Umumiy muammolarni bartaraf qilishning chora tadbirlari
Sovet Ittifoqining parchalanishi natijasida mustaqil davlatlar shakllandi. Shu jumladan Markaziy Osiyo zaminida Qozog`iston , Tojikiston, Qirg`iziston, Turkmaniston va O`zbekiston davlatlari tarkib topdi. Ularni Mustaqil davlat sifatida Birlashgan Millatlar Tashkiloti va jahondagi juda ko`p mamlakatlar, nufuzli tashkilotlar tan olishdi, diplomatik munosabatlar o`rnatishdi. Tarixi, zamini, etnik kelib chiqishi, dini urf- odatlari, orzu- umidlari, maqsadlari, tabiiy sharouit va resurslari, istiqbol imkoniyatlari bir bo`lgan qozoq, qirg`iz, tojik va o`zbek, turkman va qoraqalpoq halqlari yangi hayot qurishga va bu borada o`zaro hamkorlik, qilishga harakat qilmoqdalar.Mazkur davlatlar uzoq va yaqin o`tmishda yaqin yaxlit bo`lgan, A.Temur ta`kidlaganidek, ularning mulki Turon, millati turk bo`lgan. Markaziy Osiyo xalqlari jahon fani va ma`daniyatining rivojlanishiga juda katta hissa qo`shgan.XX asrning 90 yillaridan boshlab bu zaminda vaziyat o`zgardi. Dunyo siyosiy kartasida Mustaqil davlatlar tashkil topdi. Bu davlatlar hozirgi kunda va kelajakda ijtimoiy, ma`naviy jihatdan o`zaro bir – biriga yaqinlashishni hamkorlikni parchalanishga qarshi qo`ydilar. Tarixiy va zamin birligi, tenglik asosida iqtisodiy, texnikaviy va madaniy aloqalarni qayta tiklash va rivojlantirishga harakat qilmoqdalar.Markaziy Osiyo davlatlari ma`lum bvir geografik o`lkada joylashganligi uchun uning tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari deyarli bir xil bo`lib, ba`zi tomonlardan bir oz farqlanadilar, shuning uchun ham bu o`lkaning tabiatini, tabiiy resurslarini, iqtisodiy va boshqa geografik imkoniyatlarini, davlatlar iqtisodiyotini rivojlantirish bilan bog`liq boshqa muommolarni alohida – alohida hal qilib bo`lmaydi. Markaziy Osiyo davlatlarida umumiylik shu qadar ko`pki, uni birgalikda qarash va birgalikda yechish davr taqazosidir.Markaziy Osiyo hududining geografik o`rni va tabiiy resurslarini birgalikda o`rganish, ulardan foydalanishni hamda muommolarni birgalikda hal etish muhim ahamiyatga ega. Chunki ularning geografik va iqtisodiy jihatdan taqsimlanishi, mazmuni shi qadar o`ziga xoski, buni yakka tartipda yechib bo`lmaydi. Jumladan Markaziy Osiyoning tabiiy va iqtisodiy, madaniy, ichki va tashqi aloqalari mazmuniga, mohiyatiga juda katta ta`sir ko`rsatadi. Masalan: Rossiya, Xitoy, Afg`oniston, Eron bilan, Kaspiy dengizi bilan bo`lgan chegara va qo`shnichilik aloqalarini olaylik. Shimolda Rossiyaning iqtisodiy jihatdan ancha rivojlangan Volga bo`yi, Ural Shimoliy Kavkaz, G`arbiy Sibir kabi yirik iq1tisodiy rayonlari bilan bog`langan. Bu ayniqsa Qozog`iston Respublikaning iqtisodiy taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega. Yoki Markaziy Osiyo davlatlari Kasbiy dengizi orqali Rossiya va G`arbiy Yevropadagi hamda O`rta dengiz bo`yi mamlakatlari bilan bog`lanish imkoniyatlariga egadirlar. Shuningdek , Xitoy orqali Tinch okeaniga, Eron, Afg`oniston, Pokiston orqali Osiyoning janubidagi davlatlar bilan hamkorlik qilish imkoniyatlariga egadirlar.Markaziy Osiyo hududining g`arbiy qismini yirik neft- gaz mintaqasi kesib o`tgan. U Sayyoramizdagi yirik neft –gaz mintaqasi (Fors qo`ltig`idan toki G`arbiy Sibirigacha cho`zilgan) tarkibiga kiradi. Shuningdek MDHdagi tabiat resurslarining 2-4%, qishloq xo`jaligiga yaroqli yerlarning 47%, va haydaladigan yerlarning 20% shu o`lkada mavjutdir. Region uchun suv resurslarning tanqisligi xos bo`lib, bu borada Qirg`iziston va Tojikiston qulay imkoniyatga ega. Markaziy Osiyo davlatlari uzoq yillar davomida xom- ashyo yetkazib beruvchi mavqega ega bo`lgan. 80- yillarda Sobiq SSSR sanoat maxsulotining 5 % , qishloq xo`jalik mahsulotlarini 16 % ini ishlab chiqargan. Shuningdek sanoatda texnologik siklning to`liq darajaga ega emasligi, uning tugallanish darajasi unchalik rovijlanmaganligi bilan ajralib turgan. Shuning uchun ham bularni Mustaqilik yillarida yaxshilash har bir davlatning, qolaversa, shu mintaqadagi barcha mamlakatlarning hal etilishi lozim bo`lgan muommoli vazifasidir.Resurslarning zahirasi taqsimlanishi ulardan foydalanishni birgalikda olib borishni taqazo etadi. Masalan Amu daryo suvidan foydalanish faqat O`zbekiston uchun emas shu jumladan Tojikiston va Turkmaniston uchun , Sirdaryo suvidan foydalanish faqat O`zbekiston uchun emas, balki Qirg`iziston, Tojikiston Qozog`iston uchun ham muhimdir. Bunday foydalanish barcjha tabiat resurslari uchun ham xos. Jumladan Qoraqum va Qziliqum, Kasbiy orol dengizlaridan foydalanish neft va gaz hamda boshqa foydali qazilmalarni qzib olish va ulardan foydalanish Markaziy Osiyodagi barcha davlatlarning birgalikda hal qilish lozim bo`lgan ishidir. Yoki qishloq xo`jaligining chorvachilik , donchilik ham texnika ekinlarini rivojlantirish uchun Markaziy Osiyodagi davlatlar o`z maqsadlaridan kelib chiqqan holda birgalikda ish olib borishlari lozim.Markaziy Osiyo hududi xilma – xil shakl va ko`rinishga ega bo`lgan yer sayyorasining bir qismi bo`lib, unda kechadigan hodisa va jarayonlar tabiatga, butun borliqqa xos bo`lgan qonuniyatlar asosida sodir b`oladi. Shulardan biri Markaziy Osiyo hududi bo`lib, uning asosiy qismi dunyodagi eng katta berk havzaning (Yevroosiyo materigida) markazida joylashgan. Hududda kechadigan hodisa va jarayonlar bekr havzaga xos bo`lgan qonuniyatlar bilan bog`liq. Shuning uchun, berk havzaga xos bo`lgan qonuniyatlarni bilish ham ilmiy , ham amaliy ahamiyatga ega. Bilish asosidagina biz Markaziy Osiyo hududidagi ijtimoiy – iqtisodiy va ayniqsa, ekologik muommolarni bartaraft qilishimiz mumkin.Markaziy Osiyo hududi umumiy mnaydoning 90% dan ortiq qismi berk havzadan iborat. Hozirgi kunda bu hududa o`ziga xos ijtimoiy iqtisodiy va ekologik muommolar vujudga kelgan. Ularning kelib chiqish sabalari unga ta`sir etgan omillarni, shuningdek ularni optemallashrtirish uchun ko`rilayotgan va qo`llanilayotgan chora- tadbirlarning samaradorligini o`rganish tadqiqotlar olib boorish hozirgi kun taqazosidir. Shu davrning asosiy muomolari Markaziy Osiyo hududida quyidagilardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |