Jaloliddin manguberdi faoliyati


Jaloliddin Manguberdining mo’g’ullarga qarshi mardonavor kurashi



Download 1,23 Mb.
bet4/4
Sana13.05.2020
Hajmi1,23 Mb.
#51081
1   2   3   4
Bog'liq
14-seminar(1-u)

2. Jaloliddin Manguberdining mo’g’ullarga qarshi mardonavor kurashi.

Jaloliddin Parvon jangiga qadar ham mo’g’ullarni ochiq jangda uch marta dastlab Naso yonida, sal o’tmay Qaidahorda va Chorikor yaqinida (Qaidahor va Chorikor - hozirgi Afg’oniston hududidagi joy nomlari) mag’lubiyat alamini tatib ko’rishga majbur etdi. Alamzada Chingizxon Jaloliddinga qarshi o’zining tutingan o’g’li va nomdor sarkardalaridan biri Shiki Xutuxu boshchiligidagi 45 ming kishilik katta qo’shin yuboradi. Ma'lumki, G’azna shahri yaqinidagi Parvondaggida 1221 yilda bo’lib o’tgan ikki kunlik jangda Jaloliddin Manguberdi qo’shini mo’g’ullarni tor-mor qildi. Tarixchi Juvayniy Parvon jangining qisqacha ta'rifini beradiki, undaga har ikkala tomon ishlatgan harbiy usullar haqidaga ma'lumotlar e'tiborga molikdir.Juvayniyning hikoyasiga binoan, jangning birinchi kuni nihoyasiga yetganidan so’ng tunda Shiki Xutuxu o’z askarlariga kigizdan odam haykalini yasashni buyuradi. Ertasi tongda jang boshlangan mahalda Jaloliddin jangchilari mo’g’ul qo’shinining saflari ortganini ko’rib, dushman madad olibdi, degan xayolga borishadi. Ammo Jaloliddin ularga dalda berib, jangovar kayfiyatni tiklashga erishadi. Sulton suvoriylari otlaridan tushib, kamondan o’qqa tuta boshlaydi, so’ngra birdaniga otlarga o’tirib, yalpi hujumga o’tadi. «Mo’g’ul qo’shni qochishga tushdi. Shu asnoda ular qo’qqisdan orqaga qaytib, sulton lashkarlariga tashlandilar va qarib 500 kishini yerga qulatdilar. Sulton yaylov she’rlari va quturgan dengizning nahanglari yanglig’ shu ondayoq yetib keldi; mo’g’ullar mag’lub bo’lishdi», - hikoya qiladi Juvayniy.



Mo’g’ullarning birinchi hiylasi xususida mazkur Plano Karpini ham gapirib o’tadi: «Ba'zan ular odam tasvirini yasab, otga o’rnatishadi. Buni ular urushayotganlarning sonini ko’paytirib ko’rsatish uchun qilishadi». Mo’g’ullar ushbu jangda qo’llagan ikkinchi hiyla - yolg’ondakamiga qochish va birdaniga orqaga qaytib dushman ustiga yopirilish usuli ko’chmanchilar orasida keng tarqalgan va ne-ne azim janglarning taqdiri hal etgan.Biroq bu jangda dushmanning hiylalari zoye ketdi. Jangning natijasi Jaloliddinning to’g’ri taktika qo’llaganligidan dalolat berib turibdi. E'tiborli jihati shundaki, Jaloliddinning bu g’alabasidan so’ng mo’g’ullar qo’liga o’tgan bir qancha shaharlar aholisi isyon ko’tarib, mo’g’ullar qo’ygan noiblarni o’ldirishadi.



Nihoyat, Jaloliddinning nechog’lik jiddiy, xatarli kuch ekanligiga ko’zi yetgan Chingizxon butun qo’shinini to’plab G’azna tomon yo’l oldi. Biroq bu gal Jaloliddinga Chingizxon bilan teng olishuvda o’z baxtini sinab ko’rish nasib etmadi, otasining xatosini to’g’rilash uchun yagona imkoniyat boy berildi. Ammo Jaloliddinning balki o’nlab xalqlarning taqdirini belgilab bergan bu yo’qotishning sababi esa bag’oyat ayanchli, lekin saboq bo’larli edi, kerak paytda turkiy xalqlarning bir jon bo’lib birlasha olmasligi, shaxsiy manfaatni umummanfaatidan ustun qo’yish, parokandalik edi. Uzoq va yaqin tariximizning asosiy, achchiq saboqlaridan biri bu. Xuddi shu narsa Jaloliddinni ham umrining oxiriga qadar ta'qib etdi.Xullas, gap shundaki, Parvon jangida qo’lga tushgan o’ljani bo’lib olish chog’ida Jaloliddinning lashkarboshilari o’rtasida bir zotdor ot sababli nizo chiqib,har biri qaryib 30 ming jangchiga ega bo’lgan Sayfiddin Ag’yoq, A'zam Malik va Muzaffar Maliklar o’z qo’shinlari bilan Jaloliddinni tark etdilar. Jaloliddinning ularni qaytarish yo’lidagi urinishlari naf bermadi. Keyinchalik mo’g’ullar ularning barchasini alohida-alohida qirib tashladilar.

Jaloliddin nochor Hindistonga o’tib ketish uchun yo’lga otlandi. Lekin Sind (Hind) darasi bo’yida kemalar hozirlanayotgan bir paytda Chingizxon o’z qo’shinlari bilan orqadan yetib keladi. 1221 yil 24 noyabr kuni tarixning eng tengsiz va halokatli janglaridan biri boshlandi. Muarrix Juvayniy jang voqeasini shunday ta'riflaydi:«Tongda, kun nuri tun betidan ko’tarilib, tong suti ufq ko’kragidan otilib chiqqan paytda sulton Jaloliddin suv va olov o’rtasida qoldi. Bir tarafda Sind daryosi, boshqa tarafda otashdek kuydiruvchi lashkar. Shunga qaramay, sulton o’zini yo’qotmadi, balki mardonavorlik ko’rsatdi va hozirlanib, urush va jang olovini yoqdi; intihom otini egarlab, olishuv yo’lini tanladi. Chingizxonning lashkari Amin Malik qo’l ostidagi o’ng qanotga hujum qildi va joyidan to’zg’itib, aksarini halok etdi. Amin Malik jonini omon saqlab qolish uchun Peshovar (Peshovar - hozirgi Pokiston hududidagi viloyat va shahar) tarafga qochdi. Mo’g’ul qo’shini yo’llarni to’sib qo’ygan edi va u yarim yo’lda o’ldirildi. Mug’ullar chap qanotni ham mag’lub etdilar.Sulton markazda 700 nafar jangchi bilan tongdan to kun yarmigacha qattiq turib jang qildi. U chapdan o’ng qanotga ot qo’yar, o’ng qanotdan markazga hamla qilar va har gal bir necha kishini qulatardi. Ammo Chingizxon qo’shini soat sayin ko’payib yurib kelar, sultonga esa javlon urish uchun maydon torayib borardi. Ahvol tangligini ko’rib, shon-sharafni qurbon berdi. Sultonning tog’avachchasi Axosh Malik yalinib-yolvorib uni (o’z qarorgohiga) qaytarib yubordi. Sulton yurak-bag’ri kuyib, ko’zlarida yosh bilan farzandlari va jigarporalari bilan vidolashdi. So’ngra u zaxiradagi otini keltirishni buyurdi. Unga minib, yana bir bor ofat ummonida nahang misoli javlon urdi. Mo’g’ul qo’shinini chekinishga majbur etib, jilovni orqaga burdi va sovutni yechib tashlab, otga qamchi urdi. Qirg’oqdan turib 10 gaz yoki undan ham ortiq masofadagi daryoga ot soldi.Dovyurak arslon misoli daryodan kechib o’tib, najot sohiliga yetdi. Chingizxon uning daryodan kechib o’tganini ko’rib, otini daryo qirg’og’iga qoldirib keldi. Sulton bir shamshir, nayza va qalqon bilan daryodan o’tgan edi. Chingizxon va jamiki mo’g’ullar hayratdan qo’llarini og’izlariga qo’ydilar. Chingizxon bu holatni ko’rib, o’g’illariga yuzlandi va xitob qildi: «Otaning o’g’li shunday bo’lmog’i lozim! Suv va olovning ikki girdobidan qutulib, najot sohiliga yetdimi, undan beadad ishlar va behisob tahlikalar tug’ilajak».Nasaviyning guvohlik berishicha, ushbu jangda Jaloliddin hatto dushman qo’shinining markaziga yorib kirishga muvaffaq bo’lgan. Ibn al-Asir ham mo’g’ullarning son jihatdan ko’proq talafot berganlarini qayd qiladi. Xorazm qo’shini mo’g’ullarni qurshab ola boshlagan bir paytda mo’g’ullarniig bahodir deb ataluvchi saralangan jangchilardan iborat zaxiradagi tumani (tuman - 10 ming kishilik bo’linma) jang taqdirini hal etadi.Mag’lub bo’lishiga ko’zi yetganidan keyin Jaloliddin g’anim qo’liga asir tushmasin uchun onasi, xotinlari va qizlarini daryoga cho’ktirishga farmon beradi.Nasaviyning ma'lumotiga ko’ra, qaram ahlining o’zi Jaloliddindan: «Allohni o’rtaga solib yolvoramiz, bizni o’ldirib, bandi bo’lishdan saqlab qol», deya iltijo etishgan.

Ammo mo’g’ullar uning 7-8 yashar bir o’g’lini asir olib, Chingizxonning ko’z o’ngida uning buyrug’i bilan qatl etishadi.Sind bo’yidagi jangning aks-sadosi o’tmish qaridan bizning kunlargacha faqat yozma yodgorliklar vositasidagina emas, balki og’zaki tarzda ham yetib kelgan. Ingliz sharqshunosi G. Raverti hamda rus olimi va sayyohi G.Yo. Grumm-Grjimayloning yozishlaricha, Sind daryosining Jaloliddin kechib o’tgan joyi va shu yaqindagi cho’l uning nomi bilan «Cho’li (Jo’li) Jaloliy» deb atala boshlanib, bu nom hozirga qadar saqlanib qolgan.XX asr boshlarida Mo’g’ulistonga sayohat qilgan ayrim olimlarning guvohlik berishicha Ichki Mo’g’ulisgonning (Ichki Mo’guliston - hozirgi Xitoy Xalq Respublikasi hududida) Ejen Xo’ro’ degan joyida Chingizxonning maqbarasi bor. Bu yerda Chingizxon ruhiga atab turli marosim va amallar o’tkazib turiladi. Jumladan, ruhoniylar har kuni ertalab Chingizxonnipg o’z hayoti mobaynida qozongan 150 ga katta-kichik g’alabalarini sanab o’tishadi. Ular birinchi navbatda Chingazxonning Jaloliddin ustidan erishgan g’alabasini zikr qilib, ushbu zafarni ato etgani uchun ilohiy kuchlarga minnatdorchilik bildirishar ekan.

Jaloliddin Sind darayosidan kechib o’tganidan so’ng qolgan-qutgan jangchilarini to’plab, Shimoliy Hindiston hududidagi bir qancha davlatlar hukmdorlari bilan aloqa o’rnatishga harakat qildi. Ular bilan bo’lgan qator janglarda qo’li baland kelgan bo’lishiga qaramay, Hindistonda muhim o’rnashish,ittifoqchilar topish mushkul ekanligini anglab, u yerdan Eronga, 1224 yili esa Ozarboyjonga kelib, uni zabt etdi. Shu vaqtdan e'tiboran Jaloliddinning Ozarboyjon va unga qo’shni mamlakatlar (Eron, Gurjiston, Ko’niya, Anatoliya, Iroq va boshqa arab mamlakatlari) hududlaridagi faoliyati boshlanadi.Jaloliddin bu davrda jismi ketib ismi qolgan Xorazmshohlar davlatini tiklashga muvaffaq bo’ldi, uni yangi yerlar hisobiga kengaytirish uchun tinimsiz kurash olib bordi. Jaloliddin kuchli va mustahkam davlat barpo etish, unga tayangan holda mo’g’ullar bilan kurashni davom ettirish umidida edi.

Manguberdi hayoti va faoliyatining bu murakkab, ziddiyatli davri haqida so’z borar ekan, bir masala, ya'ni uning diplomatiyasiga biroz to’xtalib o’tishga to’g’ri keladi. Zero, ayrim tadqiqotchilar Jaloliddinni buyuk sarkarda va benazir jangchi sifatida e'tirof etganlari holda, uning qo’shni mamlakatlarga nisbatan tutgan siyosatiga tanqidiy qaraydilar. Ularning fikriga ko’ra, Jaloliddin diplomatiyani ishga solib, qo’shni hukmdorlar bilan ittifoq tuzish o’rniga, ularga qarshi urushib, o’z halokatini tezlashtirgan.Ammo o’sha paytlarda Jaloliddinni boshqa mamlakatlar bilan ittifoq tuzishi qiyin bo’lgan. Jaloliddinning Bag’dod xalifalari, Ko’niya sultoni Alouddin Qayqubod, uch aka-uka ayyubiylar, Gurjiston podshosi Rusudana va boshqa hukmdorlar bilan iftifoq tuzish yo’lidagi sa'y-harakatlari natijasiz tugashi qator sabablar bilan bog’liq. Ular orasida mazkur hukmdorlar o’rtasidaga adovat va raqobat, ularning hissiyot va kayfiyatlari, o’sha davrga xos xurofotlar kabi birinchi qarashda arzimas ko’rinuvchi omillarni ham e’tibordan qochirmaslik lozim. Misol uchun, arab tarixchisi Muhammad Hamaviyning yozishicha, bir gal Alovuddin Qayqubod Jaloliddinning elchilarini o’tirishga taklif etmaydi va umuman ularning bironta savoliga ham javob bermaydi. Elchilar qaytar chog’ida Qayqubod bu qilmishini Saljuqiylarning kelib chiqish jihatidan Xorazmshohlardan ekanligi bilan izohlaydi.

Bag’dod xalifalari esa Sulton Takash va Sulton Alouddin Muhammadga bo’lgan adovatlari bois Jaloliddinga yordam berishdan bosh tortibgina qolmasdan, aksincha, boshqa hukmdorlarni shu jumladan, mo’g’ullarni ham unga qarshi gijgijlash, uni kuchsizlantirish va halok etish uchun mablag’-u vositani ayamadilar.Jaloliddinning amalga oshay deb turgan ko’plab urinishlari barbod bo’lishiga bir necha shaxslarning bilib-bilmay qilgan xatolari va ochiqcha to’sqinliklari ham sabab bo’ldi. Ular orasida Jaloliddinning so’nggi vaziri Sharafulmulk alohida o’rin tutadi. Tarixiy manbalarda aytilishicha, uning aybi bilan daslab xalifa al-Mustansir va Alouddin Qayqubod nomidan kelgan elchilar natijasiz qaytdilar. Sharafulmulk hatto Qayqubodning elchilarini tahqirlashgacha borib yetadi.

Xullas, Ko’niya sultoni Alouddin Qayqubod Jaloliddinga qarshi 6 nafar hukmdordan iborat kuchli ittifoq tuzdi. 1230-yilda Yassichamanda (Yassichaman -hozirgi Turkiya hududidagi tekislik) ittifoqchilar bilan bo’lib o’tgan jangda Jaloliddin zafar quchishga yaqin turgan bir paytda negadir sustkashlik qilib, mag’lubiyatga uchraydi. Bu paytga kelib mo’g’ullarning g’arbga yangi yurishi boshlangan edi. Jaloliddin Jazira, Xirot va Mayoforiqin viloyatlarining hukmdori Malik Ashrafning asir olingan ukasini o’z elchisi sifatida uning huzuriga yuborib, yordam so’raydi.Sharafulmulk u bilan birga maxfiy odam yuborib, bu tadbirni ham barbod qiladi.



Vazirning buzg’unchiligi uzoqqa cho’zilmadi: uning Jaloliddindan hokimiyatni tortib olishda madad so’rab atrof hukmdorlarga yozgan maktublari qo’lga tushgach, u hibsga olinib, qatl etiladi.Jaloliddinning kuchsizlanganidan xabar topgan ismoilylar bu haqda mo’g’ullarga xabar beradilar. Mo’g’ullar uning qarorgohiga qo’qqisdan hujum qilishadi. Jaloliddin amiri Urxonga dushmanni chalg ’itishni buyurib, yolg’iz o’zi tog’ tomon ot qo’yadi. Orqadan yetib kelgan ikki mo’g’ulni o’ldirib, yo’lida davom etadi. Diyorbakir (hozirgi Turkiya hududidagi tog’li viloyat) qishloqlaridan birida uni kurd qaroqchilari qo’lga tushiradilar. Shulardan biri Jaloliddinning sulton ekanligiga ishonmay va Axlog qamali (Axlot [Xilot] - hozirgi Turkiya hududida, Van ko’li bo’yida joylashgan shahar). Jaloliddin uni bir necha marta qamal qilib, oxir-oqibat o’z tasarrufiga kiritgan) paytida xorazmliklar tomonidan o’ldirilgan akasining o’chini olish maqsadida nayza sanchib uni o’ldiradi. Bu mash'um voqea 1231-yill avgust oyining o’rtalarida ro’y berdi.

Qizig’i shundaki, Jaloliddinning vafotidan so’ng odamlar orasida: «Sulton o’lgani yo’q, u lashkar to’plab yuribdi», degan ovozalar tarqaladi. Juvayniyning guvohlik berishicha, yillar o’tib ham har vaqt xalq orasida: «Sultonni falon joyda ko’rishibdi», yoki «u xirqa kiyib, tasavvufga berilibdi», degan gaplar tarqaladi. 1236 yilda esa bir kishi o’zini «Men Sulton Jaloliddinman», deb e'lon qilib, mo’g’ullarga qarshi bosh ko’taradi. Mo’g’ul amirlari Jaloliddinni taniydigan bir guruh kishilarni olib kelib, uning yolg’on gapirayotganidan xabar topadilar va uni qatl qiladilar. Shu muarrixning yozishicha, 1254 yilda, ya'ni Jaloliddin vafotidan 23 yil keyin bir guruh savdogarlar Amudaryo bo’yiga yetib kelishadi. Ulardan biri o’zini Sulton Jalolildin deb tanishtiradi va har qancha qiynasalar ham, o’z so’zidan qaytmaydi, natijada mo’gullar uni ham o’ldiradilar.Jaloliddin Manguberdining mo’g’ullar bosqinini to’xtatishga qodir katta kuch ekanligini uning do’stlarigina emas, hatto dushmanlari ham yaxshi anglardi. Misol uchun, Malik Ashrafga uning vafot etganini xushxabar tarzida yetkazganlarda, u shunday javob beradi: «Siz meni uning o’limi bilan muborakbod etmoqdamisiz? Ammo siz hali buning (ya'ni, Jaloliddin o’limining ) oqibati azobini tortajaksiz, zero Alloh nomi bilan qasam ichib aytamanki, uning halokati mo’g’ullarning islom zamining bostirib kirishi bilan barobardir. Endi xorazmshoh kabi biz bilan Y a'juj va Ma'juj (ya'ni, mo’g’ullar -) orasida devor bo’ladigan kuch yo’q». Darhaqiqat, oradan ko’p o’tmay, shunday bo’ldi ham.Jaloliddinning vafotidan so’ng uning g’arbiy o’lkalarda qolib ketgan amirlari va askarlarining taqdiri ham qiziq. O’sha davr manbalarida xorazmiylar deb ataluvchi bu mardu maydonlarning keyingi hayoti va faoliyatlari o’lkamiz tarixining bilimdoni va muxlisi, ozarboyjonlik sharqshunos olim Ziyo Musoyevich Buniyotovning «Anushgepsh Xorazmshohlar davlati (1097-231)» kitobida qisqacha bayon etilgan. (Bu asar rus tilida 1986 yili Moskvada, o’zbek tilida 1998 yili Toshkentda nashr etildi.) Uning yozishicha, xorazmiylar katta harbiy kuch bo’lib, mahalliy sulolalar bu kuch bilan hisoblashishga majbur edilar Ular rahnamosiz qolgan bu jangchilarni o’z xizmatlariga jalb etib, ulardan asosan hokimiyat uchun o’zaro urushlarda va chegara yerlarini mo’g’ullardan himoya etishda foydalandilar. Ayyubiy shahzodalarning o’zaro nizolarida hamda Rum Saljuqiylari bilan Ayyubiylar o’rtasidagi urushlarda goh u, goh bu hukmdor yonini olib jangga kirgan xorazmiylar bugun Yaqin Sharq mamlakatlari bo’ylab tarqalib ketgan.Jumladan, ularning bir qismi Misrga borib qoladi va Misr sultoni Sayfiddin Qutuzning qo’shiniga kiradi. Xuddi shu paytda mo’g’ullar Misrga elchi yuborib, tezda bo’yin egish va o’lpon to’lashni talab qilgan edilar. Qutuz amirlarni chorlab maslahat soladi. Xorazmlik amirlar dushmanga tobe bo’lmaslik va jang qilishni yoqlab chiqishadi. Sulton ham shuni ma'qul ko’radi. Ma'lumki, 1260 yil 4 aprel kuni Falastinning Ayn Jalut degan joyida bo’lib o’tgan jangda mo’g’ullar tor-mor keltirilib, ularning g’arbga qarab yurishlari to’xtatilgan edi. Jangdan so’ng Sayfiddin Qutuz faxr bilan: «Men mo’g’ullarni yakson qildim va xorazmshoh amakimning o’chini oldim», degan edi. Zero, manbaalardan ma'lum bo’lishicha, Sayfiddinning onasi Jaloliddin Manguberdining opasi, otasi esa uning amakivachchasi edi. Buniyotovning ma'lumotiga ko’ra, xorazmiylarning avlodlari hozirga qadar Turkiya, Suriya, Misr va Iroq mamlakatlarida Xorazm, Xurzum, Xo’zo’m va Tunga o’xshash nomlar bilan ataluvchi qishloqlarda yashab kelishmoqda.Jaloliddin Manguberdi avlodlari haqidagi vaqt jihatidan so’ngi ma'lumotni esa Juvayniyning «Tarixi jahongusho» asarida o’qiymiz. Unda hikoya qilinishicha, Jaloliddinning bir qizi mo’g’ul lashkarboshisi Jurmog’ul tomonidan asir olinadi. Uning ismi ham Turkon (Terken) edi. Asirani keyinchalik Elxonlar davlatining hukmdori Hulaguxon saroyiga keltirishadi. Hulaguxon Mo’sul shahri (hozirgi Iroq hududida) hokimining xizmatlarini hisobga olib, Turkonni uning o’g’li Malik Solihga shariat qoidalariga binoan nikohlab beradi. Bu voqea 1257 yilda, Jaloliddin vafotidan 26 yil keyin ro’y bergadi.

3.Tarixchi olimlar tomonidan Jaloliddin Manguberdi siymosiga ta’rif.

Jaloliddin Manguberdi hayoti,uning harbiy yurishlari, siyosati haqida ko’plab tarixchi olimlarning asarlari mavjud. SHahobiddin ibn Ahmad an-Nasaviy qalamiga mansub “Sirat as- sulton Jaloliddin Mangburni”(Sulton Jaloliddin Manguberdining tarjimayi holi),Ibin al-Asir nomi bilan mashhur tarixnavis Izzaddin Abulhasan Ali ibn Muhammad al-Jaziriyning “al-Komil fit –tarix”(Tarix haqida mukammal kitob) hassos muarrix va va yirik davlat arbobi Alovuddin Atomalik Juvayniyning “Tarixi Jahonkushoy”( Jahon fotihi tarixi),suriyalik tarixchi Abulfaraj Bar Ebray (1226-1286) ning “Tarix muhtasar ad-duval”( Sulolalarning qisqacha tarixi), tarixchi Mirxondning “Ravzat us-safo”, Mirzo Ulug’bekning “ Tarixi arba ulus” ( To’rt ulus tarixi) asarlarida Jaloliddin Manguberdi haqida ma’lumotlar yozib qoldirilgan.

Jaloliddin bilan birga bo’lgan ,u bilan janglarda birga ishtirok etgan shaxsiy kotibi Nasaviy Jaloliddinning ishonchli mulozimlaridan biriga aylanib to 1231-yilgacha, ya’ni Jaloliddinning vafotiga qadar u bilan birga bo’ladi:uni jang-u jadallarga kuzatib boradi,muhim nomalarini olib, elchilik vazifasini ado etadi. Nasaviy Jaloliddin Manguberdi shunday ta’riflaydi:”Jaloliddin turk bo’lib,qora mag’iz yuzli, burni oldida qora xoli bor,o’rta bo’yli yigit edi.Fors tilida ham bemalol so’zlasha olar edi. U kamtarin, jiddiy odam bo’lib, hech qachon baqirmas, so’kinmas ,o’z atrofdagilari oldida o’zini juda yaxshi,sipo tutar edi.U ko’p gapirmas, xoxolab kulmas,ahyon-ahyonda jilmayar edi. U adolatni hurmat qilar,o’z fuqarolariga nisbatan adolatli bo’lishga intilar edi. O’z xalqining mushkulini yengillashtirishni yaxshi ko’rar edi. Biroq,u yashagan to’s-to’polon davr unga bunday xayrli ishni amalga oshirishga imkon bermadi. Sulton Jaloliddin eng og’ir, murakkab sharoitlarda ham qat’iy tura oluvchi,eng qiyin sinovlarda ham sira qo’rqmaydigan odam edi.”

Yozma adabiyotlarning yana bir guruhi (Nuriddin Zaydariy, Muhammad Hamaviy, Ibn Bibiy, Sibt ibn- Javziy asarlari ) borki, ular Sulton Jaloliddinning Kavkazorti, Kichik Osiyodagi faoliyati, mahalliy sulolalar bilan munosabati kabi muhim masalalarda yuqorida sanab o’tilgan asarlarga qo’shimcha ravishda qimmatli ma’lumotlar beradi.

Jaloliddin Manguberdi haqidagi ma’lumotlar boshqa musulmon tarixchilarning asarlarida, shuningdek, xitoy,mo’g’ul,arman va boshqa tillardagi manbaalarda ham uchraydi.



XULOSA.

SHunday qilib XIII-XIV asrning I-yarmi vatanimiz tarixida eng og’ir davr bo’ldi. CHunki mo’g’ullar istilosi va zulmi o’lkamiz xalqlari hayotida og’ir iz qoldirdi. Mamlakatimiz hayoti va taraqqiyotini bir necha o’n va yuz yillab orqaga surib yubordi. Ozodlik, xurlik va mustaqillikka tashna bo’lgan ajdodlarimiz mo’g’ullar zulmiga qarshi kurashdilarva nihoyat mo’g’ul bosqinchilarini mamlakatimiz hududidan uloqtirib tashladilar. Bu ozodlik kurashida ulug’ bobomiz Jaloliddin Manguberdining hissasi nihoyatda katta bo’lgan. U mo’g’ullarga qarshi mardonavor kurash olib borgan .Anushteginlar sulolasining so’nggi vakili bo’lgan.Jaloliddin Manguberdi yurt ozodligi katta hissa qo’shgan yurt himoyachisidir.

O’zbekiston hukumati 1998-yilda Jaloliddin Manguberdining mo’g’ul bosqinchilariga qarshi kurashda ko’rsatgan mislsiz jasorati, Vatanga va o’z xalqiga sadoqat va cheksiz muhabbatini qadrlash va uning porloq ruhini abadiylashtirish maqsadida “Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800-yilligini nishonlash haqida” qaror qabul qildi. Qarorga ko’ra, uning yurti Xorazmda Jaloliddin Manguberdiga haykal o’rnatildi,yirik ko’cha, maydon, jamoa korxonalariga va boshqalarga uning nomi qo’yildi.Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800-yilligi mustaqil O’zbekistonda 1999-yilda keng nishonlandi. Jaloliddin Manguberdi haqida videofilm, doston,pyesalar yaratildi. 2000-yil 30-avgustda “Jaloliddin Manguberdi” ordeni ta’sis etildi.

Xulosa qilib aytganda,Jaloliddin Manguberdining jo’shqin, mazmunli hayoti va faoliyatida intilishga loyiq namuna, ayni paytda hech qachon o’z dolzarbligini yo’qotmaydigan ulkan saboq bo’ldi.



Foydalanilgan adabiyotlar:

1 Karimov .A. “ Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” T.”SHARQ” 1998.

2.R.SHamsiddinov ,SH.Karimov.”Vatan tarixi”

3.B.J.Eshov “O’zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi”

4.Bo’riboy Ahmedov. “O’zbekiston tarixi manbalari”

5.SHahobiddin ibn Ahmad an-Nasaviy “Sirat as-Sulton Jaloliddin Mangburni.”

6.Juvayniy “Tarixi Jahonkushoy”



7.Z.M.Bunyotov “Anushtegin xorazmshohlar davlati “ T, 1998.
Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish