Jaloliddin manguberdi faoliyati


Jaloliddin Manguberdi shaxsiga ta’rif



Download 1,23 Mb.
bet2/4
Sana13.05.2020
Hajmi1,23 Mb.
#51081
1   2   3   4
Bog'liq
14-seminar(1-u)

Jaloliddin Manguberdi shaxsiga ta’rif.

Jaloliddin Manguberdi (arab.Jalal al-Din Menguberdi, to’liq oti- Jaloliddin Abulmuzaffar Manguberdi ibn Muhammad) (1198-1231) Xorazmshoh davlatining so’nggi hukmdori (1220-yildan), Alovuddin Muhammad II ning to’ng’ich o’g’li.U 33 yil umr ko’radi va uni 11 yil jang ichida o’tadi. Jaloliddin Manguberdi (to’liq ismi Jaloliddin ibn Alovuddin Muhammad) (1198-1231) Xorazmshoh davlatining so’nggi hukmdori (1220-1231) , mohir sarkarda. Sulolasi Anushteginiylardan.Xorazmshohlardan Muhammadshohning katta o’g’li. Onasi- Oychechak turkman kanizaklaridan bo’lgan.Jaloliddin burnida xoli (mank) bo’lgani uchun Mankburni nomi bilan atalgan. Keyinchalik bu nom talaffuzda o’zgarib “Manguberdi’ nomi bilan mashhur bo’lgan.

Jaloliddin Manguberdi Xorazmshoh Alovuddin Muhammadning Oychechak ismli ayolidan tug’ilgan to’ng’ich o’g’li , binobarin taxtning qonuniy vorisi edi. Biroq Xoramzshoh Alovuddin Muhammad qipchoq qavmidan bo’lgan onasi Turkon Xotun uning (uning nomi asl turkiychada Terken; arab yozuvli manbalarida Turkon shaklida yoziladi) ning tazyiqi ostida katta o’g’illari Jaloliddin Manguberdi hamda Rukniddin G’ursanchtni chetlab o’tib, yosh O’zlaqshodni valiahd etib tayinlagan edi.Turkon Xotun Oychechak va uning farzandini yomon ko’rgani sababli, o’zining qabiladosh va urug’dosh kelinidan tug’ilgan nabirasi Qutbiddin O’zloqshohga har tomonlama homiylik qilardi.Nasaviy naql etib o’tgan bir voqea Turkon Xotunning shaxsi va uning o’z nabirasi Jaloliddinga munosabati haqida ravshan tasavvur etadi. Tarixchining yozishicha,mo’g’ullarning siqivudan og’ir ahvolda qolgan Turkon Xotunga mulozimlardan biri Jaloliddinning kuch-qudrati haqida so’zlab, uning panohiga qochib borishni maslahat solganida, Turkon Xotun shunday javob beradi:” Oychechakning o’g’lining marhamatiga qaram bo’lmog’im qoluvmidi? Bundan ko’ra CHingizxon qo’lida tutqun bo’lish va hozirgi xo’rliklarim afzalroq!” Manbalardan ma’lum bo’lishicha, qang’li (ayrim ma’lumotlarga ko’ra, boyavut) qabilasiga mansub bo’lgan bu malika Xorazmshohlar davlatida ikkinchi ikkinchi hukmdor darajasida ish ko’rar, saltanatning barcha ishlariga aralashar edi. Ketma-ket muvaqqatsizliklardan o’zini o’nglolmay, dushman ta’qibi ostida Kaspiy dengizi bo’ylariga borib qolgan xorazmshoh Muhammad o’limi oldidan, onasi Turkon xotunning mo’g’ullarga asir tushganini eshitgandan so’ng, o’z hukmini bekor qiladi va o’g’illari Jaloliddin, O’zloqshoh va oqshohni huzuriga yig’ib, vasiyatini bayon qiladi: “Saltanat rishtalari uzulib, davlat asoslari bo’shashdi va qulab tushdi. G’animning maqsadi endi ayon: u tirnoqlari va tishlari bilan mamlakatga chang solgan. Men uchun undan (ya'ni, g’animdan - N.T.) fatsat o’g’lim

Manguberdining qasos olishga qodir. Shuning uchun uni taxt vorisi etib tayinlayman, sizlar esa unga itoat etmog’ingiz lozim»Xorazmshoh vafot etganidan so’ng shahzodalar Urganchga qaytadilar. Ammo poytaxtdagi Turkon xotun tarafdorlari Jaloliddinga qarshi suiqasd uyushtiradilar. Bundan o’z vaqtida ogohlantirilgan Jaloliddin 300 nafar suvoriy bilan Xo’jand hokimi Temur Malik hamrohligida shahardan chiqib ketadi.Shahzodalarning o’z nufuzi va mavqeidan yoxud mamlakat boshiga tushgan notinchliklardan foydalaiib, taxtni egallash uchun otasiga yoki og’a-inilariga qarshi bosh ko’targanliklariga tarixda ko’plab misollar topidadi. Jaloliddin esa el -yurt ozodligi yo’lida o’zining qonuniy huquqidan ham voz kechib, umum manfaati uchun shaxsiy manfaatlarini qurbon qila oldi. Xorazmshohning hamma o’g’illarida ham shunday hislatlar yetarli bo’lmaganligi natijasida ularning va umuman Xorazmshohlar davlatining halokatiga sabab bo’ldi, deyish mumkin. Masalan, G’iyosiddin Pirshohni olaylik. Jaloliddin Sind daryosi bo’yidagi jangda butun lashkaridan judo bo’lib, kuch to’plash uchun Pirshoh tasarrufidagi yerlarga kelganida, u akasiga qarshi 30 ming kishilik qo’shin yuboradi. Pirshohning onasi Beklaroy hamda amirlarning sa'y-harakatlari bilangina birodarkushlik urushining oldi olinadi. Keyinroq 1228- yilda Isfahon shahri yonida mo’g’ullar bilan bo’lajak muhim jang arafasida Pirshoh o’z qo’shinini olib qochib ketadi. Ushbu jangda garchi Jaloliddin g’alabaga erishgan bo’lsa-da, bu g’alaba katta talafot evaziga qo’lga kiritildi.Ayni chog’da adolat yuzasidan shuni ta'kidlash joizki, Xorazmshohning barcha o’g’illari o’z xonadoni va oliy rutbalari sha'niga dog’ tushirmay, qo’llarida shamshir bilan halok bo’ldilar. O’zloqshoh bilan Oqshoh tengsiz jangda vahshiylarcha o’ldirildi. Rukniddin G’ursanchti esa Ustunovaid qal'asida (Ustunovand - hozirgi Eron hududidagi qadimiy shahar) 6 oy davomida dushman holini tang qilib, oxiri madad yetishmasligi oqibatida asir olindi. Mo’g’ul sarkardasi Toymas po’yon undan tiz cho’kib ta'zim etishni talab qilganida G’ursanchti qiynoq-azob va o’limni afzal ko’rdi Jaloliddindani farqli o’laroq, bu shahzodalarga g’anim bilan munosib kurashish uchun faqat bir muhim narsa yuksak harbiy daho yetishmaydi.




Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish