Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/389
Sana26.02.2022
Hajmi5,53 Mb.
#466878
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   389
Bog'liq
Q8DNctbLglU8uFzK6jgQBUcpOO0Y8oIEtJwGVlbR

Depozit banklar. 
Angliyaning eng asosiy depozit banklariga kliring 
banklari ham tegishli bo‗lib, bu kliring shartnomasi asosida tuzilgan eng 
yirik aksioner banklar hisoblanadi. Barcha kliring banklarni Barclays, 
National Westminister, Midland va Lloydslardan iborat bo‗lgan ―katta 
to‗rtlik‖ boshqaradi. Kliring banklarning asosiy vazifasi omonatlarni jalb 
qilish va kredit berishdan iborat.
Depozit banklarning keyingi guruhi savdo banklari (Merchant 
Banks) bo‗lib, ular bank operatsiyalarini bajaruvchi savdo tashkilotlari 
asosida vujudga kelgan. Hozirgi paytda ayrim savdo banklari bank ope-
ratsiyalari bilan bir qatorda sanoat va savdo-sotiq funksiyalarini ham ba-
jarmoqda. Savdo banklar o‗zining uzoq vaqt davom etadigan faoliyati 
bilan ajralib turadi va ba‘zilari 100 yillik tarixga ega. Savdo banklarning 
kliring banklardan ajratuvchi asosiy xususiyati va bir paytning o‗zida 
imtiyozi bu ularning o‗z moliyaviy ahvoli va bajaradigan operatsiyalari 
to‗g‗risidagi hisobotini e‘lon qilish shart emasligidadir. Bu imtiyoz tu-
fayli savdo banklar ko‗p yillar davomida mustaqil ravishda taraqqiy etdi.
Savdo banklari asosan uchta sohada faoliyat ko‗rsatmoqda: 


72
1.
Haqiqiy bank operatsiyalari (aksept-kredit operatsiyalari, funt 
sterlingdagi zayomlarni qabul qilish va chiqarish, eksportni moliya-
lashtirish); 
2.
Tadbirkorlarga xizmat ko‗rsatish (tashkilotlar birlashganda 
yordam berish, ularni moliyalashtirishning eng qulay imkoniyatlarini 
topish); 
3.
Qimmatli qog‗ozlarni boshqarish (qimmatli qog‗ozlarni saqlash, 
sanoat va savdo aksionerlik jamiyatlarini, investitsion kompaniyalarni, 
xususiy fondlarni boshqarish). 
Hisob-kitob uylari. 
Angliya banklarining keyingi turi hisob-kitob 
uylari bo‗lib, hozirgi paytda London shahrida bir nechta yirik hisob 
uylari va kichik ixtisoslashgan makler-firmalar faoliyat ko‗rsatadi. 
Hisob-kitob uylari kafolatlangan muddatsiz depozitlar orqali banklar-
ning likvid fondlari realizatsiyasini amalga oshiradi. Bu fondlar turli xil 
aktivlarni (shu bilan birga, xazina obligatsiyalarini, tijorat veksellarini) 
sotib olish uchun ishlatiladi. Bundan tashqari, hisob uylar bu, veksel-
larning oldi-sotdi bozoridir. Ular Angliya Banki va butun Britaniya bank 
tizimi orasidagi vositachilik vazifasini bajarib, hisob-kitob uylari orqali 
Angliya Banki Britaniya bank tizimini moliyaviy resurslar bilan 
ta‘minlaydi. Veksellarning qayta hisobga olish (diksontlash) orqali qarz 
vositalari bilan ta‘minlash hamda portfel investitsiyalari sifatida turli 
shakldagi qisqa muddatli qo‗yilmalarni taklif qilish hisob uylarining 
asosiy vazifalari hisoblanadi. 
Chet el banklari (Foreign Banks) Angliyadagi yirik bank guruhlari 
hisoblanib, Londonda Nyu-York shahriga nisbatan ikki barobar ko‗p 
chet el banklari filiallari joylashgan.
Angliyaning keyingi bank guruhiga konsorsial banklar kirib, bu 
shunday moliyaviy institutlarki, ularda kamida ikkita davlat qatnashib, 
ulardan hech biri kontrol paketga ega emas. Mazkur banklar rivojlangan
davlatlar kapitali asosida tuzilganligi sababli, ular Evropa bozorida yirik 
miqdordagi mablag‗larni uzoq muddatga jalb qila oladilar. Bundan 
tashqari Buyuk Britaniyada banklarga o‗xshagan ixtisoslashgan kredit-
moliya institutlari ham mavjud bo‗lib, ular quyidagilardan iborat: 
73
jamg‗arma institutlari (ishonchli jamqarma banklari, milliy 
jamg‗arma banki, qurilish jamoalari); 
sug‗urta kompaniyalari va nafaqa fondlari; 
investitsion trestlar; 
badalli ishonch fondlar; 
moliyaviy korporatsiyalar; 
venchurli moliyalashtirish firmalari. 
Angliya banklari faoliyatining xususiyatlaridan biri korxonalarni 
qisqa muddatli kreditlashda 

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish