Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/389
Sana26.02.2022
Hajmi5,53 Mb.
#466878
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   389
Bog'liq
Q8DNctbLglU8uFzK6jgQBUcpOO0Y8oIEtJwGVlbR

Banklarning o„z mablag„lariga
– bankning ustav kapitali va unga 
tenglashgan mablag‗lar, jumladan, zaxira kapitali, maxsus fondlar, 
moddiy rag‗batlantirish fondi, boshqa har xil tashkil qilingan fondlar 
hamda taqsimlanmagan foydasi kiradi.
Jalb qilingan mablag„lar –
depozitlar, jamg‗armalar, qarzga 
olingan mablag‗lar kontokorrent hamda korrespondent hisob varaqlarida 
o‗z ifodasini topadi.
Moliyaviy menejment tizimida eng muhim yo‗nalishlardan biri 
bank aktiv va passivlarini samarali boshqarish hisoblanadi. Aktivlarni 
boshqarish asosida o‗z va jalb qilingan resurslarni joylashtirish tartibi va 
yo‗llari yotadi. Tijorat banklarining passivlarini boshqarishda xalqaro 
bank amaliyotida ―Bank passivlarini boshqarish‖ nazariyasidan keng 
foydalaniladi. Mazkur nazariyada asosiy e‘tibor tijorat banklarining 
depozit bazasini yaxshilashga qaratiladi.
1960-70-yillardan boshlab bank likvidligini boshqarish borasida 
―passivlarni boshqarish‖ nazariyasi paydo bo‗ldi va bank likvidlik 
muammosini yechish borasida o‗z passivlariga, ya‘ni majburiyatlariga 
e‘tibor qarata boshladi. Bu nazariyaning paydo bo‗lishiga iqtisodiyotda 
fond va pul bozorining shakllanishi hamda ikki pog‗onali bank 
tizimining to‗la shakllanishi bilan bank mablag‗lari bozorining 
rivojlanishi turtki bo‗ldi. Bu nazariy fikrga tayangan holda banklar o‗z 
likvidligini pul bozori va sarmoya bozoridan qarz olish, ya‘ni mablag‗lar 
jalb qilish orqali boshqara boshlashdi. Bu, asosan, Markaziy bankdan 
mablag‗lar sotib olish, depozit sertifikatlari, qisqa muddatli tijorat 
veksellari va yevro, dollar kabi qarz majburiyatlarini muomalaga 
chiqarish shaklida amalga oshiriladi. 
Ushbu nazariya himoyachilari bank resurslari yetarli bo‗lmagan 
hollarda bank likvidligi muammosini bozordan qo‗shimcha mablag‗lar 
jalb qilish yo‗li bilan hal qilinishi mumkin deb ta‘kidlaydilar. Boshida 
bu nazariyani faqat yirik banklar ma‘qullagan edi, lekin keyinroq bu 
nazariya banklar tomonidan tan olindi. 
Passivlarni boshqarish nazariyasi orqali tijorat banklari likvidligini 
boshqarish quyidagi ikki xulosaga asoslanadi: 
1. Tijorat banklari qo‗shimcha mablag‗larni kapital bozorlaridan 
jalb qilish yo‗li orqali likvidlikka erishishi mumkin. 


102
2. Tijorat banklari Markaziy bank, boshqa banklardan olingan pul 
mablag‗lari hisobiga likvidligini ta‘minlashi mumkin. 
Ko‗plab rivojlangan mamlakatlar bank tizimida asosan ―bank 
passivlarini boshqarish‖ nazariyasi asosida o‗z likvidligini ta‘minlaydi.
Bankning aktiv operatsiyalari ko‗lami, ular joylashtiradigan 
resurslar hajmi, miqdori, bankning passiv operatsiyalari, jalb qilingan 
mablag‗lar summasiga bog‗liq bo‗ladi. Bunday holat resurslarni jalb 
qilish bo‗yicha banklar o‗rtasida raqobatni keltirib chiqaradi. 
Bank resurslari bank balansining passiv qismida aks ettiriladi. 
Bankning ixtiyorida mavjud bo‗lgan resurslar uning amalga 
oshirilishi mo‗ljallanayotgan aktiv operatsiyalar uchun yetarli bo‗lmasa, 
zarur 
miqdordagi 
mablag‗larni 
Markaziy 
bankdan, 
nobyudjet 
fondlardan, pul bozoridan sotib olish yoki qarzga olish mumkin. 
Resurslarni jalb qilishda bank o‗z kapitalining yetarli darajasi miqdoriga 
ega bo‗lishi va uni me‘yor darajasida ta‘minlashi lozim. 
Tijorat banki o‗z mijozlarining bo‗sh turgan mablag‗larini qarzga 
olish bilan, bir vaqtning o‗zida, bu mablag‗larni o‗z vaqtida 
qaytarilishini ta‘minlash majburiyatini ham oladi, shuning uchun bank 
barqaror likvidlikka ega bo‗lishi kerak. Ishonchlilik va likvidlilik 
tamoyillari tijorat banki faoliyatining zarur shartlaridan bo‗lib, ular 
aholining bo‗sh turgan pul mablag‗larining banklar sari oqimini 
ta‘minlaydi. Undan tashqari bankning ahvoli moliyaviy jihatdan kam 
samarali bo‗lgan holatda mijozlar o‗z mablag‗larini qaytarib olishlariga 
ishonch hosil qilishlariga zamin yaratadi. 

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish