Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Daromad keltiruvchi aktivlarga quyidagilar kiradi



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet359/389
Sana26.02.2022
Hajmi5,53 Mb.
#466878
1   ...   355   356   357   358   359   360   361   362   ...   389
Bog'liq
Q8DNctbLglU8uFzK6jgQBUcpOO0Y8oIEtJwGVlbR

Daromad keltiruvchi aktivlarga quyidagilar kiradi: 
a) barcha berilgan kreditlar, jumladan, banklararo kreditlar; 
b) o‗z investitsiyalari; 
d) xazina veksellari; 
e) davlat obligatsiyalari; 
g) qimmatli qog‗ozlar. 
Daromad keltirmaydigan aktivlarga esa: 
a) pul aktivlari guruhi; 
b) asosiy vositalar; 
d) kapital xarajatlar; 
e) barcha moddiy aktivlar va boshqa aktivlar; 
g) nomoddiy aktivlar.
Tijorat banklari faoliyatini tahlil qilishda bir marta bo‗ladigan 
daromadlarni alohida hisobga olish lozim. Bunday daromadlar neytral 
daromadlar deb atalib, ularga quyidagilar kiradi: bir martalik tushumlar; 
o‗tgan davrdagi foizlar bo‗yicha tushumlar. 
64-jadval 
Tijorat bankining faoliyat natijalari (ming so„m) 
 
Manbalar 
01.01.2014-y. 
01.01.2015-y. 
Daromadlar: 
Berilgan kreditlar bo‗yicha foiz 
to‗lovlar 
106051 
90408 
Qimmatli qog‗ozlar va valyuta 
operatsiyalaridan olingan 
daromadlar 
3197 
31879 
Ko‗rsatilayotgan xizmatlar 
uchun komission to‗lovlar 
14365 
144708 
Boshqalar 
32256 
42478 
Jami daromadlar 
155869 
309473 
Xarajatlar 
128062 
205192 
Foyda 
27807 
104281 
575
o‗z vaqtida bajara olishini ta‘minlovchi qobiliyatini tiklash imkoniyatini 
beradi. 
Bank likvidligi ko‗proq bank balansining likvidligi bilan 
belgilanadi 
va 
uning 
mazmuni, 
mohiyati 
aktiv 
va 
passiv 
operatsiyalarning muddati bo‗yicha mos kelishidan iborat. Bank 
balansining likvidligi ssuda va fond operatsiyalariga yo‗naltirilgan 
mablag‗larning xatarlilik darajasi, pul bozorining rivojlanish darajasi va 
boshqa omillarga bog‗liq bo‗ladi. 
Bundan tashqari, passivlarning qisqa muddatliligi uzoq muddatli 
qo‗yilmalarga ham sarflanishi imkoniyatlarini cheklab qo‗ymaydi. 
Bankning har doim o‗z tasarrufida ma‘lum miqdorda ―begona‖ pullari 
bo‗ladi. Omonatlarning bankka doimiy oqib kelishi bilan birga ularning 
qaytarilib olinishi ham doimo sodir bo‗lib turadi va bunda bank hisob 
varaqalarida doimiy turib qoladigan qarz mablag‗lari miqdori barqaror 
hisoblanadi. 
Tijorat banki likvidligini saqlab turish muammosini hal qilish uchun 
passivlar oqimi harakatchanligi va muddatiga ko‗ra aktivlar oqimiga 
mos kelishi lozim. 
Shunday qilib, tijorat banki likvidligi bankning ma‘lum vaqtdagi 
to‗lovga qobiliyatliligini ta‘minlovchi va bank likvidligining asosiy 
omili bo‗lgan bank aktivlari va passivlarining nisbati bilan belgilanadi. 
Bank likvidligini ta‘minlovchi omillardan biri bank passivlarining 
sifatidir. O‗zlik va jalb qilingan mablag‗lar nisbati bankning 
ishonchliligi va faoliyati rivojlanishining istiqbolini harakterlab beradi. 
Jalb qilingan mablag‗lar oqimining barqarorligi likvidlik muammosini 
hosil qilmasdan turib, qisqa muddatli resurslarni uzoq muddatli 
qo‗yilmalarga yo‗naltirish imkoniyatini beradi. Depozitlar bo‗yicha ijro 
muddatining aniqligi balansning likvidligini boshqarish va likvid 
vositalarga bo‗lgan ehtiyojni prognoz qilish imkoniyatini beradi. Bu esa 
bank barqarorligini ta‘minlash imkoniyatini beradi.
Bank likvidligini ta‘minlovchi omillardan biri bank tomonidan qarz 
olish, o‗z aktivlarini sotish yo‗li bilan yoki o‗z majburiyatlarini bajarish 
uchun mablag‗ topa olish imkonini beradigan pul bozorining 
mavjudligidir. XX asrning 60-yillarida bu omilning roli nihoyatda ortdi. 
Bunga sabab, erkin muomalada bo‗lgan federal depozit sertifikatlari, 
federal fondlarning qisqa va uzoq muddatli qimmatli qog‗ozlari, REPO 
bitimlarining keng qo‗llanilishi va buning natijasida balansda foyda 
keltirmaydigan va kam daromadli aktivlarning to‗planishi bilan bog‗liq 


574
Bank likvidligining asosiy sharoitlaridan biri, uning aktivlari 
likvidligidir.
Likvid aktivlar - ularning yaxshi ma‘lum bo‗lgan bozor narxining 
shakllanishini ta‘minlaydigan, doimiy ravishda sotiluvchi va sotib 
olinuvchi aktivlarning alohida turi bo‗lib, banklar ularni qisqa muddat 
ichida sotib olishga tayyor bo‗lgan xaridorni topishi mumkin. Bunday 
aktivlar qatoriga naqd pullar, davlat qisqa muddatli obligatsiyalari, qisqa 
muddatli (yetti kungacha) banklararo kreditlar kiradi. Iqtisodiy 
hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (OESR) davlatlari hukumatlari 
hamda fond bozori rivojlangan davlatlarining mashhur transmilliy 
kompaniyalarining qimmatli qog‗ozlari ham yuqori likvidlikka egadir. 
Nolikvid aktivlar deb, bozor narxini kotirovka bo‗yicha aniqlash 
mumkin bo‗lmagan va bu turdagi aktivlarning xarid narxi sotuvchi va 
xaridor o‗rtasidagi kelishuv natijasida xususiy tarzda aniqlanadigan 
aktivlarga aytiladi. Bunday aktivlarning qiymati katta miqdordagi
o‗zgarishlarga uchrab turishi taqqoslashni qiyinlashtiradi. Bu turdagi 
aktivlarga, masalan, kreditlar, qimmatli qog‗ozlar bozorida kotirovkaga 
ega bo‗lmagan yoki kotirovkasi qiyin bo‗lgan qimmatli qog‗ozlar, 
asosiy vositalar va boshqalar kiradi. Tezda naqd pul miqdorini oshirish 
uchun nolikvid aktivlarni sotish zarur bo‗lganda, bank ularni zarar 
ko‗rgani holda sotishi mumkin.
Bank likvidligining yana bir jihati bankning to‗lovga qobiliyatliligi 
bo‗lib, uning asosiy belgisi bankning o‗z oldida turgan majburiyatlarini 
o‗z vaqtida qondira olish qobiliyatidir. 
―Likvidlik‖ va ―to‗lovga qobiliyatlilik‖ mazmuni, omillari va uni 
ta‘minlovchi sabablarga ko‗ra bir-biriga yaqin tushunchalardir. Likvidlik 
muammosi tashqi jihatdan to‗lov majburiyatlarini bajarish jarayonida 
vujudga keladi va likvid mablag‗lar yo‗qligi bilan bog‗liq qiyinchiliklar 
tug‗ilganda namoyon bo‗ladi. 
Likvidlik nafaqat to‗lovlarni o‗z vaqtida amalga oshirishni nazarda 
tutadi, balki o‗zining tijorat manfaatlari bilan birga omonatchilar 
tomonidan ishonch bildirilgan mablag‗larning saqlanishini ta‘minlaydi.
Bankning to‗lovga qobiliyatliligi bankka qo‗yilgan to‗lovlar 
bo‗yicha talablar ayni vaqtda qondira olish qobiliyatini bildiradi. 
To‗lovga qobiliyatlilikni ma‘lum moliyaviy holatning natijasi sifatida 
qaralishi mumkin. 
Shu bilan birga, to‗lovga qobiliyatlilik likvidlikka nisbatan 
ikkilamchidir. Chunki bankda to‗lovga qobiliyatlilik muammosi sodir 
bo‗lishi mumkin, ammo uning likvid balansi, bankning majburiyatlarini 
563
Yuqoridagi 48-jadval raqamlaridan ko‗rinadiki, tijorat bankining 
o‗tgan bir yil davomidagi natijalarida berilgan kredit bo‗yicha olingan 
daromadlar kamaygan bo‗lsada, bank daromadlari qariyb ikki barobarga 
oshgan. Bu esa mijozlarning bankka bo‗lgan ishonchini orttiradi. 
Bank daromadlarini hisoblashning bir necha yo‗llari mavjud. Ya‘ni, 
har bir operatsiya bo‗yicha daromad hisoblanadi. Xususan, kredit berish 
operatsiyalarida daromad qarzga berilgan summadan ma‘lum foizlar 
ko‗rinishida olinadi. Foizlar qanday to‗lanishi va ularning qancha sum-
mani tashkil etishi shartnomada belgilab beriladi. Qimmatli qog‗ozlar 
bilan bo‗ladigan operatsiyalarda daromad o‗zining va boshqa emitentlar 
aksiya kurslarining o‗sishi natijasida yuzaga keladi. Bu yerda daromadni 
aniqlashda aksiyalar kursining ular kapital qiymatlaridan qancha farq qi-
lishi orqali, ya‘ni real kurs qiymatidan nominal qiymatni ayirish 
yordamida topiladi. Umuman, ushbu turdagi daromad haqida gapirgan-
da, shuni aytish kerakki, bu yerda daromad aktivlar qiymatining 
o‗sishida namoyon bo‗ladi. Ya‘ni, naqd pul shaklidagi daromad kel-
masdan, balki bank yegalik qilayotgan aktivlar qiymati oshadi. 
Bankning boshqa ko‗pgina turdagi operatsiyalaridan daromad 
komission to‗lovlar shaklida keladi. Ko‗rsatilgan xizmat uchun mijoz 
bankka ma‘lum summani to‗laydi. Daromad miqdorini hisoblash mijoz 
bilan bank o‗rtasida tuzilgan shartnomaga asosan amalga oshiriladi. 
Komission to‗lovlar summasi ko‗rsatiladigan xizmat turiga, xizmat 
ko‗rsatish davrida bo‗lishi mumkin bo‗lgan riskka e‘tibor qilgan holda 
belgilanadi. 
Banklar 
komission 
to‗lovlarni 
ko‗pincha 
passiv 
operatsiyalar, yuridik va jismoniy shaxslar hisob raqamlarini yuritish 
orqali oladilar.

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   355   356   357   358   359   360   361   362   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish