52
bo‗lishi kerak. Bu tamoyil bank mijoz uchun to‗laligicha javob berish
zarurligini bildiradi, uning daromadini ta‘minlaydi.
Mijozlar tomonidan qaraganda, bank har doim sherik tashkilot
hisoblanadi. Sheriklik munosabatlari ikki tomonning o‗zaro qiziqishlari-
ga va roziliklariga asoslangan holda amalga oshirilishi lozimligi tufayli
bank mijozlar manfaatini ta‘minlashni birinchi o‗ringa qo‗yishi lozim.
Tijorat
banklari
faoliyatining
keyingi
tamoyili
banklar
ko‗rsatadigan xizmatlar va operatsiyalarning
universallashuvi
va
diver-
sifikatsiyasi
bo‗lib, banklar faoliyatining turli tarmoq va sohalarni
qamrab olishini kam risklilik asosida yuqori daromad olishga
yo‗naltirilgan bo‗lishi lozim.
Banklar qaysi mulk shakliga asoslanganligidan qat‘i nazar ularning
faoliyati yuqoridagi tamoyillarga asoslanadi.
Oldingi paragrafda ta‘kidlanganidek, banklar aksiyador jamiyat ka-
bi ochiq turdagi yoki yopiq turdagi aksiyador banklar bo‗lishi mumkin.
Aksiyadorlar safiga kirish aksiyalarni sotib olish yo‗li bilan amalga
oshiriladi. Huquqiy va jismoniy shaxslar banklarning aksiyadorlarini
sotib olishi va aksiyadorlar bo‗lishi mumkin.
Ba‘zi tijorat banklari paylar (badallar) hisobidan tashkil qilinishi
mumkin. Bu turdagi banklarning qatnashchilari ham huquqiy va jis-
moniy shaxslar bo‗lishi mumkin.
Xususiy banklar – jismoniy shaxslarning pul mablag‗lari hisobidan
tashkil qilingan banklar hisoblanadi.
Bajaradigan operatsiyalariga qarab tijorat banklari universal va
maxsus banklarga bo‗linadi.
Universal banklar xilma-xil operatsiyalar bajarish, har xil xizmatlar
amalga oshirish xususiyatiga ega bo‗ladi. Maxsus banklar ma‘lum
yo‗nalishlarga xizmat ko‗rsatib, o‗z faoliyatini shu yo‗nalishlarda
yutuqlarga, samaradorlikka erishishga bag‗ishlaydi. Bunday banklarga
tarmoqlarga xizmat ko‗rsatuvchi banklar, eksport-import operatsiyalarini
olib boruvchi banklar, investitsiya banklari, ipoteka-zamin banklarini ki-
ritish mumkin.
Joylashish belgisiga qarab tijorat banklari: xalqaro, respublika,
mintaqaviy, viloyat banklariga bo‗linishi mumkin.
Tarmoqlarga xizmat ko‗rsatishga qarab: sanoat, qurilish, qishloq
xo‗jalik, savdo va boshqa banklarga bo‗linishi mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklarning roli, ularning iqtisodiyot-
ga ta‘siri o‗sib bormoqda. Kredit muassislari, aholi, korxona, tash-
kilotlar, kompaniyalarning bo‗sh pul mablag‗larini yig‗ish va joy-
61
muhim vositasi sifatida mikromoliyalash
sohasi
rivojlanishini
rag‗batlantirish;
- tijorat banklarida hisob-kitob va hisobotlarning yangicha
yondashuvlarini shakllantirish hamda zamonaviy texnologiyalari va
uslublarini joriy qilish, moliya-bank axboroti saviyasi hamda sifatini
oshirish, yetakchi xalqaro reyting tashkilotlari talablariga muvofiq undan
keng ko‗lamda foydalanishni ta‘minlash;
- respublika tijorat banklari va moliya institutlarini dunyoda qabul
qilingan standartlar, uslubiyatlar va baholash ko‗rsatkichlari tizimida
ishlay oladigan, professional tayyorlangan yuqori malakali mutaxassislar
bilan mustahkamlash, moliya-bank faoliyati sohasida kadrlarni
tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish;
- bank nazorati bo‗yicha Bazel qo‗mitasining yangi tavsiyalarini,
shuningdek, nobank kredit tashkilotlari faoliyati ustidan nazoratni
takomillashtirish bo‗yicha chora-tadbirlarni bosqichma-bosqich tatbiq
etib borish, ya‘ni tijorat banklarining kapitali yetarliligiga nisbatan
talablarni oshirish, tijorat banklari kapitali tarkibida ularning inqiroz
holatlari ta‘siriga barqarorligini ta‘minlaydigan barqarorlashtirish
zaxiralarini yaratish, nobank kredit tashkilotlari uchun qo‗shimcha
majburiy iqtisodiy normativlarni kiritish borasidagi ishlarni bosqichma-
bosqich takomillashtirib borish vazifalari belgilab olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: