54
Mikrokredit tashkiloti ustav
fondining eng kam miqdori
mikrokredit tashkiloti davlat ro‗yxatidan o‗tkazilgan sanada Markaziy
bankning valyuta operatsiyalari bo‗yicha buxgalteriya hisobi, statistika
va boshqa hisobotlarni yuritish uchun e‘lon qilingan yevro kursi
bo‗yicha yuqorida belgilangan miqdordan kam bo‗lmasligi kerak.
Ustav fondi ta‘sischilar tomonidan pul mablag‗laridan, shuningdek,
ustav fondi miqdorining yigirma foizidan oshmaydigan boshqa mol-
mulkdan shakllantiriladi,
bunda kredit, garovga olingan mablag‗lardan
va boshqa jalb qilingan mablag‗lar foydalanishga yo‗l qo‗yilmaydi.
Ustav fondining eng kam miqdori litsenziya olish uchun murojaat
qilingan kunga qadar faqat pul mablag‗laridan shakllantirilgan bo‗lishi
kerak.
Mikrokredit
tashkiloti
litsenziya
olish
uchun
ro‗yxatdan
o‗tkazilganidan so‗ng bir oydan kechiktirmasdan O‗zbekiston
Respublikasi Markaziy bankiga yoki uning hududiy boshqarmalariga
litsenziya berish haqidagi ariza, mikrokredit tashkilotining ta‘sis
hujjatlari, mikrokredit tashkiloti davlat ro‗yxatidan o‗tkazilganligi
to‗g‗risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi, mikrokredit
tashkiloti boshqaruv organlarining tarkibi to‗g‗risidagi ma‘lumotlar,
mikrokredit tashkilotining ustav fondi shakllanganligini tasdiqlovchi
bank hujjatini taqdim etishi kerak.
Shuningdek, mikrokredit tashkiloti
joylashgan binodagi kassa
xonalari texnik jihatdan mustahkamlanishi va qo‗riqlash – yong‗indan
saqlash signalizatsiya vositalari bilan jihozlanishi va bu to‗g‗risida
Markaziy bankning tegishli hududiy boshqarmasining xulosasi olinishi
lozim.
Markaziy bank tomonidan ariza va zarur hujjatlar kelib tushgan
kundan boshlab o‗ttiz kun mobaynida ko‗rib chiqiladi. Litsenziya
berilgan vaqtdan boshlab olti oy muddat ichida mikrokredit tashkiloti
o‗z faoliyatini amalga oshirishga kirishishi lozim.
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki moliyaviy tizimning
barqarorligini saqlash, qarz oluvchilar va kreditorlarning manfaatlari
himoya qilinishini ta‘minlash maqsadida mikrokredit
tashkilotlari ustav
fondining eng kam miqdorini, moliyaviy va kassa operatsiyalari
o‗tkazish, buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish qoidalarini,
shuningdek,
iqtisodiy
me‘yorlarni
belgilash,
ko‗rsatilayotgan
mikromoliyaviy xizmatlar uchun foizlarni hisoblash tartibini tasdiqlash,
mikrokredit tashkilotlarining faoliyatini tekshirish va ularning
faoliyatida aniqlangan mikrokredit tashkilotlari to‗g‗risidagi qonun
59
hollarda Markaziy bank litsenziya berishni rad qilishi mumkin. Bu
to‗g‗risida rad etishning sabablari aniq ko‗rsatilgan holda mijozga
yozma ravishda raddiya xati yuboriladi. Ko‗rsatilgan
kamchiliklarni
bartaraf qilgandan keyin subyekt hujjatlarini takroran Markaziy bankka
taqdim etishi mumkin. Hujjatlar 10 kun ichida qayta ko‗rib chiqilishi
lozim. Litsenziya beruvchi organ litsenziya talablariga rioya qilinmagan,
faoliyatida ko‗rsatilgan kamchiliklarni bartaraf qilmagan hollarda
lombard faoliyatini to‗xtatib turish to‗g‗risida qaror qabul qiladi.
Lombard faoliyatini to‗xtatib turish muddati olti oydan oshmasligi
lozim.
Lombard tashkiloti faoliyatini to‗xtatish to‗g‗risida ariza bilan
murojaat qilganda, u bankrot bo‗lganda
yoki tugatilganda, boshqa
faoliyat yo‗nalishi bo‗yicha qayta tashkil etilganda, litsenziya talablariga
doimiy va tizimli rioya qilmaganda, qonun talablarini buzgan hollarda
litsenziyaning amal qilishi to‗xtatiladi. Shuningdek, sud talablariga
asosan ham litsenziyaning amal qilishi to‗xtatilishi mumkin.
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki lombardlar faoliyatini
nazorat qilish,
lombardlarning faoliyati, operatsiyalari to‗g‗risida
ma‘lumot, hisobot olish, ular faoliyatini tekshirish, litsenziya talablariga
rioya qilinmagan hollarda ularni ogohlantirish, ularga bajarilishi lozim
bo‗lgan talablarni yuborish va ular bajarilishini talab qilish huquqiga
ega. Bu faoliyat Markaziy bank tomonidan O‗zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 14-mayda 2209-son bilan
ro‗yxatdan o‗tgan ―O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan
mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini tekshirish tartibi
to‗g‗risidagi nizom‖ga asosan amalga oshiriladi.
Bugungi kunda
respublikamizda 45 dan ortiq lombardlar faoliyat olib bormoqda.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi
―2011-2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish
va
barqarorligini
oshirish
hamda
yuqori
xalqaro
reyting
ko‗rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‗nalishlari to‗g‗risidagi‖ PQ-
134-sonli qaroriga asosan mamlakatimizda moliya-bank tizimini isloh
qilishni yanada chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, banklar va
butun moliya-bank tizimi faoliyatiga yondashuvlarni hamda baholash
tizimini tubdan o‗zgartirish, hamma tomonidan qabul qilingan xalqaro
normalar, standartlar va baholash ko‗rsatkichlariga muvofiq bank
faoliyatini tashkil etishning yanada yuqoriroq
darajasiga chiqishni
ta‘minlash bo‗yicha vazifalar belgilab olingan. Bu vazifalar quyidagi
yo‗nalishlarni o‗zida mujassamlashtirgan.
Bular:
58
Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 10-dekabrda 1291-son bilan
ro‗yxatdan ―Lombardlar faoliyatini litsenziyalash tartibi to‗g‗risida‖gi
nizomga asosan tartibga solinadi.
O‗zbekiston Respublikasida lombardlar ixtisoslashgan yuridik
shaxs sifatida fuqarolardan o‗z ehtiyojida bo‗lgan ko‗char mulkini
garovga olgan holda qisqa muddatli kreditlar berish faoliyatini amalga
oshiradi. Lombardlar o‗z faoliyatini amalga oshirish uchun maxsus
ruxsatnoma (litsenziya)ga ega bo‗lishi lozim.
Lombardlar faoliyati
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan litsenziyalanadi.
Yuridik shaxs litsenziya olgan kunidan boshlab lomard sifatida
faoliyatini boshlaydi. Litsenziya olish uchun yuridik shaxs lombard
sifatida o‗rnatilgan tartibda ro‗yxatdan o‗tishi, zarur bo‗lgan ustav
fondining
minimal
miqdorini
shakllantirishi
lozim.
Lombard
tashkilotining ustav fondi muassislarining faqat pul mablag‗lari
hisobidan shakllanadi. Ustav fondini kredit, garov mablag‗lari va boshqa
jalb qilingan mablag‗lar hisobidan shakllantirishga ruxsat etilmaydi.
Lombard
tashkilotlari
faoliyatiga
Do'stlaringiz bilan baham: