Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet263/389
Sana26.02.2022
Hajmi5,53 Mb.
#466878
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   389
Bog'liq
Q8DNctbLglU8uFzK6jgQBUcpOO0Y8oIEtJwGVlbR

 
3-
§
. Foiz stavkasi va uning turlari 
Foiz stavkasi kreditga berilgan mablag‗lardan ma‘lum bir miqdorda 
foydalanilganligi uchun to‗lanadigan foiz to‗lovlarining nisbiy 
ko‗rsatkichidir.
Foizning bozorda yuzaga keladigan holat yoki o‗zgarishlar 
banklarning foiz stavkalariga ham o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi. Shundan kelib 
chiqib, foiz stavkasining o‗zgarmas va o‗zgaruvchan - suzib yuruvchi 
turlari mavjud. Pul, kredit resurslar bozoridagi o‗zgarishlarni inobatga 
olgan holda tijorat banklari tomonidan passiv yoki aktiv operatsiyalar 
bo‗yicha qat‘iy va suzib yuruvchi foiz stavkalari o‗rnatiladi. 
Qat‘iy yoki o‗zgarmas foiz stavka – qarz mablag‗laridan 
foydalanish davrida qayta ko‗rib chiqish huquqisiz o‗rnatiladigan, 
o‗zgarmaydigan stavkadir.
Suzib yuruvchi foiz stavka – kredit berilgan muddat ichida vaqti-
vaqti bilan foiz stavkasi qayta ko‗rib chiqiladigan o‗rta va uzoq muddatli 
kreditlarga qo‗llanadigan stavkadir. Kredit bo‗yicha foiz stavkasining 
qaysi turi qo‗llanilishi mijoz va bank o‗rtasida tuzilgan kredit 
shartnomasida aks ettirilishi lozim. 
Suzib yuruvchi foiz stavkasi aksariyat hollarda uzoq va o‗rta 
muddatli kreditlar berganda qo‗llaniladi va u ikki qismdan iborat deb 
qarash mumkin. Birinchi qism pul-kredit bozori konyunkturasiga bog‗liq 
ravishda o‗zgaradigan harakatlanuvchi qismdir. Uning o‗rnida, odatda, 
kredit resurslarini taklif etishning banklararo stavkalari LIBOR, PIBOR, 
FIBOR va boshqalar qatnashadi. Ikkinchi qismi qat‘iy o‗rnatilgan hajm 
qatnashadi. U tomonlar kelishuvining predmeti hisoblanib, u qoida 
bo‗yicha kredit shartnomasining amal qilish muddatida o‗zgarmaydi. 
Qayd qilingan qo‗shimchaning hajmi kelishuv shartlari va risk 
darajasiga bog‗liq. 


414
tomonidan mustaqil belgilanadi va u kredit shartnomasida aks ettiriladi. 
Kredit bo‗yicha foizlar muddati kelganda, memorial order bilan 
rasmiylashtirilib, mijozning asosiy talab qilib olinguncha bo‗lgan 
depozit varag‗idan grafik bo‗yicha undirib olinadi.
Foizlarni hisoblash quyidagi formula bo‗yicha amalga oshirilishi 
mumkin: 
Foiz miqdori = summa * foiz stavka * amaldagi kunlar soni • 
360
Mikrokreditlar bo‗yicha O‗zbekistonda foiz stavkalari Markaziy 
bankning qayta moliyalash stavkasidan yuqori bo‗lmagan miqdorda, 
yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qayta moliyalash stavkasining 50 % 
miqdorida imtiyozli foiz stavkasi o‗rnatilishi mumkin. 
Ta‘lim va iste‘mol kreditlari bo‗yicha foiz stavkalari tomonlar ke-
lishuviga asosan suzib yuruvchi foiz shaklida, lekin qayta moliyalash 
stavkasidan yuqori bo‗lmagan summada belgilanadi. 
Kredit bo‗yicha foizlar har kuni hisoblanishi mumkin va quyidagi 
buxgalteriya operatsiyasi bo‗yicha aks ettiriladi: 
Dt 163XX - olish uchun hisoblangan foizlar. 
Kt 40201–44900 – foiz daromadlari. 
Foizlarni undirish shartnomada belgilangan tartibda va muddatda 
amalga oshiriladi va u quyidagi buxgalteriya o‗tkazmasida ifodalanadi.
Dt – kassa, bankning vakillik hisob raqami yoki mijozning talab 
qilib olinguncha depozit hisob raqami. 
Kt – 163XX - olinish uchun hisoblangan foizlar. 
Depozit hisob varaqlari kredit qoldig‗i bo‗yicha to‗lanadigan foiz-
larni hisoblash bankning moliyaviy holatidan qat‘i nazar har kuni 
amalga oshirilish mumkin va uni quyidagi buxgalteriya o‗tkazmasida 
ifodalash mumkin: 
Dt – 50101-54900 – foiz xarajatlari. 
Kt – 224XX - to‗lash uchun hisoblangan foizlar. 
Hisoblangan foizlarning to‗lashini kredit shartnomada ko‗rsatilgan 
muddat va summada - quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 
Dt 224XX - to‗lash uchun hisoblangan foizlar. 
Kt - bank vakillik hisob varag‗i yoki mijozning talab qilib olin-
guncha depozit hisobvarag‗i. 
Foiz stavkasi quyidagilarga bog‘liq holda o‗zgarib turadi: 
1. Pul bozoridagi talab va taklifning nisbati, ya‘ni bozorda qanday 
miqdorda qarz puliga talab bor va unga nisbatan qanday miqdorda qarz 
beriladigan pul chiqarilgan. 
403

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish