Jalilova s. X. Taraqqiyot psixologiyasi va differentsial psixologiya


Maktabgacha yosh davrida o‘yin faoliyati va bilish jarayonlarining rivojlanishi



Download 11,87 Mb.
bet42/129
Sana03.07.2022
Hajmi11,87 Mb.
#733758
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   129
Bog'liq
taraqqiyot psixologiyasi o`quv qo`llanma

Maktabgacha yosh davrida o‘yin faoliyati va bilish jarayonlarining rivojlanishi
Bu davrda faoliyatning etakchi turi – o‘yin faoliyatidir. O‘yin bola psixikasida sifat o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Bu faoliyat asosida keyingi davrda etakchilik rolini bajaruvchi o‘qish faoliyatining asoslari quriladi.



Bola kattalar hayotiga intilish ehtiyojlarni o‘yin orqali qondira boshlaydi.o‘yinda bola kattalar hayotini, mehnat jarayonlarinigina emas, ular o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarnii ham ifodalaydi. O‘yin bola o‘ziga kattalarrolini oladi.
O‘yinda bola faoliyat u yoki bu turining talab va huquqlarini anglabetadi. Masalan; xaridor rolini bajarishdabola sotib olmoqchi bo‘lgan narsasini yaxshilab ko‘rib, tekshirib olish kerakligini, sotuvchining xizmatiga nisbatan tanbeh berishi ketishdan oldin sotib olgan narsasiga haq to‘lash lozimligini tushinadi. O‘yin davomida biror rolni bajarish o‘yin ishtirokchilarini tartib-intizomga o‘rgatadi. Birgalikdagi faoliyatda bolalar kelishib harakat qilishga o‘rganadilar. O‘yin ishtirokchilarining munosabatlari kollektivizm sifatalarini tarkib toptirish bilan birga , bolaning o‘z-o‘zini anglashaini ham vujudga keltiradi.
O‘yinda bola real predmetni o‘yinchoq bilan yoki tasodifiy narsalar bilan almashtirish imkoniga ega bo‘ladi. Bog‘cha yoshidagi bola bilan almashtiradi. U faqat narsalarni boshqa predmetlar bilan o‘zgaritiribgina qolmay, balki biror hayvonni yoki odamni o‘zi bilan almashtirishi mumkin. Masalan; miltiqdan otib, o‘zi erga yotib oladi.
Shunday qilib, bu davrda o‘yin simvolik xarakter kasb etadi. Bu esa psixikasining rivojlanishida hal qiluvchi moment hisoblanadi. Simvollarni qo‘llash, bir ob’ektni boshqa ob’ekt bilan almashtirish qobiliyati tufayli bolada idrok rivojlanadi.
Shunisi muhimki, ba’zi predmetlarni boshqalarning o‘rinbosarlari sifatida qo‘llash bola o‘yinida hamma narsani to‘g‘ri kelgan predmet bilan almashtiraveradi, deyishga asos bo‘lmaydi. Bola predmetni boshqa predmet bilan almashtirishda, predmetning xususiyatlariga tayanadi. O‘yinda miltiq odamga, yashik uychaga aylanishi mumkin.
Bola predmetga o‘zi nom qo‘yganidan keyin endi predmetni yangi xususiyatlariga muvofiq ish ko‘ra boshlaydi. Agar kaltak miltiqqa aylangan bo‘lsa, unda kaltak otadi, otga aylangan bo‘lsa, u holda bola kaltakka minadi va hakozo.
O‘yin faoliyati bilish protsesslarining rivojlanishiga ta’sir etadi. Masalan; o‘yinda ihtiyoriy diqqat va xotira rivojlanadi. Agar bola o‘yin holatlariga o‘z diqqatini qarata olmasa, uni o‘yindan chiqarishlari mumkin.
O‘yin nutq rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. O‘yin vaziyati kommunikativ qobiliyatlarni talab etadi. Bunga intilish esa nutqning rivojlanishiga turtki bo‘ladi. Masalan; agar ikki egizak o‘z tengdoshlaridan ajratilgan holda tarbiyalansa, bu bolalarda o‘ziga xos, faqat shu 2 bola tushina oladigan avtanom nutq paydo bo‘lgan. Bu bolalar bir-birlaridan ajratilib, turli, boshqa-boshqa bolalar kollektiviga qo‘shib qo‘yilganidan keyingina ular normal nutqiy aloqa qilish qobiliyatiga ega bo‘la boshlaganlar. O‘yin intelektual rivojlanishga ham ta’sir etadi. O‘yinda bola harakat va predmetlarni umumlashtirishni o‘rganadi. Rolli o‘yinda fikran harakat qilish qobiliyati rivojlanadi. Rolli o‘yin psixik faoliyatning boshqa formalari, masalan; hayolning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.
Maktabgacha yosh davrida o‘yin faoliyatining mazmuni o‘zgaradi. Bu davrning boshlarida kattalar real predmetlar bilan qanday harakatlarni bajarsalar, bolalar ham shunday harakatlarni amalga oshiradilar. Masalan; 3 yoshli bolalar stol changini artishi, pol supurishi, non kesishi, oyoq kiyimlarni tozalashi mumkin. Bundan tashqari, bola bu davrda yolg‘iz o‘ynaydi. Bolalar bir-birlarining o‘yini bilan qiziqmaydilar, ular o‘z o‘yin, o‘yinchoqlarini o‘ynash bilan mashg‘ul bo‘ladi.



Maktabgacha yosh davrining oxirlariga kelib, bolalar o‘yinni boshqacha xarakter kasb etadi. Bu bolalar rolli o‘yinlarini o‘ynashga moyil bo‘ladilar. Masalan; 2-3 yoshli qiz o‘z nomini aytadi. 5-6 yoshli ana men deydi. Bog‘cha yoshi davrida o‘yin bilan bir qatorda faoliyatning mahsuldor formalari ham mavjud bo‘lib, ular bola psixik taraqqiyotida muhim rol o‘ynaydi. Bular – rasm chizish, aplikatsiyalar yasash.



Download 11,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish