Jalolidin Manguberdi jasorati



Download 56 Kb.
Sana21.01.2022
Hajmi56 Kb.
#398096
Bog'liq
3574 Jalolidin Mangu (1)


O`ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI

Nemis filologiyasi fakulteti





MAVZU: JALOLIDIN MANGUBERDI

BAJARDI: Kenjayeva Aziza
TEKSHIRDI: Bobojovona Nodira

Toshkent 2010
REJA:


  1. Kirish:

II. Asosiy qism:

1. Jaloliddin Manguberdi vatanparvar siymo.

2. Jaloliddin Manguberdining vatan oldidagi xizmati.

3. Tuluxonning mag`lubiyatidan so`ng g`aznaga chekingan hirot kuchlarini Jaloliddinning kuchlariga qo`shilishi.

4. Xulosa.

13-asr boshida Xorazm O'rta Osiyoning ulkan davlati edi. Uning sarhadlari Movarounnahrdan tashqari sharqda Yettisuv, g'arbda Eron, Turkiya, Iroq, Kavkaz ortigacha cho'zilgan. Mana shunday katta davlat 1219— 21-yillarda Chingizxon qo'shinlari hujumiga duchor bo'lgan. Bu paytda Xorazmda Xorazmshohlarning surardi. Xorazm shohi Alouddin Muhammad edi. U mo'g'ullar hujumidan sarosimaga tushib, poytaxtni tashlab qochish taraddudiga tushganida o'gЪ Jaloliddin dushmanga qarshi kurashishni bir necha bor talab qildi. Biroq otasi ko'nmadi. U bu niyatini otasi vafotidan so'ng (1220) taxtga о'tirgach, amalga oshirishga muvaffaq bo’ldi.

Tarixiy Urganch fojiasi Xorazimshohlar davlatining inqirozini bildirar edi. Movaraunnahr va Xorazimning bepayon hududlari Chingizxon davlati tasarrufiga o’tadi. Ammo Chingizxon va uning galalari bilan kurash hali o’z nihoyasiga yetmagan edi. Bu kurashning asosiy sardori va bayroqdori sulton Jaloliddin Manguberdi edi.

Movaraunnahr va Xorazimni qo’lga kiritgan Chingizxonda sulton Jaloliddin hayot ekan tinchlik yo’q edi. Go’yo uning borliq toju taxtining shavkati va borlig’I, isteqboldagi muvofaquyatiyu, o’zining ham taqdiri sulton Jaloliddin qo’lidayu, uning ixtiyorida. Ayniqsa , 1221 yilda Jaloliddinning mo’g’illar ustidan Niso, Nishopur, G’azna atroflarida qozonilgan g’alabalari chingizxon oromini buzmoqda edi. Sulton Jaloliddin G’aznaga etib kelganida Xorazim shohning tarqalib ketgan qo’shinlari uning atrofida to’planmoqda edi. Tuluxondan mag’lubiyatga uchrab G’azna tomon Cchekingan Hirot kuchlari ham Jaloliddinning kuchlariga kelib qo’shiladilar. Qabaqliyon qavmidanbo’lgan 40 ming qo’shin xorazimdan etib keladi. Xullas dushmanga qarshi tura oladigan katta kuch to’planadi. Jaloliddin bu kuchlar bilan G’aznaga yaqin bo’lgan Voliyon qal’asi atrofida Chingizxonning Bekchak va Timqur boshliq qo’shinini yakson qiladi. Dushman to’qqizming jangchisidan judo bo’lib juda ko’p o’lja boyliklarni tashlab qchadi. Chingizxon bu shum xabarni Tolqonda turganida eshitadi va Jaloliddinhi tezda daf qilish uchun eng ishonchli va dongdor lashkarboshisi Qayqur nuyon boshchiligida 30 ming kishilik qo’shinni yuboradi. Nkki o’rtadagi jang 1221 yilning yozida Parvona dashtida bo’lib o’tadi. Jaloliddin janglar tarixida birinchi marta mo’g’illarga qarshi kurashda yangi taktik usulni qo’llaydi: jangchilarga otdan tushib, jilovlarni bellariga bog;lashni va kamon bilan jang qilishni buyuradi. Tun qorong’usigacha davom etgan jangda ikki tomonning birortasiga omad kulib boqmaydi. Ertasi kuni Qayqur nuyon harbiy hiyla ishlatmoqchi bo’ladi. U dushmanni yangi qo’shinlar kelib qo’shildi, deb ishontirish maqsadida kigiznamat va choponlar orasiga poxol xashaklar solib, suniy boshlar yasab ularni otlar ustiga o’tqazib qo’yadi.”soxta jangchilar”ni tuyalar karvoniva aravalar orasiga joylaydilar. Bu hiyla dastlab Jaloliddin askarlarini dovdiratib qo’yadi. Ularning bazilari chekinishga maslahat ham beradilar.Ammo sulton og’ir va bosiqlik bilan avvalgi kundagi taktika asosida otdan tushib kurashni davom etdirishni tavsiya qiladi. Dushmanning bir necha hujimi qaytarilgach, sulton buyrug’I ostida chalingan karnay sadolari ostida Jaloliddin

Askarlari otlarga minib , shovqun-suronlar bilan mo’g’illar ustiga tashlanadilar. Dushman tilka pora qilinadi va juda katda talofat beradi. Qayqur nuyon ozgina odam bilan Chingizxon huzuriga kirib boradi. Bu xabarni eshitgan Chingizxon dahshatga tushadi. U shu zahotiyoq o’zining barcha kuchlarini to’plab, Jaloliddinni daf qilish maqsadida shaxsan o’zi otlanadi. Parvona dashtidagi g’laba sulton Jaloliddinga qimmatga tushadi. Mo’g’illar ustidan g’alaba qoznganidan so’ng qo’lga kiritilgan o’ljani taqsimlash paytida nizo kelib chiqadi. O’ljaga tushgan bir arabi ot uchun Xorazimshohning mo’tabar amirlaridan Sayfiddin O’g’roq bilan Hazora maligi Amin Malik janjallashib qoladi. Qizishib ketgan Amin Malik tortishuv paytida O’g’roqning boshiga qamchi bilan tushiradi. Sulton Jaloliddin bu nizoni bartaraf qilmaydi. Xafa bo’lgan Sayfiddin O’g’roq 30 ming askari bilan ketib qoladi.Qabaqli turkman va xalaj sipohlari ham cultondan uz o’giradilar. Natijada Jaloliddinning qo’shinlari yarimga kamayib kuchsizlanib qoladi.

Chingizxon ikki o’rtadagi masofani juda tez bosib o’tib G’aznaga etib keladi va Jaloliddinni 1221 yilning kuzida taqib qila boshlaydi.

Jaloliddin Chingizxonning ko’p sonli qo’shinlariga qarshi tura olmasligini payqab, avval G’aznaga so’ngra Sind daryosiga tomon chekinadi. Chingizxon Sind daryosiga yaqinlashganda Jaloliddinning keyingi kuni daryoni kechib o’tmoqchi ekanligini eshitib, shu kechaning o’zidayoq daryoning kechuv yo’lini to’sadi.U sulton qo’shinining orqadagi qismiga etib olib uni tor-mor qiladi. 1221yil 9 dekabrda Jaloliddinning yarim oy shaklida joylashtirilgan hamda qanotlari bilan Sind daryosiga tiralgan oz sonli qo’shinini o’rab oladi. Hech bir tomondan chiqib ketishning iloji yo’q edi. Noiloj Jaloliddin qo’shinlari janga kirishga majbur bo’ladi. Chingizxon Jaloliddinni tiriklayin qo’lga olishga farmon beradi. Xorazim bahodiri etti yuzta mard yigitlari bilan jang maydonida arslonlardek jon olib jon beradi.”Qaysi tomonga ot choptirmasin, tuproqni qonga bo’yar edi. Ammo Chingizxon lashkari hisobsiz edi.Uning jang maydonidagi asosiy kuchlari porakanda bo’lish arafasida turgan edi. Biroq pistirmada turgan 10 ming nafar saralangan lashkar jang oqibatini Chingizxon foydasiga hal qiladi. Sulton Jaloliddin vaziyatning g’oyat og’ir ekanligini hisobga olib, rafiqasi, onasi va farzandlarining dushman qo’liga tushishini istamay ularni Sind daryosiga cho’ktiradi.Chunki o’sha kuni mo’g’illar Jaloliddinning qolga tushirilgan 7 yoshli o’g’lining yuragini triklayin sug’irib olgan edilar. O’zi esa qora to’riq otiga minib, so’ngi bora mo’g’illarga hamla qilib, so’ng oti jilovini orqaga tortadi.Sovitini elkadan tashlab, otiga qamchi bosadi va balandlikdagi qoyadan o’zini Sind daryosiga otadi. Jaloliddin daryoning nargi soniliga o’tib oladi. Va ko’zdan g’oyib bo’ladi. Daryo qirg’og’iga kelib bu voqeani kuzatib turgan Chingizxon taajjub va hayratdan barmoqlari bilan yoqasini tutib: “Otadan dunyoda hali bunday o’g’il tug’ilmagan. U sahroda sher kabi g’olib jangchi, daryoda esa nahang kabi botir. Qanday qilsinki, hali hech kim taqdir bilan, hech bir mojoroda teng kelolmagan. Lekin u mardlikning dodini berdi. Qazoyi qadar qarshisida qudrat qo’lini ochdi. Mardlik bilan undan qutilib bo’lmaydi. Nima qilsin –qilmasin bu ulug’ xudo ishidir” ,- degan edi. Dushmandan omon-eson qutilgan Jaloliddin o’zining oz sonli askari bilan Shimoliy Hindistonning bir chekkasiga o’tib omonatgina jon saqlashga majbur bo’lgan edi. Bundan xabar topgan Shatra viloyatining podishsi chaqirilmagan mehmonlarning og’ir ahvilidan foydalanib ularni daf qilmoqchi bo’ladi va hujum uyushtiradi. Aholining tangligini hisobga olgan Jaloliddin tavakkal qilib Satra podshosini yakkama-yakka jangga chorlaydi. Bu jangda g’alabaga erishgan Sultonga Shatra podshosining mingta otliq va Besh mingta yaxshi qurollangan jangchilari taslim bo’ladilar va uning tomoniga o’tadilar. Bu muvafaqiyatdan so’ng tevarak atrofdagi yangi-yangi kuchkar Jaloliddinga kelib qo’shiladilar.

Bu mamlakatning eng katta lashkarboshisi Shamsiddin Eltutmish ham umumiy dushman –mo’g’illarga qagshi kurashmoq maqsadida 30 ming otliq va 100 mimg piyoda asil qurol tutgan askarlarini olib Jaloliddin huzuriga keladi.Lashkarboshi ixtiyorida 300 ta fil ham bor edi.Shu tariqa Jaloliddin Hindiston shimolida katta davlat borpo etadi,o’z nomidan kumush va mis tangalar zarb etadi.U o’z davlati chegaralarini kengaytirib kuch to’plab, so’ng mo’g’illar bilan hisob – kitobni bir yoqli qilishni qalbining turiga tugib qo’adi . 1226 yilgacha Jaloliddin Ozarbayjon va Gurjistonni jang bilan egallaydi. Mo’g’illar sulton Jaloliddinni taqib qilishda hamon davom etar edi. 1227 yil 5 sentabrda sulton Jaloliddin Isfaxon yaqinida Eronni mo’g’illardan himoya qilib janga kiradi va ular ustida tarixiy g’alabaga erishadi. Bu jangda mag’lubiyatga uchragan mo’g’illarning mashhur lashkarboshisi Taynal nuyon Chingizxon o’rdasiga qaytar ekan, Jaloliddinni o’z davrining chinakam pahlovoni, podshoh va lashkarboshilarning dohiysi deb baho bergan edi. 1227 yilda Chingizxon vafotidan so’ng mo’g’illar Jaloliddin bilan yaqinlashishga qaroa qiladilar. 1230 yilda sulton Jaloliddin Hirot shahrini qamal qilib turgan kezlarda singlisidan xat oladi. Jaloliddin bu xatni javobsiz qoldiradi. Ammo nachora, taqdir o’yini Jaloliddinga kutulmagan oyoq ostidan yana bir dushmanni dunyoga keltiradi.Kichik Osiyodagi Anu sultoni Alovuddin Qayqubod o’z ixtiyori bilan Jaloliddinga kelib qo’shilgan bo’lsada, u bilan o’zaro kelisha olmaydi va Jaloliddinga qarshi fitna tayyorlaydi. Jaloliddin bu fitnani nazar- pisand qilmaydi. Jaloliddin bilan fitnachilar qo’shinlari o’rtasidagi jang 1230 yil 10 avgustda bo’lib o’tadi. Unda Jaloliddin qo’shinlari katta mag’lubiyatga uchraydi va u kichik bir qo’shin bilan Ozarbayjon hududlariga chekinadi. Xorazimshoh Jaloliddin asta-sekin o’zining bori bisotidan ayriladi. Taqdir undan yuz o’girganligiga chiday olmay sulton mayshastparastlikka beriladi. 1231 yilning avgustida mo’g’illar tunda Jaloliddin Manguberdi qo’rasiga hujum qiladilar va shirakayf holatda yotgan sultonni qo’lga olib, otga bog’lab olib qchadilar. Yo’lda o’ziga kelgan Jaloliddinqo’lini bo’shatib yonidagi mo’g’il askarning qilichini tortib olib ular bilan jang qiladi va ularni o’ldiradi. Yolg’iz qolgan Jaloliddin Manguberdini endi qurd qaroqchilari qo’lga oladilar. U o’zini qaroqchilar boshlig’iga tanishtirishga majbur bo’ladi. Jaloliddinning qo’lini bog’lab, xotinini unga qorovul sifatida qoldirib, ikkita ot olib kelish uchunqo’shni qishloqqa ketadi. Shu payit qo’lida nayza ushlagan bir qurd paydo bo’ladi. Uning akasini xorazmiylar Hilot qamali chog’ida o’ldirgan edi. Shul bois akasining o’chini olish maqsadida qo’li bog’liq, qurplsiz maxbusning ko’kiragiga nayza sanchadi va o’ldiradi.

Bu g’oyatda alamli dramatik fojea 1231 yil 17 – 20 avgustlar orasida sodir bo’lgan. Ulug’ vatandoshimiz Jaloliddin Manguberdining ayanchli taqdiri ana shu tarzida o’z payoniga etadi.

Yurt ozodligi уо'lida jonidan kechadigan bunday insonlarni fidoyi, jasur, mard deymiz. Buyuk bobokalonimiz Jaloliddin Manguberdi ana shunday inson sifatida kishilik tarixiga kirgan. 


    0'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligini nishonlash to'g'risida qaror qabul qildi. Mazkur qarorga muvofiq, yurtimizda yubileyga katta tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi. Urganch shahrida Jaloliddin Manguberdi yodgorlik majmui barpo etildi. Shovot kanalining ikki qirg'og'ini tutashtirib, butun bir me'moriy majmua qad rostladi. Uning markazida qo'lini qilich dastasiga qo'ygan Jaloliddinning purviqor haykali turibdi.

    1999-yil 5-noyabrda Xorazm zaminida о'zbek xalqining dovyurak о'g'loni Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligiga bag'ishlangan katta tantanalar bo'lib о'tdi. 


    Ayni paytda yubiley munosabati bilan Jaloliddin Manguberdi nomidagi jamg'arma tashkil etilib, uning hayoti haqida hikoya qiluvchi kitoblar chop etildi, ko'plab ilmiy anjumanlar o’tkazildi, tanga zarb etildi. Shuningdek, «Jaloliddin Manguberdi» ordeni ta'sis etildi.





Download 56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish