1.1 Jamg’arishning mohiyati, omillari va samaradorligi
Jamg’arish deb, milliy daromadning bir qismi asosiy va aylanma kapitallarni, shuningdek ehtiyot zahiralarini ko’paytirish uchun sarflanishiga aytiladi.
Jamg’arilgan mablag’larining moddiy ishlab chiqarish sohasinig asosiy kapitallarini va aylanma mablag’larini kengaytirishga ketadigan qismi ishlab chiqarish sohasidagi jamg’arish summasini hosil qiladi. Itimoiy-madaniy sohadagi jamg’arish (noishlab chiqarish jamg’arishi) uy-joy fondini, kasalxonalar, o’quv muassasalari, madaniyat, sog’liqni saqlash, spart muassasalari, ya‘ni nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlarini kengaytirish, rekonstruktsiyalash, yangilashga sarflanadi. Jamg’arish summasi, uning hajmi va tarkibi takror ishlab chiqarish suratlarini belgilab beradigan hal qiluvchi omillardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |