Jamg’arma va uning hajmiga ta’sir etuvchi omillar Reja: 1 Jamg’armaning iqtisodiy mazmuni hamda ularning o’zaro bog’liqligi



Download 376,67 Kb.
bet2/13
Sana24.06.2022
Hajmi376,67 Kb.
#698914
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Jahongir

uchinchidan, yuqorida ta’kidlanganidek, klassik modelda jamg’arma foiz
stavkasining funktsiyasi sifatida, keynscha modelda esa daromad funktsiyasi
sifatida qaraladi. Demak, yuqoridagilardan ko’rinadiki, jamg’arma va investitsiya

o’rtasidagi muvozanatning keynscha modeli klassik modelga nisbatan asoslangan,


real hayot, ya’ni iqtisodiyotning to’la bandligi mavjud bo’lmagan holatga nisbatan
ham tatbiq etilib, takomillashtirilgan model hisoblanadi. Shunga ko’ra, biz ham
makrodarajadagi boshqa muammolarni ko’rib chiqish va tahlil qilishda, asosan,
ushbu modeldan foydalanamiz.
Mamlakatni modernizatsiya qilish va yangilash chora-tadbirlarini amalga
oshirishning muhim sharti va manbai sifatida faol investitsiya siyosatini amalga
oshirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish zarur. Mustaqillikning dastlabki
yillarida hukumat tomonidan iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etish
tadbirlarini amalga oshirish tamoyillari ishlab chiqildi.
Mustaqillik yillarida investitsiya dasturlaridagi loyihalarni amalga oshirish
uchun jahonning Xitoy, Germaniya, Janubiy Korea, Yaponiya, Niderlandiya,
Buyuk Britaniya, Malayziya, Rossiya kabi 30 dan ziyod mamlakatlaridan xorijiy
investitsiyalar va kreditlar jalb qilindi.
Milliy iqtisodiyotning jahon xo’jaligidagi mavqeini mustahkamlash, milliy
ishlab chiqaruvchilarning jahon bozoridagi raqobatbardoshlik darajasini yanada
ko’tarish, sanoatning texnik tarkibini zamonaviylashtirish muammolari ham davlat
siyosatining boshqa omillari qatorida investitsion siyosat orqali amalga oshiriladi.
Xorijiy investitsiyalarni jalb etmay, ayniqsa, etakchi tarmoqlarda chet el sarmoyasi
ishtirokini kengaytirmay turib iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni amalga
oshirish va modernizatsiyalash, korxonalarimizni zamonaviy texnika bilan qayta
jixozlash hamda raqobatga bardoshli mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish
mumkin emas.
Mahsus industrial zonalardagi korxonalar tomonidan qiymati 100 milliard
so’mdan ziyod mahsulot ishlab chiqarildi va bu boradagi o’sish sur’ati 2015 yilga
nisbatan 27,8 foizni tashkil etdi. Bugungi kunda yurtimizda faoliyat yuritayotgan
korxonalarni jadal modernizatsiya qilish va texnik qayta jixozlashni ta’minlash,
yuksak texnologiyalar asosida ishlaydigan avtomobilsozlik va gaz-kimyo, elektr
texnikasi,
to’qimachilik,
oziq-ovqat
va
farmatsevtika,
axborot
va
telekommunikatsiyalar tarmog’i hamda boshqa yo’nalishlardagi yangi va
zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga qaratilgan faol investitsiya
siyosatini yuritishga ustuvor e’tibor berilmoqda.
2015−2019 yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o’zgartirish, modernizatsiya va
diversifikatsiya qilishni ta’minlash chora-tadbirlari dasturini tayyorlash doirasida
jami qiymati 38 milliard dollarga teng bo’lgan 870 ta yirik investitsiya loyihasi
ro’yxati shakllantirildi. Ushbu loyihalarga binoan 415 ta yangi korxona barpo etish
hamda 455 ta ishlab turgan korxonani modernizatsiya qilish, texnik va texnologik
jihatdan yangilash nazarda tutilgan.
O’zbekistonnning 2015 yil iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish yakunlari

yakunlari va 2016 yil uchun taraqqiyot yo’limizning eng muhim ustuvor


yo’nalishlariga oid ma’ruzada mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o’zgartirish,
tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir
loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish borasida
bajarilayotgan ishlar alohida e’tiborga loyiqligi ta’kidlandi. 2015 yilda ana shu
maqsadlarda barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 15 milliard 800 million
AQSh dollari miqdorida investitsiyalar jalb etildi va o’zlashtirildi. Jami
investitsiyalarning 3 milliard 300 million dollardan ziyod yoki 21 foizdan ortig’i
xorijiy investitsiyalar bo’lib, shuning 73 foizi to’g’ridan to’g’ri chet el
investitsiyalaridar. Investitsiyalarning 67,1 foizi yangi ishlab chiqarish quvvatlarini
barpo etishga yo’naltirildi. Bu esa 2015 yilda umumiy qiymati 7 milliard 400
million dollar bo’lgan 158 ta yirik ishlab chiqarish ob’ekti qurilishini yakunlash va
foydalanishga topshirish imkonini berdi. O’tgan davr mobaynida iqtisodiyotimizga
190 milliard xajmidagi investitsiyalar, jumladan, 65 milliard dollardan ortiq xorijiy
sarmoyalarni jalb etish hisobidan biz uchun mutlaqo yangi bo’lgan
avtomobilsozlik, neft va gaz kimyosi, neft gaz mashinasozligi, maishiy elektronika,
farmatsevtika, yuqori texnologiyalarga asoslangan oziq-ovqat va to’qimachilik
sanoati kabi soha va tarmoqlarga asos solindi. Mahalliylashtirilgan
mahsulotlarning 585 ta yangi turini ishlab chiqarish o’zlashtirildi.
Joriy yilning 1 yarmida strategik investitsiya loyihalarini jadal amalga oshirish va
joriy yilda ishga tushiriladigan muhim ob’ektlarni hamda sanoat quvvatlarini,
muhandislik-kommunikatsiya, yo’l-transport va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini
o’z vaqtida foydalanishga topshirishni so’zsiz ta’minlash yuzasidan, ko’rilgan
chora-tadbirlar natijasida o’zlashtirilgan investitsiyalar hajmlarini 11,8 foizga, shu
jumladan, xorijiy investitsiyalar va kreditlarni 17,2 foizga ko’paytirish ta’minlandi.
Jami qiymati 1,9 milliard AQSh dollari bo’lgan 43 ta ishlab chiqarish ob’ektlari
foydalanishga topshirildi. Umumiy qiymati 3,4 milliard AQSh dollaridan ortiq
bo’lgan 72 ta yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish boshlandi.
Mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlari 1,5 baravarga oshishi
ta’minlandi.
Mamlakat milliy xo’jaligini modernizatsiyalashda xorijiy investitsiyalarning
ahamiyatini oshirish orqali ularni real sektorga yo’naltirish asosida barqaror
iqtisodiy o’sishni ta’minlash uchun moliya bozorining chayqovchilikka asoslangan
modelidan iqtisodiyotning barqaror o’sishi va modernizatsiyani moliyaviy
ta’minlash hamda rag’batlantirishga yo’naltirilgan modeliga o’tish lozim. Bundan
tashqari iqtisodiyotning tez o’sayotgan sohalarini, yuqori texnologiyali
tarmoqlarni, innovatsion sohani moliyalashtirishning barcha bo’g’inlari bo’yicha
moliyalashtirishda ehtiyojlarni qoplash ko’zda tutilmoqda. To’g’ridan-to’g’ri
xorijiy investitsiyalarni norezidentlarning portfelli qo’yilmalari ko’payishidan

ustunroq o’sishini ta’minlash kerak. Real iqtisodiyotning moliyaviy aktivlariga


uzoq muddatli qo’yilmalar uchun byudjet resurslarini ko’paytirish zarur.
Bugun mamlakatimizda shunday amaliy tajriba to’plandiki, unga ko’ra,
O’zbekiston sharoitida yurtimiz sarmoyadorlari bilan bir qatorda chet ellik
investorlar aktsiyalarga ega bo’lgan mulkchilik shakli eng maqbul bo’lib, har
jihatdan o’zini oqlamoqda. Hozirgi kunda yurtimizda 90 dan ortiq davlatning
xorijiy investorlari ishtirokida tashkil etilgan 4 mingdan ziyod korxona
muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatmoqda. Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan
ushbu kompaniyalar O’zbekistonda ham, uning tashqarisida ham yaxshi ma’lum.
O’zbekiston hududida to’liq chet el kapitali va korporativ boshqaruvning
xorijiy usullariga asoslangan korxonalar muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda.
Xususan, 2016 yilda iqtisodiyotimizni rivojlantirish, modernizatsiya qilish va
tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish uchun 17 milliard 300 million dollar
qiymatidagi investitsiyalar yo’naltirish, ularning o’sish sur’atini 109,3 foizga
etkazish belgilangan. Ana shu investitsiyalarning 4 milliard dollardan ortig’ini
xorijiy investitsiyalar tashkil qiladi, bu 2015 yilga nisbatan 20,8 foiz ko’pdir.
Yuqorida bildirilgan tahlil va mulohazalardan kelib chiqib shuni ta’kidlash
lozimki, jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davom etayotganligi, jahon va
mintaqaviy investitsiya bozorlarida raqobat kuchayib borayotganligi mamlakatda
yanada qulayroq investitsiya muhitini yaratish, ishlab chiqarishlarni
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo’yicha loyihalarni amalga
oshirish uchun xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag’batlantirish, shuningdek,
xorijiy investorlar bilan ishlashdagi mavjud byurokratik g’ovlar va to’siqlarni
bartaraf etish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatiga davlat va
nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarga yo’l qo’ymaslik borasida
qo’shimcha
chora-tadbirlarni
ishlab
chiqish
maqsadga
muvofiqdir.

Milliy iqtisodiyotning yaratishdan hosil bo’lgan milliy daromad iste‘mol va jamg’arish maqsadlarida ishlatiladi. Iste‘mol jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlaran foydalanishni bildiradi. Bunda unumli va shaxsiy iste‘mol farqlanadi.



Download 376,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish