LIBOR (LIBOR)
– ―Banklararo kreditlar va
depozitlar bozorida London taklif etish stavkasi‖ misol bo‗la oladi
.
LIBOR
stavkalari bir necha eng rivojlangan mamlakatlar valyutalari
bo‗yicha va davrlar (1 hafta, 1, 2, 3, 6, 9 va 12 oy) bo‗yicha aniqlanadi.
Ko‗pdan-ko‗p hollarda ―Libor stavkasi‖ terminida funt sterlingdagi
depozitlar bo‗yicha stavka tushuniladi. Har bir yirik tijorat banki har ish
kunining ertalab soat 11:00 da mavjud holat bo‗yicha pul bozori
konyunkturasiga bog‗liq ravishda stavkani qayd etadi. Shuningdek, yana
bazaviy (rasmiy) foiz stavkalarning PIBOR - Parij foiz stavkasi, NIBOR
– Nyu-York foiz stavkasi, MIBOR – Moskva foiz stavkasi kabi turlari
ham xalqaro amaliyotda keng qo‗llaniladi. Eng ko‗p qo‗llaniladigan foiz
stavka – bu
LIBOR (LIBOR)
bo‗lib u nafaqat xalqaro bozorlarda, balki
ba‘zi mamlakatlarning ichki bozorlarida ham qo‗llaniladi. Bazaviy foiz
stavkalar jalb qilingan mablag‗larning real bahosi, bu sohadagi bank
xarajatlari, ssudalar bo‗yicha foyda normasi va risk mukofotidan kelib
chiqib o‗rnatiladi.
Tijorat banklari moliyaviy holati ijobiy bo‗lgan, birinchi darajali
qarz oluvchilarga kreditlarni berishda
“PRAYM–REYT”
stavkalaridan
foydalanadilar.
401
- mijozning umumiy tashkiliy asosi, yuqori tashkiloti to‗g‗risida
ma‘lumot yig‗ishi;
- kredit hujjatlarini, kafolat, garov, veksel, shartnoma va
boshqalarni ko‗rib chiqish;
- muammoli holatdan chiqish rejasini ishlab chiqishi lozim.
Bank faoliyati doimo riskli operatsiyalar bilan bog‗liq bo‗lgani
uchun, ular faoliyatida doimo muammoli kreditlar yuzaga keladi.
Respublika tijorat banklari kredit portfelining tahlili shuni ko‗rsatadiki,
ba‘zi bir banklarda bunday kreditlar salmog‗i ancha yuqori. Bu
kreditlarni boshqarish, ularni o‗z vaqtida undirib olish ancha vaqt va
mehnatni talab qiladi. Hozirgi vaqtda tijorat banklarida muammoli
kreditlar bo‗yicha ishlarni kredit bo‗limi xodimlari olib boradi. Bu
jarayonning ijobiy tomoni shundaki, kredit bo‗limi xodimi shu kreditni
berganligi uchun mijozni, uning moliyaviy ahvolini yaxshi bilishi
mumkin. Ikkinchi tomondan shu bank xodimi yetarli nazorat olib
bormaganligi sababli shunday muammoli kredit yuzaga kelgan bo‗lishi
mumkin. Shu sabab muammoli kredit yuzaga kelganligi yoki mavjudligi
to‗g‗risida axborot aniqlangandan keyin muammoli kreditlar bilan
ishlash bo‗limi kreditni sog‗lomlashtirish bo‗yicha choralar ko‗rishi,
muammoli holatdan chiqish strategiyasini ishlab chiqishi lozim.
Muammoli kreditlar yuzaga kelish sabablari bo‗yicha bir-biridan
farq qilsada, ularning oldini olishda quyidagi yondashishlar qo‗l kelishi
mumkin:
- qarzni restrukturizatsiyalash dasturini ishlab chiqish;
- qo‗shimcha hujjatlar va kafolatlar olish;
- qo‗shimcha fondlarni to‗xtatish yoki qo‗shimcha inyeksiya qilish;
- garovni sotish;
- boshqa aktivlarni sotish;
- kafolat bo‗yicha to‗lovni talab qilish;
- boshqaruvni almashtirish;
- menejment ishlarini olib borish;
- huquqiy masalalarni ko‗rib chiqish v.b.
Amaliyotdan ma‘lumki, banklarning bankrot bo‗lishida asosan
uchta sabab bo‗lishi mumkin. Bular kreditlarning qaytarilmasligi yoki
boshqa aktivlarning yo‗qotilishi, banklarning nolikvidliligi va banklar-
ning asosiy faoliyatidan keladigan zararlardir. Bu omillarning har biri
bank kapitalining kamayishiga olib keladi. Bank kapitalining me‘yordan
pastga tushishi bankning to‗lovga layoqatsizligidan, uning aktivlariga
nisbatan majburiyatlari oshib ketganligidan, boshqacha qilib aytganda,
uning bankrotligidan dalolat beradi va bank litsenziyasidan mahrum
bo‗lishi mumkin.
Banklar muammoli kreditlar bo‗yicha ehtimoliy yo‗qotishlarga
zaxiralar ajratishlari, zaxira fondining yetarliligi eng kamida bir oyda bir
402
marta ko‗rib chiqilishi kerak.
Quyidagi jadvalda kredtlarning sifat tasnifi bo‗yicha zaxiralar nor-
masi keltirilgan.
52-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |