Jalilova gulsaraning



Download 114,26 Kb.
bet2/2
Sana31.12.2021
Hajmi114,26 Kb.
#265285
1   2
Bog'liq
3 ona tili sifat

Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):

Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;



Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

– darslik (lug‘atlar), kutubxona hamda media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saqlash.



O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

– mustaqil o‘qib o‘rganish, doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy rivojlantirish, ijodiylik ko‘nikmalarini oshirib borish.



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

– madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga hamda adabiy til me’yorlariga amal qilish.



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

– guruhlarda hamkorlikda ishlay olish va bunda muomala madaniyatiga ega bo‘lish.




Dars uslubi: savol-javob, noan’anaviy, bahs-munozara, suhbat

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Dars jihozi: Tarqatmali testlar, Darslik, tezkor savollar, mavzuga oid rasmlar, “Baliq ovi” deb nomlangan didaktik o’yin va b

Fanlararo aloqa: tabiatshunoslik ,o’qish, tasviriy san’at





Darsning borishi

Vaqti



Tashkiliy qism

5 daqiqa



O’tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa



O’tilgan mavzuni yakunlash

3 daqiqa



Yangi darsning bayoni

15 daqiqa



Yangi mavzuni mustahkamlash

3 daqiqa



O’quvchilarni baholash va rag’batlantirish

5 daqiqa



Uyga vazifa berish

2 daqiqa




Jami:

45 daqiqa

DARSNING BORISHI

I Tashkiliy qism: a) salomlashish;

b) navbatchi axboroti va davomatni

aniqlash;

d) madhiya kuylash;

e) she’riy daqiqalar.

O’qituvchi: O’quvchilar bilan salomlashib bo’lgach, ularning darsga tayyorgarligini so’rayman. Darsimiz ona tili ekanligini aytaman. Darsni R. Hatamovaning “Barkamol avlod” deb nomlangan she’ri bilan boshlanadi.

Daryo toshsa keyin dengiz to’ladi-da,

Ko’kka boqqan ko’zlar yulduz ko’radi-da.

Bek bolasi baribir bek bo’ladi-da,

Vorislari ikki daryo orasining,

Qaddin ko’ring O’zbekiston bolasining

Bo’lam mendan baxtli bo’lsin deydi bu el,

Men ko’rmagan kunni ko’rsin deydi bu el,

Kuysa faqat bolam deya kuydi bu el.

Ilinadi har narsaning sarasini,

Qadrin ko’ring O’zbekiston bolasini

Qadim tarix so’zlashgan shu til seniki,

Sultoning yo’l ochib dedi: Yo’l seniki

Topib berdi har orzuning chorasini,

Baxtin ko’ring O’zbekiston bolasini

O’tgan mavzuni so’rayman va o’tilgan mavzular yuzasidan savollar beraman:



  • O’quvchilar biz hozir “Barkamol avlod” she’rini tingladik. Barkamol avlod qanday bo’lishi kerak?

O’quvchilar: Jismonan sog’lom, aqli teran, har tomonlama yetuk

O’qituvchi: Juda tog’ri, Siz o’quvchilarning vazifangiz nimalardan iborat?



  • maktabga muntazam kelish, darslarda faol qatnashish

  • bosh vaqtdan unumli foydalanish

  • fan to’garaklariga qatnashish

O’qituvchi: Juda to’g’ri, sizlar maktabda a’lo baholarga o’qib o’qishni oliy o’quv yurtlarida davom ettirib, kelajakda yaxshi kasb egalari bo’lishingiz zarur. Siz Yurtboshimiz ishonchini oqlashingiz kerak. Biron – bir kasb egasi bo’lib yetishishingizda ona tili fanining juda katta ahamiyati bor. Chunki biz xatosiz va chiroyli yozishni ona tili darslarida o’rganamiz. To’g’rimi? Demak, darsimiz ona tili

O’TILGAN DARSNI SO’RASH

Uy ishi daftarlarini almashtiraman



O’qituvchi:Bugun darsimizni musobaqa tarzda tashkil

etsak, rozimisizlar? Unday bo’lsa, boshladik.

Sinf o’quvchilarini uch guruhga ajrataman. Guruhlarni kasblar nomi bilan ataladi. O’quvchilar o’zlariga guruh nomi va guruhlari uchun sardor tayinlaydilar.

1-guruh: O’qituvchi


2- guruh: Shifokor

3-guruh: Tadbirkor

Har bir guruhga o’tilgan mavzular yuzasidan tezkor savollar beraman.

O’qituvchi” guruhiga:

Savollardan namunalar


  1. So’zlar turkumlarga qanday ajratiladi?

  2. Ot qanday so’roqlarga javob bo’ladi?

  3. Ot yasovchi qo’shimchalar nima deb ataladi?

  4. So’z o’zgartiruvchi qo’shimchalarni ayting?

  5. Shaxs ma’nosini bildiruvchi otlar hosil qiling?

Shifokor” guruhiga

  1. So’z turkumlarini ayting

  2. Ot gapda qanday bo’lak vazifasida keladi?

  3. Ot yasovchi qo’shimchalarni ayting

  4. O’rin-joy ma’nosini bildirgan otlarga misollar ayting?

  5. -lar qanday qo’shimcha?

Tadbirkor” guruhiga

1.Birlikdagi otlar qanday so’roqqa javob bo’ladi?

2. ot gapda qaysi bo’lak vazifasida keladi?

3. Ot necha xil shaklda qo’llanadi?

4. Narsani bildirgan otlar qanday so’roqqa javob bo’ladi?

5. Qanday otlar bosh harf bilan yoziladi?

Guruhlarga keyingi topshiriqni beraman:

O’qituvchi” guruhiga: “So’z turkumlari ” deb nimaga aytiladi?

Shifokor” guruhiga: Rasmga qarab gap tuzing va gapdagi

otlarni aniqlang

Tadbirkor” guruhiga: Berilgan so’zlardan gap tuzing

Sayroqi, sayrayapti, daraxtda, qushlar

Guruhlardan bittadan o’quvchi chiqib savollarga javob beradi. To’g’ri javob bersa, guruhga rag’bat to’playdi.

Guruhlarga keyingi topshiriqni e’lon qlaman. Har bir guruhga fe’l so’roqlari beriladi. O’quvchilar shu so’roqlarga javob bo’lgan so’zlarni yozadilar. Bu topshiriq uchun bir daqiqa vaqt beriladi.

“O’qituvchi” guruhiga: Nima qildi?

Shifokor bemorni davoladi

“Shifokor” guruhiga : Nima qiladi?

Qushlar don izlaydi

“Tadbirkor” guruhiga: Nima qilyapti?

Qor tinmay yog’yapti

Topshiriqni to’g’ri bajargan va bir daqiqada ko’p so’z topgan guruh rag’batlantiriladi.

YANGI MAVZU BAYONI

Husni xat mashqi o’tkaziladi.

G g harfi

G G G G G G G G G G G G

g g g g g g g g g g g g
Shaxs va narsalarning belfisini bildirgan so’zlar sifat deyiladi. Sifatlar qanday? yoki qanaqa? so’roqlariga javob bo’ladi.

246- mashq. (shartini o’quvchilardan biri o’qiydi)

O’qing.

Havo ochiq. Bugun go’zal tabiat yanada ko’rkamlashgan. Erta tongdan quyosh nur sochmoqda. Ko’cha va hovlilardagi oq, sariq, qizil gullar quyosh nurida tovlnadi. Mayin shamol xushbo’y hid taratadi. Qushlarning yoqimli ovozi kishiga zavq bag’ishlaydi. Ey, bahor, qanday ko’rkam faslsan!

O’qituvchi: O’quvchilar matndagi belgini bildirgan so’zlarni aniqlang va ularni o’zi bog’lanib kelgan so’zlar bilan ko’chirib yozamiz.

Masalan: ko’rkam fasl (Qanday?)

Topshiriqni to’g’ri bajargan guruhlarga “Rag’bat” beriladi.

247- mashq. Ifodali o’qing. Sifatlarni aniqlab, ularni o’zi bog’lanib kelgan ot bilan ko’chiring.

Qorli tog’lar, keng vodiylar,

Boshqachadir kumush dalalar.

Yashil bo’g’lar, keng daryolar,

Yasangandir bugun o’zgacha

O’quvchilaar mashqni navbat bilan doskada bajaradilar.

Mavzuni mustahkamlash maqsadida “baliq ovi” deb nomlangan didaktik o’yin oynaymiz. Bunda guruhlardan bittadan ovchi kelib, baliq tutadi. Baliqlarning orqasida sifat so’z turkumiga oid so’zlar bor. Ana shu so’zlar qatnashgan gap tuzadilar.

Masalan: yoqimli, shirin

O’quvchilar navbatdagi topshiriqni oladilar. Darsni mustahkamlash qismida klaster usulidan

foydalanadilar. Buning uchun har to’rtala guruhga oldindan tayyorlab qo’yilgan jadval taqdim etiladi.

Guruhlar o’rtada berilgan so’zning ma'nodoshlarini tezda topadilar.

1) "O’qituvchi" guruhiga:


2) “Shifokor” guruhiga:


3) “Tadbirkor” guruhiga:

````
Guruhlar to’plagan ballar jamlanadi va g’olib guruh aniqlanadi



UYGA VAZIFA

248- mashq: so’roqlar o’rniga mos sifatlar toping. Ularni otlar bilan birgalikda birinchi qatordagidek yozing

Qanday yung? – yumshoq yung

Qanday tosh? - ...... tosh kabi


Foydalanilgan adabiyotlar:

1. 3- sinf ona tili darsligi.

2. ,,Boshlangich ta’lim’’ oynomasi.

3. ,,Ta’lim va taraqqiyot’’

4. DTS talablari.

5.,, O’qituvchi kitobi’’



6. ,,Dars muqaddas’’
Download 114,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish