Jamg’arma va investitsiya o’rtasidagi muvozanatning keynscha modeli



Download 406,66 Kb.
bet2/20
Sana27.06.2021
Hajmi406,66 Kb.
#102969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Jamg’arma va invyestitsiya o’rtasidagi muvozanatning keynscha modelining moxiyatini xamda klassik modeldan farqini tushuntirib

uchinchidan,  yuqorida  ta’kidlanganidek,  klassik  modelda  jamg’arma  foiz  
stavkasining  funktsiyasi  sifatida,  keynscha  modelda  esa  daromad  funktsiyasi  
sifatida qaraladi. Demak, yuqoridagilardan ko’rinadiki, jamg’arma va investitsiya  
  
o’rtasidagi muvozanatning keynscha modeli klassik modelga nisbatan asoslangan,  
real hayot, ya’ni iqtisodiyotning to’la bandligi mavjud bo’lmagan holatga nisbatan  
ham  tatbiq  etilib,  takomillashtirilgan  model  hisoblanadi.  Shunga  ko’ra,  biz  ham  
makrodarajadagi  boshqa  muammolarni  ko’rib  chiqish  va  tahlil  qilishda,  asosan,  
ushbu modeldan foydalanamiz.   
Mamlakatni  modernizatsiya  qilish  va  yangilash  chora-tadbirlarini  amalga  
oshirishning  muhim  sharti  va  manbai  sifatida  faol  investitsiya  siyosatini  amalga  
oshirish  va  xorijiy  investitsiyalarni  jalb  etish  zarur.  Mustaqillikning  dastlabki  
yillarida  hukumat  tomonidan  iqtisodiyotga  xorijiy  investitsiyalarni  jalb  etish  
tadbirlarini amalga oshirish tamoyillari ishlab chiqildi.   
Mustaqillik  yillarida  investitsiya  dasturlaridagi  loyihalarni  amalga  oshirish  
uchun  jahonning  Xitoy,  Germaniya,  Janubiy  Korea,  Yaponiya,  Niderlandiya,  
Buyuk  Britaniya,  Malayziya,  Rossiya  kabi  30  dan  ziyod  mamlakatlaridan  xorijiy  
investitsiyalar va kreditlar jalb qilindi.  
Milliy  iqtisodiyotning  jahon  xo’jaligidagi  mavqeini  mustahkamlash,  milliy  
ishlab  chiqaruvchilarning  jahon  bozoridagi  raqobatbardoshlik  darajasini  yanada  
ko’tarish, sanoatning texnik tarkibini zamonaviylashtirish muammolari ham davlat  
siyosatining boshqa omillari qatorida investitsion siyosat orqali amalga oshiriladi.  
Xorijiy investitsiyalarni jalb etmay, ayniqsa, etakchi tarmoqlarda chet el sarmoyasi  
ishtirokini  kengaytirmay  turib  iqtisodiyotimizda  tarkibiy  o’zgarishlarni  amalga  
oshirish  va  modernizatsiyalash,  korxonalarimizni  zamonaviy  texnika  bilan  qayta  
jixozlash  hamda  raqobatga  bardoshli  mahsulot  ishlab  chiqarishni  yo’lga  qo’yish  
mumkin emas.  
Mahsus  industrial  zonalardagi  korxonalar  tomonidan  qiymati  100  milliard  
so’mdan ziyod mahsulot ishlab chiqarildi va bu boradagi o’sish sur’ati 2015 yilga  
nisbatan 27,8  foizni tashkil etdi. Bugungi kunda yurtimizda faoliyat yuritayotgan  
korxonalarni  jadal  modernizatsiya  qilish  va  texnik  qayta  jixozlashni  ta’minlash,  
yuksak  texnologiyalar  asosida  ishlaydigan  avtomobilsozlik  va  gaz-kimyo,  elektr  
texnikasi,  
to’qimachilik,  
oziq-ovqat  
va  
farmatsevtika,  
axborot  
va  
telekommunikatsiyalar  tarmog’i  hamda  boshqa  yo’nalishlardagi  yangi  va  
zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga qaratilgan faol investitsiya  
siyosatini yuritishga ustuvor e’tibor berilmoqda.  
2015−2019 yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o’zgartirish, modernizatsiya va  
diversifikatsiya  qilishni  ta’minlash  chora-tadbirlari  dasturini  tayyorlash  doirasida  
jami  qiymati  38  milliard  dollarga  teng  bo’lgan  870  ta  yirik  investitsiya  loyihasi  
ro’yxati shakllantirildi. Ushbu loyihalarga binoan 415 ta yangi korxona barpo etish  
hamda 455 ta ishlab turgan korxonani modernizatsiya qilish, texnik va texnologik  
jihatdan yangilash nazarda tutilgan.  
O’zbekistonnning    2015  yil  iqtisodiy  va  ijtimoiy  rivojlanish  yakunlari  
  
yakunlari    va    2016  yil  uchun  taraqqiyot  yo’limizning  eng  muhim  ustuvor  
yo’nalishlariga  oid  ma’ruzada  mamlakatimiz  iqtisodiyotini  tarkibiy  o’zgartirish,  
tarmoqlarni  modernizatsiya  qilish,  texnik  va  texnologik  yangilashga  doir  
loyihalarni  amalga  oshirish  uchun  investitsiyalarni  jalb  qilish  borasida  
bajarilayotgan  ishlar  alohida  e’tiborga  loyiqligi  ta’kidlandi.  2015  yilda  ana  shu  
maqsadlarda barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 15 milliard 800 million  
AQSh  dollari  miqdorida  investitsiyalar  jalb  etildi  va  o’zlashtirildi.  Jami  
investitsiyalarning  3  milliard  300  million dollardan ziyod  yoki  21  foizdan ortig’i  
xorijiy  investitsiyalar  bo’lib,  shuning  73  foizi  to’g’ridan  to’g’ri  chet  el  
investitsiyalaridar. Investitsiyalarning 67,1 foizi yangi ishlab chiqarish quvvatlarini  
barpo  etishga  yo’naltirildi.  Bu  esa    2015  yilda  umumiy  qiymati  7  milliard  400  
million dollar bo’lgan 158 ta yirik ishlab chiqarish ob’ekti qurilishini yakunlash va  
foydalanishga topshirish imkonini berdi. O’tgan davr mobaynida iqtisodiyotimizga  
190 milliard xajmidagi investitsiyalar, jumladan, 65 milliard dollardan ortiq xorijiy  
sarmoyalarni  jalb  etish  hisobidan  biz  uchun  mutlaqo  yangi  bo’lgan  
avtomobilsozlik, neft va gaz kimyosi, neft gaz mashinasozligi, maishiy elektronika,  
farmatsevtika,  yuqori  texnologiyalarga  asoslangan  oziq-ovqat  va  to’qimachilik  
sanoati  kabi  soha  va  tarmoqlarga  asos  solindi.  Mahalliylashtirilgan  
mahsulotlarning 585 ta yangi turini ishlab chiqarish o’zlashtirildi.   
Joriy yilning 1 yarmida strategik investitsiya loyihalarini jadal amalga oshirish va  
joriy  yilda  ishga  tushiriladigan  muhim  ob’ektlarni  hamda  sanoat  quvvatlarini,  
muhandislik-kommunikatsiya,  yo’l-transport  va  ijtimoiy  infratuzilma  ob’ektlarini  
o’z  vaqtida  foydalanishga  topshirishni  so’zsiz  ta’minlash  yuzasidan,  ko’rilgan  
chora-tadbirlar natijasida o’zlashtirilgan investitsiyalar hajmlarini 11,8 foizga, shu  
jumladan, xorijiy investitsiyalar va kreditlarni 17,2 foizga ko’paytirish ta’minlandi.  
Jami  qiymati  1,9  milliard  AQSh  dollari  bo’lgan  43  ta  ishlab  chiqarish  ob’ektlari  
foydalanishga  topshirildi.  Umumiy  qiymati  3,4  milliard  AQSh  dollaridan  ortiq  
bo’lgan  72  ta  yangi  investitsiya  loyihalarini  amalga  oshirish  boshlandi.  
Mahalliylashtirilgan  mahsulotlar  ishlab  chiqarish  hajmlari  1,5  baravarga    oshishi   
ta’minlandi.   
        Mamlakat  milliy  xo’jaligini  modernizatsiyalashda  xorijiy  investitsiyalarning  
ahamiyatini  oshirish  orqali  ularni  real  sektorga  yo’naltirish  asosida  barqaror  
iqtisodiy o’sishni ta’minlash uchun moliya bozorining chayqovchilikka asoslangan  
modelidan  iqtisodiyotning  barqaror  o’sishi  va  modernizatsiyani  moliyaviy  
ta’minlash hamda rag’batlantirishga  yo’naltirilgan modeliga o’tish lozim. Bundan  
tashqari  iqtisodiyotning  tez  o’sayotgan  sohalarini,  yuqori  texnologiyali  
tarmoqlarni,  innovatsion  sohani  moliyalashtirishning  barcha  bo’g’inlari  bo’yicha  
moliyalashtirishda  ehtiyojlarni  qoplash  ko’zda  tutilmoqda.  To’g’ridan-to’g’ri  
xorijiy  investitsiyalarni  norezidentlarning  portfelli  qo’yilmalari  ko’payishidan  
  
ustunroq  o’sishini  ta’minlash  kerak.  Real  iqtisodiyotning  moliyaviy  aktivlariga  
uzoq muddatli qo’yilmalar uchun byudjet resurslarini ko’paytirish zarur.   
Bugun  mamlakatimizda  shunday  amaliy  tajriba  to’plandiki,  unga  ko’ra,  
O’zbekiston  sharoitida  yurtimiz  sarmoyadorlari  bilan  bir  qatorda  chet  ellik  
investorlar  aktsiyalarga  ega  bo’lgan  mulkchilik  shakli  eng  maqbul  bo’lib,  har  
jihatdan  o’zini  oqlamoqda.  Hozirgi  kunda  yurtimizda  90  dan  ortiq  davlatning  
xorijiy  investorlari  ishtirokida  tashkil  etilgan  4  mingdan  ziyod  korxona  
muvaffaqiyatli  faoliyat  ko’rsatmoqda.  Mamlakatimizda  faoliyat  yuritayotgan  
ushbu kompaniyalar O’zbekistonda ham, uning tashqarisida ham yaxshi ma’lum.   
O’zbekiston  hududida  to’liq  chet  el  kapitali  va  korporativ  boshqaruvning  
xorijiy  usullariga  asoslangan  korxonalar  muvaffaqiyatli  faoliyat  olib  bormoqda.  
Xususan,  2016  yilda  iqtisodiyotimizni  rivojlantirish,  modernizatsiya  qilish  va  
tarkibiy  o’zgarishlarni  amalga  oshirish  uchun  17  milliard  300  million  dollar  
qiymatidagi  investitsiyalar  yo’naltirish,  ularning  o’sish  sur’atini  109,3  foizga  
etkazish  belgilangan.  Ana  shu  investitsiyalarning  4  milliard  dollardan  ortig’ini  
xorijiy  investitsiyalar  tashkil  qiladi,  bu  2015  yilga  nisbatan  20,8  foiz  ko’pdir.   
         Yuqorida  bildirilgan  tahlil  va  mulohazalardan  kelib  chiqib  shuni  ta’kidlash  
lozimki,  jahon  moliyaviy  iqtisodiy  inqirozi  davom  etayotganligi,    jahon  va  
mintaqaviy  investitsiya  bozorlarida  raqobat  kuchayib  borayotganligi  mamlakatda  
yanada  qulayroq  investitsiya  muhitini  yaratish,  ishlab  chiqarishlarni  
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo’yicha loyihalarni amalga  
oshirish  uchun  xorijiy  investitsiyalar  jalb  etilishini  rag’batlantirish,  shuningdek,  
xorijiy  investorlar  bilan  ishlashdagi  mavjud  byurokratik  g’ovlar  va  to’siqlarni  
bartaraf etish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatiga  davlat va  
nazorat  idoralari  tomonidan  noqonuniy  aralashuvlarga  yo’l  qo’ymaslik  borasida  
qo’shimcha  
chora-tadbirlarni  
ishlab  
chiqish  
maqsadga  
muvofiqdir.  

Milliy iqtisodiyotning yaratishdan hosil bo’lgan milliy daromad iste‘mol va jamg’arish maqsadlarida ishlatiladi. Iste‘mol jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlaran foydalanishni bildiradi. Bunda unumli va shaxsiy iste‘mol farqlanadi.




Download 406,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish