392
Tijorat banklarining kredit portfelini tashkil qilish kreditlashni tash-
kil qilish tamoyillariga asoslangan bo‗lishi lozim. Kreditning muddatli-
ligi, uning o‗z vaqtida qaytarilishi va to‗lovliligi kredit portfelining bar-
qarorligini va sifatliligini ta‘minlashga asos bo‗lishi mumkin.
Kredit portfelining sifatini doimiy ravishda nazorat qilish tijorat
banklari faoliyatining samaradorligini oshirish garovidir. Ularning kredit
portfelini oqilona boshqarish esa kredit risklarini kamaytirishning asosiy
omillaridan hisoblanadi. Shuni qayd qilish lozimki, banklarning moliya-
viy hisobotlari va boshqa qo‗shimcha ma‘lumotlari ulardagi aktivlar si-
fatining real holatini, shuningdek, kredit portfeli bo‗yicha mavjud
muammolarning bank daromadiga ta‘sirini aks ettirishi lozim. Bunday
ma‘lumotlarning yo‗qligi nafaqat bank aksiyadorlari yoki Markaziy
bank va boshqa manfaatdor tomonlarni chalg‗itib qo‗ymasdan, balki
bankning o‗ziga ham risklarni boshqarish jarayonida zarar yetkazishi
mumkin. Bankning kredit portfeli va uning sifati to‗g‗risida aniq
ma‘lumotga ega bo‗lmaslik, zarur hollarda oldindan choralar
ko‗rilmaslik natijasida muammoli kreditlar yuzaga kelishi mumkin.
Muammoli kreditlar banklardagi risklarni minimal darajaga yetkazishga
to‗siq
bo‗lib
turadi.
Kredit
portfeli
sifati
haqida
obyektiv
ma‘lumotlarning yo‗qligi bank rahbariyati tomonidan bankning kredit
siyosatiga zarur o‗zgartirishlar kiritilishiga ham xalaqit beradi.
Banklarning kredit portfelini tashkil qilishda:
- kredit risklari darajasini inobatga olgan holda kreditlarning sifatini
baholash mezonlarini tanlash va ular asosida kreditning sifatini baholash
usullarini ishlab chiqish, ssudalarning asosiy guruhlarini, ularning foiz
stavkalar asosida aniqlash;
- kreditlarni tavsiflash (turkumlash);
- har bir kredit guruhi bo‗yicha risk foizi darajasini aniqlash;
- har bir kredit va bank bo‗yicha kredit riskining absolyut summasi-
ni aniqlash;
- tegishli ma‘lumotlar asosida kreditlar bo‗yicha zararlarni qoplash
uchun yetarli rezerv summasini aniqlash;
- koeffitsiyentlar bo‗yicha kredit portfelining sifatiga baho berish;
- kredit portfelining tarkibini yaxshilash bo‗yicha chora-tadbirlar
ishlab chiqish zarur.
Shunday qilib, tijorat banklarining kredit portfeli turli xil kredit
risklariga asoslangan, muayyan mezonlarga qarab turkumlangan kredit-
lar miqyosidagi bank talablarining yig‗indisi bo‗lib, uni samarali
boshqarish kredit risklarini va, umuman olganda, bank risklarini ka-
393
maytirishning muhim omili hisoblanadi. Banklarning kredit portfelini
samarali tashkil qilish va uning sifatini tahlil qilish banklar faoliyatini
olib borishda muhim o‗rin egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: