Jamiyat haqidagi falsafiy qarashlar jamiyat va tarix falsafasi Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Jamiyat haqidagi falsafiy qarashlar jamiyat va tarix falsafasi Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Arziqulov.R.U “Sog’lom turmush tarzi asoslari” Toshkent 2005-yil
Safarova.D Valeologiya asoslari Toshkent 2006-yil
Vayner.E.N Valeologiya “Учебник для вузов” Moskva “Наука” nashriyoti 2002-yil
www.ozon.ru
www.pedagok.uz
R e j a:
Jamiyatning moddiy va ma’naviy hayoti ularning o‘zaro bog‘lig‘ligi.
Jamiyat va oila. Qadriyatlar falsafasi.
Insoniyat azaldan jamoa bo‘lib yashaydi. Quyosh tizimidagi Er sayyorasi uning makoni, umumiy Vatani. Shu ma’noda jamiyat odamzod umri, joyi bilan bog‘liq barcha o‘zgarish va jarayonlarni ifoda etadi. Ayrim odam jamiyat a’zosi, deb ataladi. Jamiyat – tabiatning bir qismi, ijtimoiy borliq, odamlar uyushmasining maxsus shakli, kishilar o‘rtasida amal qiladigan juda ko‘plab munosabatlar yig‘indisi. U muttasil ravishda rivojlanuvchi, takomillashib boruvchi murakkab tizimdir. «Jamiyat» tushunchasi arabcha so‘zdan olingan, o‘zbek tilida: «umumiylik», «birlik», «majmua», «jamlangan» degan lug‘aviy ma’nolarga ega. Bu tushuncha tor ma’noda ma’lum kishilarning biror maqsad yoki faoliyat asosida uyushgan birligi yoki insoniyat hayoti va taraqqiyotining muayyan aniq bosqichini ifodalaydi.
Jamiyat tushunchasi.
Kishilarda dastlab jamiyat to‘g‘risida hayoliy mifologik, asta-sekin diniy qarashlar paydo bo‘ldi. Diniy qarashlarga ko‘ra, jamiyat Xudo tomonidan yaratilgan. Jamiyatning mohiyati, uning mavjudligi va taraqqiyotini Xudo belgilaydi, har qanday voqea, hodisa Uning irodasi bilan sodir bo‘ladi. Madaniy-tarixiy tiplar nazariyasi XIX asrda vujudga kelgan bo‘lsada, aslida bu haqdagi dastlabki qarashlar Forobiy ijodiga mansub. Forobiy insonlar jamiyatini ikki madaniy- tarixiy tiplarga ajratadi: Birinchisi to‘liq jamiyat bo‘lib, u o‘zida a) er yuzidagi jami insonlarni qamrab oluvchi yirik jamiyat, b) Erning muayyan qismida yashovchi bir millat yoki bir dinga mansub kishilarning o‘rta jamiyati v) muayyan qavm yoki dinga mansub bir shahar jamiyatini qamrab oladi. Ikkinchisi bir qishloq, ovul, yoki bir oiladan iborat bo‘lgan to‘liqsiz jamiyat.1 Forobiy fikricha “Eng yaxshi fazilat va oliy darajadagi komillikni kichik birligi shahar hisoblanadigan madaniy jamiyat ichidagina qo‘lga kiritish mumkin. To‘liqsiz jamiyatlar insonni takomillashtirishga qobil emaslar”.2 Forobiyning bu fikrlari Platon va Aristotelning jamiyatga oid qarashlaridan farq qiladi, chunki u jamiyatdagi o‘zgarishlarni inobatga olgan. Jamiyatni to‘liq va to‘liqsizga ajratar ekan, Forobiy shahar to‘liq jamiyatning birinchi bosqichidir deb e’tirof etadi. Platon va Aristotelь esa to‘liq jamiyatni shahar bilan chegaralaganlar va shahar insoniyat jamiyati takomilining oxirgi darajasi, jamoaviy baxt saodatning bosh markazi deb ta’kidlaganlar. Forobiy esa, butun dunyodagi jamiyat haqida fikr yuritib, uning xukmdori qandaydir alohida olingan xalq, qavm yoki jamoa boshlig‘i emas, balki butun madaniy dunyodir deb ta’kidlaydi va bu fikri bilan yunon faylasuflaridan ilgarilab ketadi.
Abu Rayhon Beruniy jamiyat kishilar tomonidan o‘z ehtiyojlarini tushunib, o‘zlariga o‘xshash kishilar bilan o‘zaro «shartnoma» asosida birga yashashlari, birgalikda faoliyat ko‘rsatishlari, mehnat qilishlari zarurligini aytadi.
Abu Ali Ibn Sino jamiyat kishilarning o‘zaro kelishuvlari, bir-birlariga yordamlashish asosida tashkil topishi, uning a’zolari adolatli qonunlar asosida yashashlari lozimligini yozadi.
Jamiyat tabiat taraqqiyoti asosida kelib chiqqan uning ajralmas bir qismi, shu bois jamiyatda ham tabiat qonunlari amal qiladi, degan qarashni Evropada XVIII asr fransuz mutafakkirlari ilgari surishdi. Ular tabiat va jamiyat qonunlarini aynanlashtirib, ular o‘rtasidagi muhim farqni tushunib etmadilar. Bu naturalistik qarash edi. Jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi falsafiy nazariyalarning biri F.V.Gegelь ta’limotiga ko‘ra, «mutlaq g‘oya» o‘z-o‘zidan rivojlanib, u avval tabiatga aylanadi, so‘ng, tabiat qiyofasida rivojlanib borib, jamiyat paydo bo‘ladi. «Mutlaq ruh» jamiyatni harakatga keltiruvchi va boshqaruvchi kuchdir. L.Feyerbax esa jamiyat mohiyati va taraqqiyotini din bilan bog‘lab izohladi. Uning qarashicha, jamiyatni rivojlantirish uchun dinni takomillashtirish lozim.
Jamiyatning moddiy va ma’naviy hayoti ularning o‘zaro bog‘lig‘ligi.
Jamiyatni falsafiy jihatdan tahlil qilish uchun, avvalo uning moddiy va ma’naviy hayoti nima ekanligini bilish zarur. Binobarin bir butun jamiyat hayoti moddiy va ma’naviy jarayonlarning birligidan tashkil topadi. Jamiyatning bu ikki tuzilmasi biri ikkinchisisiz mavjud bo‘la olmaydi. Jamiyatning moddiy hayoti jamiyatdagi kishilar, ularning yashashlari, shaxs sifatida kamol topishlari va inson sifatida faoliyat ko‘rsatishlari uchun zarur oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar joy, yoqilg‘i, kommunikatsiya vositalari, moddiy ne’matlar, moddiy shart-sharoitlar majmui. Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish jamiyat moddiy hayotining muhim va hal qiluvchi sharti. Moddiy ishlab chiqarish jarayonida kishilar o‘rtasida vujudga keladigan xilma-xil shakldagi iqtisodiy munosabatlar ham jamiyatning moddiy hayotiga kiradi. Jamiyatning moddiy hayoti falsafada «ijtimoiy olam», deb ataladi. Ijtimoiy olamda amal qiladigan qonunlar ham ob’ektiv xarakterga ega, kishilar ongi va irodasidan tashqarida mavjud.
Jamiyatning ma’naviy hayoti jamiyatni tashkil etuvchi kishilar ongi, tafakkuri, dunyoqarash, xotira, aql va farosat, ma’naviy, ruhiy dunyolaridan tortib, ilm-fan, ta’lim-tarbiya, san’at va adabiyot, ahloq, din, siyosat va huquq, ilmiy va diniy tashkilotlar, ilmiy muassasa, maktab, litsey, kollej, oliy o‘quv yurtlari, akademiya, muzey, teatr, ommaviy axborot vositalari, nashriyot va redaksiyalarda xizmat qiladigan xodimlarning aqliy-ijodiy intellektual boyliklarining jami. Jamiyatning ma’naviy hayoti jamiyat moddiy hayotining in’ikosi, o‘ziga xos qonuniyat, xususiyat, mohiyatga ega nisbiy mustaqil hodisadir. Keng ma’noda: ma’naviyat va ma’rifatni tashkil qiladi. Jamiyatning ma’naviy hayoti ma’naviy ishlab chiqarishning mahsuli. U orqali ilm-fan, diniy, ahloqiy, siyosiy, huquqiy, badiiy – estetik qadriyatlar, ma’naviy ne’matlar yaratiladi. Falsafiy adabiyotlarda jamiyatning ma’naviy hayotini «ijtimoiy ong» tushunchasi bilan atashadi. Ijtimoiy falsafada ijtimoiy ong va ijtimoiy olam munosabati bahsli masala hisoblanadi. Yaqingacha ularning dialektik munosabati e’tiborga olinmay, birlamchi, ikkilamchi degan qarash falsafada hukmron edi. Aslida, real ijtimoiy hayotda moddiy va ma’naviy hayot har biri o‘z o‘rnida belgilovchi va asosiy rol o‘ynaydi.
Islom Karimovning ilk risolalaridayoq jamiyatni yangilash, rivojlantirishga doir: «Ma’naviyat insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-qudratidir. U yo‘q joyda hech qachon baxt-saodat bo‘lmaydi»; «Taraqqiyot taqdirini ma’naviy etuk odamlar hal qiladi»; «Agar iqtisodiy o‘sish, taraqqiyot – jamiyatning tanasi bo‘lsa, ma’naviyat uning ruhi, aqli va jonidir»... kabi fikrlar bilan jamiyat ma’naviy hayotiga, ma’naviyatga muhim ahamiyat berildi va bu faoliyat izchil davom ettirilmoqda.
Jamiyat va oila. Qadriyatlar falsafasi.
Oilada jamiyatning tub mohiyati o‘z aksini topgan. Uni kichik jamiyat deyish mumkin. Jamiyat a’zosi oila bag‘rida voyaga etadi, ijtimoiy munosabatlarni o‘zlashtiradi va insoniy fazilatlarni namoyon etadi. Barkamol insonni shakllantirish, uni hayotga, mehnatga tayyorlash oilaning muqaddas vazifasidir. Oilani mustahkamlash jamiyat barqarorligi va qudratining muhim shartidir. SHu bois, davlat oilani o‘z himoyasiga oladi. Jamiyat ma’naviy-axloqiy muhiti sog‘lomligi asosan oilaviy madaniyatga bog‘liq. Oilada er va xotin mavqei, oilaviy munosabatlar xarakteri turli xalqlarda turlichadir. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar oila qadriyatlaribilan bog‘liq. Ona va ayol muqaddasligi o‘zbekona qadriyatlardan biri. Ona va ayolning muqaddasligi to‘g‘risidagi g‘oyalar oilaviy munosabatlarni takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega. Buyuk mutafakkirlar jamiyatning madaniy darajasi ayolning jamiyat va oiladagi ahvoli, mavqei bilan belgilanishini alohida ta’kidlaganlar. Sog‘lom, barkamol avlod tarbiyasi ayolning ma’naviy salohiyati, bilimi, uddaburonligi va erkinligiga bog‘liq. So‘ngi vaqtda amalga oshirilayotgan qator tadbirlar ayolning oila va jamiyatdagi mavqei va rolini kuchaytirishga qaratilgan. Oila muammolarini ilmiy asosda o‘rganib, ularni oqilona hal etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan Respublika «Oila» ilmiy-amaliy markazining tashkil etilganligi davlatimizning oilaviy munosabatlarini takomillashtirishga alohida e’tibor berayotganidan dalolat beradi.
Atrof borliqda odamlar e’tiboridan chetda qoladigan, ular qadriyat sifatida qaramaydigan hodisalar juda kam. Shu sababli qadriyatlar tabiat hodisalari, jamiyatdagi jarayonlar, insoniy xatti-harakatlar va tuyg‘ular kabi ko‘pdir. Ammo bu fikr biz ayrim insonni emas, balki butun insoniyatni nazarda tutgan taqdirdagina o‘rinlidir. Ayrim insonda qadriyatlar, ya’ni uni qiziqtirgan hodisalar doirasi juda tor, cheklangan bo‘lishi ham mumkin. Inson shaxsiyatining torligi uning hayot qadriyatlari, qiziqishlari sonining ozligi va ularning xususiyatida namoyon bo‘ladi. Qadriyatlar haqidagi ta’limot yaqinda vujudga kelgan deb hisoblash odat tusini olgan. Ammo bu noto‘g‘ri. Falsafa tarixida ildizlari ilk falsafiy tizimlarga borib taqaluvchi ancha kuchli qadriyatlarga doir an’anaga duch kelish mumkin. Qadimgi davrdayoq faylasuflarni qadriyatlar muammosi qiziqtirgan. Ammo o‘sha davrda qadriyat borliq bilan ayniylashtirilgan, qadriyatga xos bo‘lgan xususiyatlar esa uning mazmuniga kiritilgan. Masalan, Zardo‘sht, Moniy, Suqrot va Platon uchun yaxshilik va adolat kabi qadriyatlar haqiqiy borliqning bosh mezonlari hisoblangan. Bundan tashqari, qadimgi faylasuflar qadriyatlarni tasniflashga harakat qilganlar. Xususan, Moniy zulmat va ziyo dunyosi mavjud, birinchi dunyoda adolatsizlik, zulm, zo‘ravonlik, ikkinchisida esa abadiy, engilmas doimiy qadriyatlar hukm suradi deb xisoblaydi Aristotelь o‘ziga to‘q qadriyatlarni (ular jumlasiga faylasuf inson, baxt, adolatni kiritgan) va anglab etish imkoniyati insonning oqilligiga bog‘liq bo‘lgan nisbiy qadriyatlarni farqlaydi.
Qadriyatlar nazariyasi falsafiy bilimlarning ilmiy tizimi sifatida XIX asrning ikkinchi yarmida Vilьgelьm Vindelьband, Rudolьf Lotse, German Kogen, Genrix Rikkert kabi nemis faylasuflarining asarlarida shakllana boshladi. Ayni shu davrda R. Lotse va G.Kogen ob’ekt ma’nosidagi qadriyat tushunchasiga ilk bor falsafiy ta’rif berdi. XX asrning boshida fransuz faylasufi P.Lapi qadriyatlar nazariyasini ifodalash uchun «aksiologiya» (yunon. axios - qadriyat, logos – fan, ta’limot) atamasini muomalaga kiritdi. Keyinchalik aksiologiya muammolari fenomenologiya, germenevtika, ekzistensializm va boshqa falsafiy yo‘nalishlarning vakillari tomonidan tadqiq etildi. Mamlakatimizda aksiologiya qadriyatlar haqidagi fan sifatida sho‘ro davrida, uning nazariy asosini idealistik falsafa tashkil qilgani uchun rad etildi. XX asrning 80-yillaridan e’tiboran bu nazariya rivojlana boshladi. Bu dastlab X. SHayxova, Q. Nazarov ijodida milliy qadriyatlarning asosiy shakllari, inson qadri va shaxsiy qadriyatlarning tahlilida, so‘ngra bir qancha yosh olimlar ijodida o‘z ifodasini topdi.
Aksiologiya yoki qadriyatlar nimani o‘rganadi? Aksiologiya – falsafaning qadriyatlarni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi alohida bo‘limi (yunon. axios - qadriyatlar, logos – bilim: qadriyatlar haqidagi fan). Qadriyatlar ulkan falsafiy ahamiyatga ega. Qadriyatlar tushunchasi insonning dunyoga bo‘lgan munosabatining alohida jihatini namoyon etadi. Ular inson faoliyati, jamiyat va madaniyatning o‘ziga xos xususiyatlarini yanada teranroq anglab etish imkonini beradi. Qadriyatlar inson va jamiyat hayotida muhim o‘rin egallaydi, chunki insonning hayot tarzini, uning hayvonot dunyosidan ajralish darajasini aynan qadriyatlar tavsiflaydi. Qadriyatlar shaxsning hayot faoliyatida fundamental ahamiyat kasb etadi. Qadriyatlar odamlarni jipslashtirish, ularni hamjamiyatlarga birlashtirishning muhim omili hisoblanadi. Umumiy qadriyatlarning mavjudligi fuqarolar, ijtimoiy birliklar va guruhlarning tinch-totuvligini ta’minlaydi. Qadriyatlar muammosi jamiyat rivojlanishining o‘tish davrlarida, tub ijtimoiy o‘zgarishlar jamiyatda mavjud bo‘lgan qadriyatlar tizimlarida o‘zgarishlar yasab, odamlarni yo o‘zlari ko‘nikkan eski qadriyatlarni saqlash, yo turli partiyalar, jamoat birlashmalari, diniy tashkilotlar, harakatlarning vakillari tomonidan taklif qilinayotgan, hatto majburiy tarqatilayotgan yangi qadriyatlarga moslashishga majbur etuvchi davrlarda alohida ahamiyat kasb etadi.
Qadriyatlar – madaniyatning tizim yaratuvchi muhim omili. Qadriyatlar mazmuniga qarab butun jamiyat haqida hukm chiqarish mumkin. SHu sababli qadriyatlar nima, qadriyat va bahoning o‘zaro munosabati qanday, qaysi qadriyatlar inson uchun eng muhim va qaysilari ikkinchi darajali, degan savollar bugungi kunda olamshumul ahamiyat kasb etadi. Aksiologiyaning predmetini barcha turdagi qadriyatlar, ularning tabiati, turli qadriyatlarning bir-biri, ijtimoiy va madaniy omillar hamda shaxs strukturasi bilan aloqasi tashkil etadi. Aksiologiya ta’limotiga ko‘ra, qadriyatlar muayyan normativ kategoriya bo‘lib, ular maqsad, ideal, mayl, intilish, qiziqish predmeti sanalgan hamma narsani qamrab oladi. Quyidagilar bu nazariyaning asosiy tushunchalari va kategoriyalari hisoblanadi: yaxshilik, qadr-qimmat, foyda, ahamiyat, baho, g‘alaba, hayotning mazmuni, baht, hurmat kabilar kiradi.
E’tiboringiz uchun rahmat.
http://hozir.org
Do'stlaringiz bilan baham: |