Jahongir Muhammad Tarixiy roman Qotil birinchi bob



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/32
Sana24.02.2022
Hajmi1,37 Mb.
#189740
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32
Bog'liq
1 5165658931854311881

O‘N TO‘RTINCHI BOB 
Nilufar Fotima bilan Kobuldan Qunduzga keldi. Bu yerda Yosir degan bir yigit bilan 
tanishdi. U O‘zbekistondan kelgan jangarilarning tarixchisi ekan. Lekin nogiron 
bo‘lgani uchun unga diqqat qilishmagan. Ikki oyog‘i shal bo‘lib qolgan. U uydan 
chiqmay yotgani uchun ham hech kimning diqqatini tortmagan. Ammo bilmagan 
narsasi yo‘q. Nilufarning dunyoqarshini ana shu yigit ochdi. U asli shoir ekan. Avval 
Avropaga ketib, u yerlarda o‘zbek shoiri deb nom chiqaribdi. Keyin tasodiflar tufayli 
bu yerga kelib jangarilarga qo‘shilibdi. Hatto o‘zbek jangarilarining kurashi haqida 
film ham qilgan ekan.
Yarador bo‘lib oyoqlari ishlamay qolgach, bir kampirning uyida qolib ketibdi va 
uning holidan hech kim xabar ham olmabdi. Kampir Fotimaning xolasi. Birov 
so‘rasa, Yosirni nevaram, Hollandiyada tug‘ilgan, xasta bo‘lgani uchun olib 
kelganman, deydi.
Yosir O‘zbekistondagi vaziyat, Karimov va uning atrofidagilar haqida Nilufarga har 
kuni gapirib berar edi.


-Xorazmlik bir keksa xolaning to‘rta o‘g‘lini qamab yubordi. Ikkitasiga otish hukmi 
berdi. Gunohi-namoz o‘qigani. Bechora ayol radiolarda gapira boshlagandi, o‘zini 
ham qamab qo‘ydi…
-Ayollarga rahmi kelmaydimi?-so‘radi Nilufar.
-To‘laganova degan deputat ayol unga qarshi gapirgandi. Yo‘qotib yubordi. 
Ro‘zimurodov degan deputatni ham o‘ldirtirdi. Qo‘qonov, Jo‘rayev deganlarini 
umrbod qamoqqa solib qo‘ydi. Xotin-xalajlari nonsiz, pulsiz qoldilar. Ming-minglab 
odamlarni qamab tashladi va ayollariga rahm qilmadi.
-Nega qamaydi?
-Qo‘rqadi, o‘g‘ri ola ipni ham ilon deb sakrab qochgani kabi u ham hamma narsadan 
qo‘rqadi. 
Har kungi ana shunday suhbatlar Nilufarning yuragidagi nafrat va qasos hissini 
kuchlantirib yubordi. Shu orada Yosirning huzuriga baʼzi odamlar kelib-keta 
boshladilar. Ulardan biri uning qishlog‘idan ekan. Ikkinchisi esa, xorijda tanishgan 
do‘sti. Ular Yosir bilan soatlab gaplashishar edi. Kampir yoki Nilufar ular haqida 
so‘rab qolishsa, Yosir kitobi chiqishini va ular tarjimonu noshir ekanligini aytardi. 
Rostdan ham bir kun ular Yosirning sheʼrlar to‘plamini nashr etib, olib kelishdi va 
anchagina pul ham berib ketishdi. Shundan keyin Yosir Nilufarni O‘zbekistonga 
boradigan odamlar bilan tanishtirdi. Ular Nilufarni xudkushlikka o‘rgatishdi… 
Bir kun yo‘lga chiqib, osongina Toshkentga kelishdi. Nilufar hech hayajonlanmasdi. 
Qasos olsam, bas, der edi. Toshkentda bir xonadonda uning vujudiga portlatgichlar 
taqishdi va bir yigitning mashinasida yo‘lga chiqishdi. Bahor kunlari bo‘lgani uchun 
uning diqqatini gullagan daraxtlar tortdi va yuragi hapqirib ketdi. 
Tibbiyot oliygohiga qatnagan kunlari ko‘z oldiga keldi. Faqat bitta orzusi bor edi. U 
ham bo‘lsa oq xalat kiyib yurish. Birinchi marta oq xalat kiygan kuni shu qadar ham 
sevingan edi-ki, go‘yo butun dunyo uning mulkiga aylangandi. Men endi 
odamlarning xaloskoriman, deb o‘ylagandi o‘shanda. Xastalarni davolayman, o‘lim 
bilan yuzma-yuz qolganlarni qutqarish choralarini ko‘raman. Odamlarning dardiga 
malham bo‘laman… Lekin orzularining hammasi chil-parchin bo‘ldi. Odamlarning 
hayotini qutqarish uchun yo‘lga chiqib, mana endi ularning jonini olish uchun 
borayapti. Nahotki hayot insonni shunchlik tez suratda u qirg‘oqdan bu qirg‘oqqa 
uloqtiradi. Nima gunoh qildim? Qayerda adashdim? Agar adashgan bo‘lsam, nega 
yo‘l ko‘rsatadigan bo‘lmadi? 
Uning ko‘zi birdan bekatdagi bolalarga tushdi. Bir ayolning har tomonidan tutib 
olishgan. Biri etagiga osilgan, biri qo‘lidan tutgan, yana biri… mashina yeldek uchib 


o‘tgani uchun u yana birini ko‘ra olmadi. Balki u onasining ortida edi. Bolaligini 
esladi. Doim onasining ortida yurar edi. Onasi uni erkalatib “Kelayapsanmi, dum” 
der edi. Bu gapni onasi aytsa, yoqardi. Ammo otasi aytsa, negadir jahli chiqardi. 
Bechoralar…. farzand katta qilib, nima oldingiz? Boshqalar-chi? Nega ularning 
boshiga ham farzandlari tufayli olamning dardi yog‘ilmoqda? 
Prezidentning o‘zi ota-onalar bolalari uchun javobgar emas, deb aytgan ekan. Keyin 
chiqib so‘zini o‘zgartirib, ular javogar, debdi. Bitta odam butun xalqni istagani kabi 
qanday qilib boshqarmoqda? Uning qudratli kuchi bormi? Nima uchun odamlar 
unga qarshi chiqa olmaydilar? Jonlari shuncha shirinmi? Mana menga hayotning 
qizig‘i qolmadi. Ularga-chi? Tahqir, qiynoq va qiyinchiliklarga o‘rganib qoldilarmi? 
Ko‘zi yana daraxtlarga tushdi. Gullagan daraxtlarni ko‘rganda qalbiga sevinch 
inardi. Bolaligida gullagan daraxtlar ostida qiyqirib yurganlarini eslardi. Hozir esa, 
daraxt gullari o‘likdek tuyulmoqda. Jonsiz gullar… Aslida gullar jonli emas… Agar 
sen jonli bo‘lsang, ular ham jonli… sen sevinsang ular ham senga sevinch bergandek 
bo‘ladilar… Aslida esa ular o‘lik! 
Birdan uning ko‘zi “Markaziy univermag” degan yozuvga tushdi. Bayramlar oldidan 
buvisining uyiga kelib, shu yerda tunab qolardi. Saharlab univermagga borishardi. 
Yaxshi narsa kelsa odamlar turnaqator bo‘lishardi. Baʼzan nima sotilishini 
bilmasalar ham navbatda turaverardilar. Buvisidan “Nima sotishar ekan”, deb 
so‘rasa, “ Yaxshi narsa” degan javob olardi. Ana shu yaxshi narsa baʼzan savil 
qolgur narsa bo‘lib chiqardi va kutganlari behudaga ketardi. 
Qarshida Ko‘kaltosh madrasasi, orqasida Eski Juva bozori. Sal narida “Bolalar 
dunyosi” do‘koni. Orqadagi yo‘ldan tepaga ko‘tarilsa, buvisining uyiga boradi. 
Nilufarning vujudida sog‘inch, ayriqliq azoblari kamsitilish va xo‘rlanish 
tuyg‘ulariga qo‘shilib, ko‘z yoshiga aylandi. Uning qachonlardir muzga aylangan 
qalbi birdan erigan edi. Qurib qolgan ko‘zlariga bir necha yildan keyin ilk bor namlik 
ingandi. Negadir u mashinaning ichida cho‘kib borayotgandek his qildi o‘zini. 
Atrofga alanglab qaragancha, boshidagi hijobini peshanasiga yaqinroq tortardi. 
Xuddi hozir hamma uni tanib qolib, “Ana Nilufar!” deb baqiradigandek bir holatni 
his qildi. 
Shu payt mashina to‘xtadi va shofer yigit ׃ 
-Men hozir bir zumga, ana u yerda do‘stlarim turgan ekan, bir salomlashib olaman, 
keyin aytilgan manzilga boramiz,-deb mashinani avtobus bekatiga yaqin joyda 


to‘xtatib, Ko‘kaltosh madrasasi tomonga yurdi. U borib uch kishi bilan quchoqlashib 
ko‘rishdi. 
Nilufar ularni tanidi. Bittasi Nodirxon. Yonidagisi Yo‘lbars, uning yonida esa 
Alisher… Nilufarning ichidan bir faryod otilib, bo‘g‘ziga tiqildi. Necha yillik 
qasosning vaqti birdan kelib qolgandi. “Xudoyim, shunday moʻjizalar ko‘rsatasan-
ki, bandalaring lol qoladi!” U ko‘kragini siypalab tugmachani topdi-da, mashinadan 
tushib, Nodirxonlar turgan tomonga yugura boshladi. Shu payt birdan portlab ketdi. 
Atrofga qon sachradi… qip-qizil qon… 
-Axmoq, asosiy tugmacha menda ekanligini bilmasdi,-dedi uni olib kelgan yigit. 
-Bo‘pti, qolganini keyin gaplashamiz, ketdik,-deya ular “Markaziy univermag” 
tomonga o‘tib, yengil mashinaga minishdi. 
Hamma har tomonga qochar ekan, Nodirxon mashinani shoh yo‘lga burib, 
yigitlarga ׃ 
-Kattaga aytib, xorijdan tekshiruvchi chaqirsak, iz chiqmaydimi?-dedi. 
-Pasporti ham yonida. Mashinada esa qamoqdan qochirilgan mullaning izlari bor, 
portlatgichlar ham naryoqdan keltirilgan,-dedi ulardan biri… 

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish