslar, o‘quv mashg‘ulotlari
|
2019-yil
martdan boshlab
|
Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov)
|
30.
|
Diniy ekstremizm, terrorizm, “ommaviy madaniyat” va boshqa yot g‘oyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirishga qaratilgan maxsus videoroliklar tayyorlash.
|
Videoroliklar
|
2019-yil
aprel
|
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Adliya vazirligi (R. Davletov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), MTRK (A. Xadjayev), Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (F. Abduxalikov)
|
31.
|
Yoshlar tomonidan sodir etilayotgan yo‘l harakati qoidalarini buzish, noqonuniy avtopoygalar o‘tkazish va boshqa noxush hodisalarning oldini olish maqsadida “Eng tartibli yosh haydovchi” loyihasini tashkil etish.
|
Ijrochilarning qo‘shma qarori
|
2019-yil
aprel
|
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Adliya vazirligi (R. Davletov)
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |