Jalaquduq tuman maktabgacha ta’li bo`limi № 9-son DMTT xodimlari va ota-onalar
hamkorligida o`tkazilgan yigilish
2022- yil _______ may Qutlug’ MFY.
BAYONI
Raislik qiluvchi mudira: Z.Komilova
Qatnashdilar: 8 nafar tarbiyachi va 7 nafar
yordamchi tarbiychilar
Hamshira: R. Qutliqova
Taklif qilinganlar: Ota-onalar
Kun tartibida:
MTTda tarbiyalanuvchi bolalarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o`tkazish.
Yozgi sog’lomlashtirish oylariga tayyorgarlik to’g’risida.
Mavsumiy yuqumli kasalliklar va ularning oldini olish xakida.
DMTTda ota-onalar va hodimlar o’rtasida yozgi sog’lomlashtirish oylarini betalofat o’tkazish
1-masala yuzasidan mudira Z.Komilova suzga chiqib, kuyidagilarni suzladi:
Tashkilotda tarbiyalanayotgan bolalarni sog’lomlashtirish va chiniqtirish borasida ishlab chiqilgan reja va shu asosida olib boriladigan ishlar xaqida batafsil gapirib o’tdi. Bolalar gigienasiga, sogligiga e’tibor berilishi kerek. Tashkilotga kelayotgan xar-bir bolaga gigienik kunikmalar xosil kildirishda tarbiyachi va yordamchi tarbiyachilar uz ishini tugri tashil kilishi kerak. Bolalarni soglomlashtirish oylarida quyosh vannalari, dush qabul qilish, cho’milish xavzasini sog’lomlashtirish oyi uchun shay qilib, toza suv bilan to’ldirib qo’yish, o’yin maydonlarini dezinfektsiyalash, qum o’yinlarini tashkil qilish kerak. 3 oy davomida bolalarni sog’ligini nazorat qilish va xar oyda antropometrik ko’rikdan o’tkazilib, natijalarini qayd qilib boriladi.
2-masala buyicha MTT hamshirasi R. Qutliqova so’z olib, kuyidagilarni gapirdi:
Tashkilotga kabul kilinayotgan xar-bir bolaning ota-onasi bilan bolaning xayoti, sogligi, yukumli kasalliklar bilan ogrimaganligi, oilaviy sharoitlari xakida suxbat utkazib, keyin kabul kilinadi. Bolalarga avvalo shaxsiy gigiena koidalariga rioya kilish kerakligini urgatish kerak. Xar bir bolaning tozaligi, salomatligi, tugri ovkatlanishi muxim axamiyatga ega.
Tashkilotda tarbiyalanuvchilarni sifatli chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o`tkazib, natijalari asosida aniqlangan kasalliklar asosida chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Biz bolalarni aniqlangan kasalliklarini davolash uchun ota-onalar bilan xamkorlik olib borishimiz zarur. Shundagina bolalarimizni kasalliklari oldi olinib, davolashga muyassar bo’lamiz.
3-masala yuzasidan xam hamshira R. Qutliqova so’z olib, quyidagilarni so’zladi:
Bolaning tugri ovkatlanishi, ozoda yurishi bolalarda uchraydigan xar-xil yukumli kasalliklarni oldini oladi. Tez kasallikka uchraydigan nimjon bolalarni ota-onalari bilan hamkorlikda soglomlashtirish ishlarini olib borish kerak. Bolalarga vitaminli, kaloriyali ovqatlar berish bolalarni soglom va bakuvvat bulib usishiga yordam beradi.
Yoz oylarida eng ko’p uchraydigan yuqumli kasalliklardan biri yuqumli ichak kasalligi “Dizenteriya” bo’lib, asosan shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilmaslik, meva va sabzavotlarni yuvmay iste’mol qilish, aynigan va issiqda turib qolgan ovqat yoki poliz ekinlarini iste’mol qilish natijasida shu kasallik bilan og’riydi. Tashkilotmizda bolalar urtasida yukumli kasallaklarni oldini olish chora-tadbirlari tuzildi. Tashkilotdagi xar-bir xodim tibbiy kurikdan utgan xolda ishga kuyilishi, sanitariya epidemiologiya koidalariga kat’iy rioya kilishlari, zararsizlantiruvchi moddalardan tugri foydalanishni bilishlari kerak. Xar-bir bolaga aloxida- aloxidadan idishlarni, yotok joylarni, sochik va sovunlarni tashkil kilib, markirovka kilinishi kerak. Idish yuvish va stollarni artish uchun, changlarni artish uchun aloxidadan vetishlar tashkil kilinib, ishlatib bulgandan sung sodalab yuvib, yarim soat zararsizlantiruvchi moddaga buktirib kuyish kerak. Yasli guruxida foydalanilayotgan gorshoklarni yuvish va zararsizlantirish ishlarini tugri va sifatli bajarish lozim.
O’sib kelayotgan avlodni salomatligini saqlashda, sog’lom avlod hayot tarzini shakllantirishda gigienik tarbiya katta axamiyatga egadir.
Yig’ilish qaror qiladi:
Tashkilotda 2022- yil yozgi sog’lomlashtirish ishlarini reja asosida olib borish.
Tarbiyalanuvchilarni cuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o`tkazib, natijasida aniqlangan kasalliklarni sog’lomlashtirish rejalari ishlab chiqib, shu asosida ota-onalar bilan xamkorlikda davolash ishlari yo’lga qo’yilib, xar-bir bolaning salomatligini nazorat kilib borish.
Yuqumli ichak kasalliklarini oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqib, sanitariya targ’ibot ishlarini kuchaytirish.
Yuqoridagi vazifalarni bajarilishi uchun mas’ul shaxslar ajratilib, ishlari mudira tomonidan nazoratga olinsin.
MTT direktori: Z.Komilova
Do'stlaringiz bilan baham: |