Jamiyat mafkurasida milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg'unligi milliy goyada milliy va umuminsoniy qadriyatlar



Download 121,5 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2021
Hajmi121,5 Kb.
#66913
  1   2   3
Bog'liq
302-guruh. Amonova Yodgora jamiyat mafkurasida milliy va umumins




JAMIYAT MAFKURASIDA MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLAR UYG'UNLIGI

Milliy goyada milliy va umuminsoniy qadriyatlar
Mukammal shakllangan, o'tmishimizga, milliy qadriyatlarimizga, urf-odatlarimizga, an'analarimiz, ruhiyatimizga hamda umuminsoniy qadriyatlarga tayanadigan mafkurasiz jamiyatimizning olg'a qarab, buyuk kelajak sari intilishini tasavvur qilish qiyin.

Mafkura xalqimizning tabiati, irodasi, orzu-intilishlarini ifodalaydigan quyidagi milliy qadriyatlar va xususiyatlarni zamon talablari asosida yanada boyitishni nazarda tutadi:

- xalqimiz hayotida qadim-qadimdan jamoa bo'lib yashash ruhining ustunligi;

- jamoa timsoli bo'lgan oila, mahalla, el-yurt tushunchalarining muqaddasligi;

- ota-ona, mahalla-kuy, umuman jamiyatga hurmat-e‟tibor;

- millatning o'lmas ruhi bo'lgan ona tiliga muhabbat;

- kattaga hurmat va kichikka izzat;

- mehr-muhabbat, go'zallik va nafosat, hayot abadiyligi ramzi-ayol zotiga ehtirom;

- sabr-bardosh va mehnatsevarlik;

- halollik, mehr-oqibat va hokazo.


Milliy mafkura quyidagi umumbashariy qadriyatlarni e‟tirof etadi va ulardan oziqlanadi:

- qonun ustuvorligi;

- inson haq-huquqlari va hurfikrlilik;

- turli millat vakillariga hurmat va ular bilan bahamjihat yashash;

- diniy bag‟rikenglik;

- dunyoviy bilimlarga intilish;

- ma‟rifatparvarlik;

- o'zga xalqlarning ilg‟or tajribalari va madaniyatini o'rganish va hokazo.

O'zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yo'lidagi bosh g'oyasi-ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdir. Bu g'oya xalqimizning azaliy intilishlari, bunyodkorlik faoliyatining ma‟no-mazmunini belgilaydi.

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash milliy mafkuraning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Bunda yoshlarda o'tmish tariximizga buyuk bobokalonlarimizga hurmat hissini uyg'otish, ular bilan faxrlanish, ularning jahon tarixida tutgan o'rinlarini yoshlar ongiga singdirish Vatanimizning kelajagini belgilab beradigan muhim omil hisoblanadi. Shuningdek, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va an'analarimizga vorislik asosida yondoshish jamiyatimiz jipsligini ta'minlashda muhim vositadir. Shu o'rinda qadriyat tushunchasining mazmunini tushunish lozim. Har bir inson uchun muqaddas bo'lgan yuksak gumanistik qadriyatlarni o'zida mujassam etadi.



Download 121,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish