Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/389
Sana26.02.2022
Hajmi5,53 Mb.
#466878
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   389
Bog'liq
Q8DNctbLglU8uFzK6jgQBUcpOO0Y8oIEtJwGVlbR

quyidagi asosiy talablar
ga rioya qilinadi: 
- Markaziy bank belgilagan ustav kapitalining eng kam miqdori yu-
zasidan talablarga muvofiqligi; 
- ko‗zda tutilayotgan o‗sishni qo‗llab-quvvatlash darajasi; 
- ko‗zda tutilayotgan daromadlar va asosiy foizlar darajasi; 
- muassislarning zarur hollarda qo‗shimcha kapitallar kirita olish 
qobiliyati v.b. 
Faoliyat ko‗rsatayotgan banklar ustav kapitaliga talablar iqtisodiy 
ahvol va bankning moliyaviy holatidan kelib chiqib Markaziy bank 
tomonidan belgilanadi. 
Bank ustav kapitali miqdorining o‗zgarishi va o‗zgarishni ro‗yxatga 
olish tartibi Markaziy bank tomonidan tartibga solinadi.
Banklarni ustav kapitalining minimal miqdori banklarni har xil 
risklardan saqlash maqsadida belgilanadi. Chunki bank ustav fondi 
qancha katta bo‗lsa, uning resurslari ham ko‗p bo‗ladi. 
Bankning tashkiliy shakliga qarab, ustav kapitali oshishi mumkin. 
Aksionerlik jamiyati ko‗rinishidagi tijorat banklar o‗z ustav kapitalini 
oshirishlari uchun qo‗shimcha miqdorda aksiyalar chiqarishlari va ularni 
yuridik va jismoniy shaxslar orasida tarqatishi mumkin. Qo‗shimcha 
mablag‗larni jalb qilishda bu banklarga o‗z qarz majburiyatlari, ya‘ni 
obligatsiyalar chiqarish huquqi berilgan. Obligatsiyalar barcha aksiyalar 
to‗la to‗lanib bo‗lgach, ustav fondining 20 dan oshmaydigan qiymati 
hajmida chiqarilishi mumkin. 
Mas‘uliyati cheklangan jamiyat ko‗rinishida tashkil topgan banklar 
o‗zlarining ustav kapitallarini yoki qo‗shimcha ishtirokchilarning 
ulushini oshirish orqali ko‗paytirishlari mumkin. 
Har yili har bir bank aksioneri (ishtirokchisi) o‗zining ustav 
kapitalidagi ulushiga mos ravishda bank foydasining bir qismini 
dividend ko‗rinishida oladi. 
Dividendlar hajmi va uni hisoblash tartibi aksiya turi (oddiy yoki 
imtiyozli aksiyalar) va chiqarilishi shartlariga bog‗liq bo‗ladi
Aktiv operatsiyalar natijasida tijorat banklari har xil foizlarda 
ularning risk darajasiga qarab ajratib boradilar. 
Zaxira fondi foydadan ajratmalar hisobiga shakllanadi. 
Zaxira fond bilan bir qatorda tijorat banklarida ishlab chiqarish va 
ijtimoiy rivojlanish fondlari ham foyda hisobidan tashkil topishi 


108
Markaziy bankning me‘yoriy talablariga muvofiq bank kapitali 
asosiy (birinchi darajali kapital) va qo‗shimcha (ikkinchi darajali) 
kapitaldan iborat. Tartibga solish funksiyasini asosan, birinchi darajali 
kapital bajaradi, chunki u asosan aksiyadorlar ulushidan tashkil topadi. 
Bank kapitali uning faoliyat yuritish chegaralarini belgilab beradi, 
investorlar hamda aksiyadorlar va qolaversa, bankning o‗zi uchun 
muhim ahamiyatga ega bo‗lgan moliyaviy barqarorlik darajasini 
ko‗rsatib beradi. 
Bankning tashkil topish shakliga qarab, ustav kapitalining 
shakllantirilishi turlicha bo‗ladi. Agar bank aksionerlik jamiyati 
ko‗rinishida shakllanayotgan bo‗lsa, ustav fondi aksiyalarining nominal 
qiymati ko‗rinishida tashkil topadi. Bunda aksiyalar ochiq obuna qilish 
yo‗li bilan yoki ta‘sischilarning ustav fondidagi ulushlariga qarab tarqa-
tilishi mumkin. 
Agar bank ma‘suliyati cheklangan jamiyat ko‗rinishida tuzilgan 
bo‗lsa, ustav fondi ulushlarga bo‗lingan holda bo‗ladi. Ularning hajmi 
ta‘sis hujjatlari bilan aniqlanadi. Bunda bank ishtirokchilari o‗zlarining 
ulushlari me‘yori chegarasida majburiyatlarni o‗z zimmalariga oladilar. 
Bankning tashkiliy-huquqiy shakliga qaramay, uning ustav fondi 
yuridik va jismoniy shaxslarning to‗lovlari orqali shakllanadi va 
ta‘sischilarning majburiyatlarini bajarish uchun xizmat qiladi. Ustav 
fondi faqat bank ishtirokchilarining xususiy mablag‗lari hisobiga tashkil 
topishi mumkin. Jalb qilingan kredit, garovga olingan mablag‗lar, 
boshqa yo‗llar bilan jalb qilingan mablag‗lar hisobidan bankning ustav 
fondini shakllantirishga yo‗l qo‗yilmaydi. Bankning ustav fondi faqat 
pul mablag‗lari va moddiy aktivlar hisobiga tashkil topishi mumkin. 
Respublika byudjeti mablag‗lari, davlat nobyudjet fondlari 
mablag‗lari va O‗zbekiston Respublikasi davlat boshqaruv va mahalliy 
hokimiyat organlari ixtiyoridagi bo‗sh pul mablag‗lari va boshqa 
obyektlar banklarning ustav kapitali shakllanishida qatnashmaydi. 
Qonunda ko‗rsatilgan holatlarda bank ustav kapitalini shakllantirish 
uchun byudjet mablag‗laridan foydalanish mumkin. 
Agar 
aksiyadorlar 
ustav 
kapitalini 
shakllantirishda 
qarz 
mablag‗idan foydalansa, ustav fondiga qo‗shilgan mablag‗ aksiyadorga 
qaytarib beriladi va aksiyalar kelgusida sotish uchun bankka qaytariladi. 
Tashkil etilayotgan bank kapitalining eng kam miqdori Markaziy 
bank tomonidan belgilanadi. Markaziy bank faoliyat shartlari, biznes-
rejada ko‗rsatilgan operatsiyalar turi va hajmiga qarab, bank ustav 
kapitali miqdoriga qo‗shimcha talablar qo‗yish mumkin. Ustav fondin-
101
binosi, texnika-texnologiya, dasturiy ta‘minotlari, xodimlarining ish haqi 
bilan bog‗liq xarajatlarning barchasi bankning o‗z mablag‗lari hisobidan 
qoplanadi. Bank faoliyati uchun zarur bo‗lgan rezervlar, fondlar ham 
bankning o‗z mablag‗lari hisobidan shakllanadi.

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish