1-amaliy mashg`ulot
Til-ijtimoiy hodisa
“Jamiyat – kishilarning tarixan qaror topgan hamkorlik faoliyatlari majmui.” Bu hamkorlik kishilarning iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy, madaniy sohalarda, moddiy ishlab chiqarish va mehnat jarayonidagi uzviy birligidan iborat. Inson jamiyatdan tashqarida mavjud bo‘la olmaydi, balki jamiyatda tug‘iladi, kamol topadi, yashaydi va rivojlanadi. Umuman, “inson” tushunchasi jamiyat tushunchasi bilan uzviy bog‘liq. Shuning uchun sotsiologiya va iqtisodiyotda insonning ta'rifi “ijtimoiy munosabatlar kesishuvi” deb berilsa va inson jamiyat orqali ta'riflansa, jamiyat inson orqali ta'riflanadi – bu ikki tushuncha bir-biridan ajralmas. Inson (shaxs) va jamiyat o‘zaro dialektik butun-bo‘lak munosabatida turgan butunliklardir – inson (shaxs) jamiyatning bir bo‘lagi, tarkibiy qismi bo‘lganligi uchun ham insondir. O‘z navbatida, jamiyat insonlarni xilma-xil munosabatlar bilan birlashtirganligi sababli jamiyatdir, masalan, turnalar yoki bo‘rilar to‘dasiga nisbatan jamiyat so‘zini qo‘llay olmaymiz.
Jamiyatning muhim tarkibiy qismlaridan biri tildir. Til jamiyat a'zolarini birlashtiruvchi eng muhim omillardan biri ekanligi bilan “Tilning kelib chiqishi” bo‘limida tanishgan edik. Tilshunoslik bo‘yicha o‘quv fanlaridan – jumladan, “Umimiy tilshunoslik”dan sizga ma'lumki, til (nutqiy faoliyat)ning o‘zi murakkab hodisa bo‘lib, u: a) ma'lum bir jamiyat a'zolari uchun tayyor, umumiy va majburiy bo‘lgan, UMIS tabiatli imkoniyatlar majmuasidan iborat bo‘lgan lison; b) bu imkoniyatlarning bevosita voqyelanishini tashkil etadigan YaHVO tabiatli nutq;
d) shu imkoniyatning yuzaga chiqish shart-sharoitlari va shakllarini belgilovchi me'yor kabi tomonlarning dialektik birligidir.
II.2. Til va jamiyat.
Til – ijtimoiy hodisa sifatida
Kishi o‘z tafakkur tarziga, farqlash qobiliyati va imkoniyatlariga qarab so‘zlaydi – lisoniy imkoniyatlardan foydalanadi. Bu uning bilim va madaniy saviyasiga, hayotiy ko‘nikma, tajriba va dunyoqarashiga bog‘liq. Qolaversa, har bir inson xarakteri va didi, ma'naviy olami, tafakkur ko‘lami va madaniy saviyasi, ichki ruhiy dunyosi va iste'dodi, yashash muhiti, jamiyatining taraqqiyot darajasi kabi yuzlab omillar ta'sirida turli nutqqa ega, ya'ni lisoniy imkoniyatlardan har xil daraja, saviya va maqsadda foydalanadi. Shu tufayli so‘zlovchining nutqidan uning madaniy saviyasi, ijtimoiy mavqyei, tafakkur tarzini sezish qiyin emas. Bu omilni Alisher Navoiy “Muhokamatul lug‘atayn”da alohida ta'kidlab o‘tadi. Xalqimiz ham “suratiga emas, siyratiga boq” maqolida insonning tashqi qiyofasiga emas, ichki olamiga e'tibor berish lozimligini ta'kidlaydi. Yusuf xos Hojib “Qutadg‘u bilig”ning til mohiyatiga bag‘ishlangan boblarida so‘z (til, nutq) insonning ichki olamini – saviyasi va ruhiyati, tafakkur tarzini yuzaga chiqaruvchi eng muhim vosita deb baholaydi. Xuddi shunday ta'rifni til va nutqqa – faqat XVIII va undan keyingi asrlarda yevropaning buyuk olimlari Frans Bopp, Avgust Shleyxer, Yakob Grimm, Hyerman Paul, Vilhyelm Humboldt, Karl Marks, Ferdinand de Sossyur kabilar ham takrorlashdi. Inson va til (nutq qobiliyati) kabi til va jamiyat ham ajralmasdir.
Til – ijtimoiy hodisa ekan, hamisha jamiyat bilan birga rivojlanishda. Tilning davriy hamda mintaqaviy bo‘linishi va o‘zgarishi sizga dialektologiya, arealogiya, til tarixi o‘quv fanlaridan ma'lum. Lekin ayni bir jamiyatning o‘zidagi har qanday holat – hatto bir hudud va davrda jins, yosh, kasb-korga ko‘ra bo‘linishlar ham tilda o‘zini namoyon qiladi. V.A.Zveginsev fikricha, jamiyatning ijtimoiy tafovutiga ko‘ra til hodisalari 3 guruhga bo‘linadi:
1. Tillarning ijtimoiy va maxsus ishlatilishi.
2. Maxsus tillarning yaratilishi.
3. Ommaviy(milliy) tilning ijtimoiy va kasbiy farqlanishi.
A.Samoylovich esa oltoy turklari tilidagi ayol va erkak leksikasi parallelizmi haqida shunday qiziqarli ma'lumotlarni keltiradi: Tilda sinonomiyani yuzaga keltiruvchi va ijtimoiy hodisalar ta'sirida ro‘y beradigan hodisalardan yana biri argo, jargon va iboralar, tabu va evfemizmlarning vujudga kelishidir. Tilimizda, ba'zi so‘zlar jargonlar bo‘lib, muayyan ijtimoiy qatlam, guruh nutqiga xos hisoblanadi. Kishilar dunyoqarashi, tushuncha va e'tiqodlariga ko‘ra so‘z va tushunchalarga yangi ma'no berish hodisasi ham uchraydi Tilning ijtimoiy o‘ziga xos ko‘rinishlari haqida gapirganda, bunday xoslanish avvalo leksikada – semantika, frazeologiya va stilistikada sodir bo‘lishini unutmaslik kerak. Bunday xoslanish leksikada shu darajada kuchliki, ayni bir jamiyatning nafaqat erkagu ayollari, balki yosh-u keksalarining, avom va zodagonlarining so‘zlari, uslublari farqlidir ham ustuvor bo‘ladi, o‘z ta'sirini shu jamiyatdan uzoq-uzoq o‘lkalarga yetkazadi. Buni o‘zbek tilining XI-XVI asrlardagi mavqyeidan ham bilamiz. Turkiyshunoslar Alisher Navoy asarlari tilining bu davrda Qrimdan Oltoygacha, Rumdan Chingacha (Turkiyadan Xitoygacha) bo‘lgan ulkan mintaqada hukmron adabiy me'yor bo‘lib kelganligini qayd etadilar.
Jamiyatda fanlarning taraqqiyoti tilda ilmiy atamalar, murakkab ilmiy tushunchalar, jarayon va tavsiflarni ifodalovchi so‘zlar va uslubning shakllanishi hamda rivojlanishiga olib keladi. Tilning qo‘llanilish sohasi keskin kengayadi, u uzluksiz rivojlnadi, yangi-yangi so‘z va tushunchalar bilan boyiydi.
Dunyoda yakka holda, boshqalardan batamom uzilgan shaklda yashagan jamiyat bo‘lmagan – qo‘shni xalqlar hamisha bir-biri bilan yaqin aloqalarda bo‘lishgan. Ko‘p hollarda esa turli-tuman qavm-elatlar qo‘shnichilikda yonma-yon yashashgan. Turli xalqlarning tili bir-biriga ta'sir etib, bir-birini boyitgan – so‘z bergan, so‘z olgan. Bunday o‘zaro ta'sirlar tillarning qorishuvi va natijada tamoman yangi bir tilning paydo bo‘lishi darajasigacha borib yetishi mumkin. Shu bois dunyoda sof – boshqa tillar ta'siridan xoli til umuman yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas. Turli jamiyat – davlatlar orasidagi iqtisodiy-madaniy aloqalar bunday boyishga keng yo‘l ochadi.
II.3. Tilning asosiy funksiyalari
Jamiyatning siyosiy tuzumi, ishlab chiqarishning yetakchi usul va vositalari ham tilning taraqqiyotiga kuchli ta'sir ko‘rsatadi. Masalan, ibtidoiy tabiiy-ovchilik va ko‘chmanchi chorvachilik xo‘jalik usuli yetakchiligi davrida tillarning qorishuvi, o‘zaro yaqinlashuvi kuchli bo‘ladi, keskin shevaviy farqlar sezilmaydi. Qadimgi turkiy (O‘rxun-yenisey) davri tilida, qozoq, qoraqalpoq, turkman qirg‘iz kabi XIX asrlargacha to‘la yoki yarim ko‘chmanchi tarzda hayot kechirgan xalqlar tilida sheva farqlarining nisbatan ozligi shu bilan bog‘liq. Aksincha, uzoq shahar madaniyati, o‘troq dehqonchilik xo‘jalik tarzi mahalliy shevalardagi farqlarni chuqurlashtiradi. Bu shu darajaga borib yetishi mumkinki, bir tilning ikki shevasi vakili bir-birini mutlaqo tushuna olmasligi mumkin. Xitoy tili shevalarida xuddi shu holat ko‘zga tashlanadi. O‘zbek, ozarbayjon, turk, uyg‘ur kabi turkiy tillarning ko‘p shevaliligi, shevalararo kuchli farqlarning mavjudligi ayni shu hodisa bilan bog‘liq.
Bozor iqtisodiyoti, sanoat ishlab chiqarish usuli, fan va texnika taraqqiyoti, ta'lim va madaniyat rivoji, matbuot xilma-xil vositalarining keng ommalashuvi ma'lum bir xalq (millat)ning turli mintaqa va hududlarini – demak, tillarini ham – yaqinlashtiradi; jamiyatda me'yorlashtirilgan, san'atkor va olimlar tomonidan ishlangan shevalardan yuqori turadigan elita – adabiy tilning keng ommalashuviga sabab bo‘ladi. Shuning uchun ko‘p shevali bo‘lishiga qaramay fransuz, nemis, ingliz tillari axborot vositalarida – so‘zlashuv nutqida ham, jonli muloqot va suhbatlarda ham – shevaviy fonetik yoki leksik farqlar sezilmaydi – ommaning madaniy saviyasi yuksak va hamma adabiy me'yorlarga rioya qilish ko‘nikmasiga ega. Bu davrda adabiy til maktab, matbuot, ta'lim-tarbiya, targ‘ibot-tashviqot ishlab chiqarish orqali sheva farqlarining yo‘qolishiga, adabiy tilning keng ommalashishi va me'yorlashishiga olib keladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqadiki, tilshunoslik va sotsiologiyaning o‘zaro aloqadorligi, o‘z navbatida, til paydo bo‘lishi, rivoji va mavjud bo‘lishi (masalan, ilm-fan, ommaviy kommunikatsiya, trasport, sud-huquq tizimi singari inson faoliyatida)ning ijtimoiy faktorlari, uning tabiati va jamiyat bilan aloqadorligi, uning jamiyat tabaqa va qatlamlarining tildan foydalanish saviyasiga mos ravishda differensiatsiyalanishi, ikki va ko‘ptillilikning jamiyat hayotidagi o‘rni, jamiyatning tilga ongli munosabati va ta'siri singari dolzarb muammolarning yechimini ko‘zda tutadigan ilmiy-tadqiqiy, ma'naviy-ma'rifiy negizlarni ifoda etadi. Sanab o‘tilgan faktorlarga ko‘ra, tegishli tilning ijtimoiy funksiyasini aniqlash va unga doir istiqbolli rejalarni tuzish, tadqiqotlarni amalga oshirish imkoni va zarurati yuzaga keladi. mazkur funksiyaning qamroviga nisbatan esa uning - tilning funksional taraqqiy etganlik darajasini belgilash mumkin bo‘ladi. Til ijtimoiy funksiyasining oshishi yoxud ko‘payishi, tilning ichki qurilishiga o‘z ta'sirini o‘tkazmay qolmaydi, negaki, sodir bo‘layotgan o‘zgarish va yangilanishlar, o‘z navbatida, o‘zining muqobil variantini mazkur tilda muhrlaydi.
Muayyan jamiyatga xizmat qilayotgan tilning taraqqiyoti, bevosita shu insoniy jamoaning unga munosabati bilan belgilanadi: umumiste'mol leksikasi, muloqotning ijtimoiy shartlangan qoidalariga ko‘ra quriladigan nutqiy aktlar va u bilan bog‘liq tarzda yuzaga chiquvchi nutqiy kompetensiya masalalari, lisoniy kod, axborotning xarakteri, sotsial-kommunikativ vaziyatlar, ushbu vaziyatlarda lingvomadaniy xarakter va xususiyatlarning aks etishi kabi qator dalillar bilan shartlanadi.
Umumiy holda, til bilan bog‘liq funksiyalar quyidagilar bo‘lib, ular tegishli tarzda ijtimoiylikni o‘ziga xos ravishda ifodalaydi:
Insoniyat uchun aloqa vositasi hamda insoniy sivilizatsiyaning fenomeni hisoblangan tilning bazaviy va ikkilamchi funksiyalari;
Tilning kognitiv funksiyasi;
Tilning kommunikativ funksiyasi;
Tilning badiiy-estetik funksiyasi (poetik funksiyasi);
Tilning etnosotsial funksiyasi.
II.4. Til taraqqiyotida adabiy til omili
Ma'lumki.til ijtimoiy-ruhiy hodisadir. Til ijtimoiy hodisa sifatida vositai robita vazifasini bajarsa, ruhiy hodisa sifatida ma'naviy-ma'rifiy jabhaga xizmat qiladi. Tilning har ikkala vazifasi uzviy bog‘langan bo‘lib birgalikda amalga oshadi. Til mazkur vazifalarni bajarish uchun yozma va og‘zaki shakl, shuningdek, sheva, mushtarak va oraliq (qurama) ko‘rinishda zuhur bo‘ladi.
Tilning mushtarak ko‘rinishi sobiq Ittifoq hududida adabiy til deb atalardi. O‘zbek tilshunosligida bu atama hozirgi kunda ham o‘zbek adabiy tili tarzida ishlatiladi. Ayni paytda hozirgi o‘zbek adabiy tili, o‘zbek milliy adabiy tili, shuningdek ixcham tarzda o‘zbek tili atamasi ham qo‘llanadi.
Tilshunoslik tarixida tilning mohiyatini tushunish, uning mushtarak ko‘rinishi (adabiy til)ga munosabat bir xil bo‘lgan emas.
Nazariy tilshunoslik asoschisi Vilhyelm fon Humboldt (1767— 1835) tilni mohiyatiga ko‘ra faoliyat, quvvat, aniqrog‘i, ruhiy faoliyat, ruhiy quvvat, tuzilishiga ko‘ra butunlik, tizim (sistema)dir deydi.Uning ko‘rsatishicha, har qaysi til (yoki til oilasi)ning o‘z tuzilishi, sistemasy bor, negaki xalq tili uning ruhiyati, xalq ruhiyati uniig tili demakdir. Shu bilan birga yozuvchi va grammatistlar tilga sayqal berib xalqning o‘ziga qaytaradi, deb yozadi. Bunday adabiy til nazarda tutilgani va uning adabiyot, adabiyotshunoslik bilan ham aloqadorligi anglashiladi.
Struktur tilshunoslik asoschisi Ferdinand de Sossyur (1857— 1913) tilni ishoralar sistemasi deb biladi. Til haqidagi fanni esa ikkiga ajratib ichki va tashqi tilshunoslik deb ataydi, ichki tilshunoslikda tilning tuzilishi (strukturasi), tashqi tilgaunoslikda. xalq va uning tarixi, madaniyati, siyosiy qarashi, adabiyoti bilan aloqasi, adabiy til, sheva kabi hodisalar o‘rganiladi. Sossyurning o‘zi ichki tilshunoslik bilan shug‘ullanganidan uning ta'limotida adabiy til va unga aloqador masalalar e'tibordan chetda qoladi.
Pragalik tilshunoslar ta'limotida til inson faoliyatining maxsuli, muayyan maqsadga xizmat qiluvchi vositalar sistemasidir deya ta'riflanadi. Boshqacha aytganda, til muayyan vazifa (funksiya) bajaruvchi sistema deb qaraladi. Shunga ko‘ra til XX asr birinchi choragidan funksional sistema, til haqidagi fan esa funksional tilshunoslik deb atala boshlaydi. Natijada tilning barcha hodisasi .(unsuri) bajaradigan vazifasi, qo‘llanish maqsadi nuqtai nazaridan baholanadigan bo‘ldi, funksional tilshunoslikda adabiy tilga alohida e'tibor berilib xalq tiliga nisbatan muhimroq vazifa bajarishi ta'kidlanadi, negaki adabiy tilda madaniy hayot va tamaddun (ilmiy, falsafiy va diniy tafakkur, siyosiy va sotsial, adliyaviy va ma'muriy faoliyat) hamda uning natijasi aks etadi. Binobarin funksional tilshunoslikda adabiy tilning ijtimoiy va sotsial vazifasiga katga e'tibor beriladi.
Funksional tilshunoslik tarafdorlari tomonidan adabiy tilning ijtimoiy va sotsial vazifasi uzvli (komponent) tahlilga asoslanib tadqiq qilinadi. Lekin ayrim masala, jumladan adabiy tilning shakllanishi, rivojlanishi, farqlovchi belgilari xususida olimlar hamfikr emas. A.V.Isachenkoning fikricha, adabiy til xalq millat bo‘lib shakllangandan keyingina hosil bo‘ladi. Bunday tilning farqlovchi belgisi to‘rtta: polivalentlik, me'yoriylik (kodifikatsiya), umummajburiylik va uslubiylik. Polivalentlik deganda ijtimoiy hayotning barcha sohasida adabiy til ishlatilishi nazarda tutilsa, umummajburiylik deganda jamiyatning barcha a'zosi tomonidan adabiy til qo‘llanishining majburiyligi, adabiy til me'yorlariga hammaning barobar rioya qilishi tushuniladi. Aniqroq qilib aytganda, faqat yozma emas, og‘zaki nutqda ham ma'lumoti, yoshi, qaysi tabaqa, shevaga mansubligidan qat'iy nazar barchaning adabiy tildan foydalanishi talab etiladi. Mazkur belgilardan birortasi shakllanmagan bo‘lsa adabiy tilning mavjudligi inkor etiladi. Bunday talab ham yozma, ham og‘zaki shakli yuksak rivojlangan milliy tillarnigina adabiy til deb atash imkonini beradi. Sho‘ro germanisti M.M.Guxman va uning izdoshlari adabiy tilning Xususiyatini belgilashda boshqacha yo‘l tutadi. Bu olimlar masalaga ijtimoiy-tarixiy hamda tipologik nuqtai nazardan yondashib adabiy tilning millat bo‘lib shakllanmagan xaliuuarga ham xosligini ko‘rsatadi. Natijada adabiy tilning ikki bosqich va ikki xil ko‘rinishi borligi e'tirof etiladi: xalk, adabiy tili va millatning adabiy tili (milliy adabiy til).
M.M.Guxmanning ko‘rsatishicha, adabiy tilning birinchi ko‘rinish iga xos belgi uchta: ish lov berilganlik (obrabotannost yazыka), tanlanganlik (otbor) va qoidaviylik (reglamentatsiya) [71,506]. Birinchi belgining mavjudligi qolgan ikki belgini taqozo etadi, negaki ikkinchi belgi shevalarga xos so‘e va shakldan ayrymini tanlab ishlatishni bildirsa, uchinchi belgi mazkur so‘z va shakllarning qo‘llanishi qoidaga aylanganligi, an'anaviy tus olganligini anglatadi. Bu belgilar ikkinchi bosqichda qat'iy qoidalashtirilganlik (kodifikatsiya) va. umummajburiylik tusini oladi. Natijada ular A.V.Isachenko e'tirof etgan tarzda namoyon bo‘ladi.
Tipologik tahlilga asoslanib M.M.Guxman adabiy tilning boshqa farqlovchi belgilari (polivalentlik va uslubiylik) ham barcha adabiy tilda yoki bir tilning o‘zida birdaniga emas, asta-sekyn shakllana boradi deb yozadi. Negaki mazkur belgilar tarixiy shart-sharoit, ya'ni xalq iqtisodiy, siyosiy va madaniy birlashishining sur'atiga bog‘liq bo‘ladi. Shunga ko‘ra polivalentlik va u bilan bog‘liq umumiy, mushtarak til Angliya, Fransiyada XVI — XVII, Rossiyada XVIII asr oxiri XIX asrning birinchi yarmida, Germaniyada XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib shakllanadi. Arab mamlakatlari va Italiyada hozirgi davrda ham adabiy til polivalent xususiyatga ega emas. Arablar adabiy tilni faqat oilada emas, inida ham qo‘llamaydi, uning o‘rniga mahalliy oraliq til ( adabiy til va sheva qorishmasi) ishlatiladi. Ayni paytda xududiy shakllar adabiy til sohasi bo‘lgan radio, televidenie, teatr, kinoga ham kirib borgan [63,36]. Italiyada bo‘lsa adabiy tilning og‘zaki shaklida max,alliy sheva ta'siri kuchli, adabiy tilning yozma ko‘rinishi esa notabiiy hisoblanadi. Polivalentlik ma'lum tarixiy, siyosiy shart-sharoit taqozosi bilan ham cheklangan tarzda namoyon bo‘ladi. Bunday holda adabiy til ijtimoiy hayotning ayrim sohasida ishlatilmaydi. Masalan Chexiyada 1781 yilda nemis tiliga davlat maqomi berilgandan keyin milliy zulm ta'sirida chex tili asosan adabiy tilda gapirmaydigan qishlok, aholisi tomonidan qo‘llanadi [92,15]. Hindistonda ham shunga yaqin hol xoz beradi. Uzoq davom etgan ingliz 'hukmronligi davrida davlat idoralari, ish yuritish, savdo, iqtisod, maktab, universitet va fanda ingliz tili qo‘llanadi. Holbuki ingliz tilida atigi ikki foiz aholi erkin so‘zlasha olgan. Akademik V.V.Vinogradov masalaga boshqacha nuqtai nazardan yondashganligidan xalq og‘zaky ijodi adabiy til doirasidan chetda qoladi. Bunday holda Gomer dostonlari, O‘rta Osiyo xalqlari folklori, olmon shpilman, minnezingerlarining ijodi adabiy til namunasi hisoblanmaydi. Prof. M.M.Guxmanning fikricha esa yuqori darajada ishlov berilganlik, muayyan mezonlarga asoslangan so‘z tanlash va qoidaviylik (reglamentatsiya), an'anaviylik xos bo‘lganidan bunday asarlar tilini adabiy tilning og‘zaki ko‘rinishi hisoblash zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |