376
Shuning
uchun
mijozning
majburiyatlari
to‗g‗ridan-to‗g‗ri
kreditning tamoyillari, qoidalari va shartlariga amal qilishga bog‗liqdir.
Mijoz majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
- kreditdan belgilangan maqsadlarda foydalanishni ta‘minlash;
- o‗z vaqtida foizlarni to‗lash va kreditni qaytarish;
- to‗lovga layoqatliligi to‗g‗risida bankka ma‘lumot berib turish;
- kreditni ta‘minlash;
- berilgan kredit bo‗yicha hal qilinishi lozim bo‗lgan masalalarni
echish uchun birlamchi buxgalteriya hisobotlari va hujjatlarini kerakli
paytda kredit bo‗limiga taqdim etish;
- 3-shaxsdan kredit olish to‗g‗risida bankni xabardor qilish;
- korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli o‗zgarishi hollarida bankni
xabardor qilish;
- likvidatsiya paytida zudlik bilan kreditni (foizlari bilan) qaytarish;
- shartnomaga binoan boshqa majburiyatlar.
Kredit
shartnomasining
5-bo‗limida
kredit
qaytarilishini
ta‘minlovchi aniq usullari ko‗rsatiladi. Ular quyidagicha bo‗lishi
mumkin:
a) garovga qo‗yilgan tovar-moddiy boyliklar;
b) bank yoki sug‗urta tashkilotining kafolati;
d) uchinchi shaxsning kafilligi;
e) sug‗urta polisi.
Yuqorida keltirilgan kredit qaytarilishining kafolatini ta‘minlovchi
usullar kreditning barcha turlarida, qarz oluvchining kreditga layoqatlilik
darajasini hisobga olgan holda ishlatiladi. Ular mijozga ishonch yetarli
bo‗lmaganda, ssudani pul tushumlari hisobiga qaytarishning yuqori riski
mavjud bo‗lganida qo‗llaniladi.
5-bo‗limda kreditdan foydalanganlik uchun bankka to‗lanadigan
foizlar darajasi aks etadi. Bu bo‗limda quyidagi hollardagi foiz
stavkasini belgilash, qayta ko‗rib chiqish maqsadga muvofiqdir:
a) shartnomada ko‗rsatilgan ssudadan foydalanish muddati
davomida;
b) ssuda prolongatsiya qilinganda;
d) ssuda to‗lashni kechiktirganda;
e) mijozning kreditga layoqatliligining yomonlashganida yoki
bitimning kredit riskini ko‗paytiruvchi boshqa omillarning paydo
bo‗lishida.
Bundan tashqari kredit shartnomasida kreditga foiz hisoblash va uni
undirish muddatlari ko‗rsatilishi zarur. Inflyatsiya sharoitida kredit
377
shartnomasining yana bir punktida boshlang‗ich o‗rnatilgan foiz
stavkalarining inflyatsiya o‗sish darajalariga bog‗liq holda o‗zgartirish
tartibi berilgan bo‗ladi. Foiz stavkasini qayta ko‗rib chiqishga asos
bo‗lib,
O‗zbekiston
Respublikasi
Markaziy
bankining
qayta
moliyalashtirish stavkasining o‗zgarishi sabab bo‗ladi.
Ba‘zi hollarda kredit shartnomasida tomonlarning javobgarligi 6-
bo‗limda
tomonlar
olgan
majburiyatlar
qisman
yoki
to‗liq
bajarilmaganda, O‗zbekiston Respublikasi qonunlari oldida javobgar
ekanligi va sanksiyalar berilgan bo‗ladi.
«Shartnomaning qo‗shimcha shartlari» degan bo‗limda oldingi
bo‗limlarda ko‗rsatilmagan boshqa shartlar belgilanadi. Ularga agar
mijoz bu bankda hisob-kitob varog‗iga ega bo‗lmasa, summa va muddati
ko‗rsatilgan majburiy muddatli depozit ochish; kreditlash yoki kredit
liniyasi limitining boshlang‗ich o‗rnatilgan summasini o‗zgartirish
tartibi; kredit shartnomasiga o‗zgartirish va qo‗shimchalar kiritish
tartibini kiritish mumkin.
«Kelishmovchiliklarni hal qilish» bo‗limida quyidagilarni
ko‗rsatish maqsadga muvofiq bo‗ladi:
a) tomonlar o‗rtasida shartnoma shartlarini bajarish bilan bog‗liq
bo‗lgan kelishmovchiliklarni o‗zaro kelishuv yo‗li bilan hal qilish;
b) o‗zaro kelishuv bilan hal qilish mumkin bo‗lmagan
kelishmovchiliklarni O‗zbekiston Respublikasi qonunlariga asosan
respublika xo‗jalik sudida hal qilish.
O‗zbekiston Respublikasi tijorat banklari kredit shartnomasining
yana bir bo‗limi shartnomaning amal qilish muddati bo‗lib, unda kredit
shartnomasining amal qilish muddatini, ya‘ni uning boshlanishi va
oxirini belgilaydi.
Shartnomada, shuningdek, tomonlarning yuridik manzili (pochta
manzili, hisob-kitob yoki vakillik hisoblari, telefon (faks) hamda
muhrlar bilan tasdiqlangan imzolar aks etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: