Ijtimoiy demografik muommolar Markaziy Osiyodagi eng muhim muommo bo`lib hisoblanadi. Chunki Markaziy Osiyo hududida 55 mlndan ortiq kishi yashamoqda. Tabiiy o`sish aholining zichligi –joylashivi , bilimdonlik darajasi, kasbi , mehnat resurslari bilan ish bilan ta`minlanganligi va boshqa demografik ko`rsatkichlar Respublikalarda turlicha. Shuningdek iqtisodiyotga rivojlanish darajasi moddiy texnika ba`zasi va ishlab chiqarish texnologiyasi bir xilda emas. Kishilarning tabiatga va ishlab cjhiqarishga bo`lgan munosabati va ta`siri ham boshqa - boshqa. Ba`zi hududda ishlab chiqarish kuchlari mehnat vositalari xo`jalik tarmoqlari moddiy texnika ba`za to`planib qolgan, boshqa bir joyda esa uning aksi. Oqibatda inson – jamiyat tabiat o`rtasidagi o`zaro munosabatda nomutanosibliklar bo`ladi. Bu hol ham tabiiy, ham ijtimoiy ekologik muommolarni vijudga keltirmoqda, buni biz O`zbekistonda, Qozog`iston va boshqa Respublikalarda ham ko`rmoqdamiz.
Iqlim bilan bog`liq muommolar keyingi 10-15-yil orasida xududda ilish kuzatilmoqda. (CO2 konsentrasiyasining ortishi va antropogen omillar asosida ). Suvga bo`lgan talab keyingi chorak asrda ortib borayotir. Sug`orib ekiladigan yerlar maydoni 1,5 barobarga ko`payib, hozirgi kunda birgina O`zbekistonda 4.5 mln ga dan ortib ketdi. Oqibatda yirik daryolarimiz suvlari Orolga to`liq bormayotir. Orol dengizi sathi pasayib bormoqda. Suvdan holis bo`lgan yerlar oldingi qirg`oq chizig`idan 100-150km dengiz tomoniga kirib bordi. Natijada harorat 1,5 gradusga ortdi, nisbiy namlik 10-15 %ga kamaydi. Orol dengizining 1960 -yildagi maydoni 689000 kvadrat kilometr, suv satxi 53,4 metr bo`lgan bo`lsa, 1994-yilga kelib bu kattaliklar 32500 kv km va 36,6 metrni tashkil etdi. 2000 -yilda Orol dengizining maydoni yanada qisqardi va suv satxi pasaydi, oqibatda Orol yuzasida taqsimlangan modda va energiya miqdori keskin o`zgardi. Orol, Orol atrofi va Orol havzasida ekalogik muammolar vujudga keldi. Yer usti suvlarining ekalogiyasida o`zgarishlar yuz berdi. Agarda daryoni suvi Markaziy Osiyo regionida 125-128 kub/km ni tashkil etgan bo`lsa, shundan qishloq xo`jaligida 110 kub/km suv foydalanilmoqda. Natijada 35-38 kub km suv yuqori darajada minerallashib qoldi. Menirallashgan suvlar yana daryolarga va boshqa suv havzalariga quyilmoqda. Sanoat chiqindilari, tashlandiq suvlar toza suvning ifloslanishuviga sabab bo`lmoqda. Yer resurslaridan foydalanish va tuproqlarning ekalogik holatida ham o`ziga xos ko`rsatkichlar mavjud. Tog` kon sanoatining rivojlanishi bilan antropogen buzilgan landshaftlar vujudga keldi va kelmoqda. Faqat O`zbekistonda 1956-1960- yillarda shamol eroziyasi natijasida 200.000 gektar maydon paxtazorlar nobud bo`lgan. Tuproqqa ishlov berishning qoloq usullaridan foydalanish natijasida tuproqning zichlashuvi kuchaydi, hosildorlik kamayib ketish hollari kuzatilmoqda. Pestisid va miniral o`g`itlarning tuproqqa ta`siri ularning miyoridan ortiqcha ishlatilishi natijasida ortib bordi. Masalan: paxtachilikni rivojlantirish uchun O`zbekistonda har gektar yerga 300 kg azot, 200 kg fosfor, 110 kg kaliy o`g`itlari solinadi. Ayrim joylarda undan ham ko`p foydalaniladi. Sug`orishni to`g`ri tashkil etmaslik va suvdan noto`g`ri foydalanish oqibatida ham suv resurslarini, sug`oriladigan yerlarning egologik holati yomonlashdi, chuchuk suv tanqisligi yuzaga kelmoqda. Su`niy sug`orish natijasida inson tabiatga juda katta ta`sir ko`rsatmoqda. Masalan: paxta suvni ko`p talab qiladi. Har gektar ekin maydoniga 5-8 ming kub metr suv sarf qilinadi. Birgina O`zbekistonda chigit ekilgan maydon 1,3 mln ga atrofida. Sug`orish tizimini to`g`ri tashkil etmaslik natijasida dala maydonlariga berilayotgan suvning yarmi yetib bormaydi. Mutahassislarning hisoblashlaricha Markaziy Osiyoning ba`zi bir joylarida meyoriy suvga nisbatan 5-7 marta ko`p suv sarflanmoqda. Natijada yer shurlanishi kuchaymoqda va ayniqsa O`zbekiston, Turkmaniston hududlaridagi har 3 ta sug`orma yerlarga 1 ga shurlangan yer to`g`ri keladi. Chuchuk suv yetishmasligi muammosi turgan bir vaqtda shaharlarda suvdan foydalanish meyorlari oshgan holda buzulmoqda. Me`yorga nisbatan Dushanbeda 1,6 martaga, Toshkentda 2,0 martadan ko`p, Buxoro va Navoiy viloyatlarida 3,0 marta ko`p chuchuk suv iste`mol qilinmoqda. Tuproqlarning pasporti (xossa va xusiyatlari tavsilotlari yig`indisi) ilmiy asosda o`rganilmay turib, ularning suvga bo`lgan talabchanligi hisobga olinmay turib, nazoratsizligi oqibatida behudaga suvlar sarflanmoqda. Natijada yerlarning melliorativ holati yomonlashidi.
Do'stlaringiz bilan baham: |