Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Debet  13101-Xususiy korxonalar va nodavlat korporatsiyalariga  berilgan qisqa muddatli ssudalar.  Kredit



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet250/389
Sana26.02.2022
Hajmi5,53 Mb.
#466878
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   389
Bog'liq
Q8DNctbLglU8uFzK6jgQBUcpOO0Y8oIEtJwGVlbR

Debet 
13101-Xususiy korxonalar va nodavlat korporatsiyalariga 
berilgan qisqa muddatli ssudalar. 
Kredit 
10301-bankning 
vakillik 
hisob 
varag‗i 
yoki 
mahsulot sotuvchi korxona hisob varag‗i. 
13101 hisob varag‗ida bank tomonidan xususiy firmalar, shirkatlar va 
jamoa xo‗jaligi hamda korxonalar, nodavlat korporatsiyalar va shu kabi 
xususiy mulkchilik shakliga ega bo‗lgan korxonalarga berilgan qisqa 
muddatli ssudalarning hisobi yuritiladi. Bu hisob raqam bo‗yicha analitik 
hisob har bir qarzdor va ssuda turlari bo‗yicha alohida shaxsiy hisob 
varaqalarda olib boriladi. 
Ssuda oluvchi va bank o‗rtasidagi tuzilgan kredit shartnomasiga 
binoan ssudaning qaytarish muddatlari belgilanadi. Ssudaning qaytarish 
muddati tugagandan so‗ng ssuda qaytarish bo‗yicha buxgalteriya 
provodkalari quyidagi ko‗rinishda bo‗ladi. 
Debet 
20208 - ssuda olgan xususiy korxonaning talab qilguncha 
saqlanadigan hisob varag‗i. 
Kredit 
13101 - Xususiy korxonalar va nodavlat korxonalariga 
beriladigan qisqa muddatli ssudalar. 


380
maqomi o‗zgarishi munosabati bilan boshqa turga o‗tkazilayotganda va 
ushbu ssudalar bo‗yicha ko‗rilgan zarar qoplanayotganda tegishli ssuda 
hisob raqamlari kreditlanadi. 
Berilgan ssudalar bo‗yicha ko‗rilishi mumkin bo‗lgan zararlar uchun 
zaxiralar bankning foydasi hisobidan yaratiladi. Ushbu zaxiralar qarzdorning 
moliyaviy holatini berilgan ssudaning ta‘minlanganligi va qaytmaslik 
risklarini baholash natijasida yaratiladi. 
Demak, banklarda ssuda operatsiyalarini olib borish uchun quyidagi 
ssuda hisob raqamlari ochiladi: 
12100-boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli ssudalar.
12300-hukumatga berilgan qisqa muddatli ssudalar.
12500-jismoniy shaxslarga va yuridik shaxs maqomiga ega 
bo‗lmagan shaxslarga berilgan qisqa muddatli ssudalar. 
12100-davlat korxonalariga berilgan qisqa muddatli ssudalar. 
12900-qo‗shma korxonalarga berilgan qisqa muddatli ssudalar. 
13100-xususiy korxonalar va nodavlat korporatsiyalariga berilgan 
qisqa muddatli ssudalar. 
Alohida ssuda hisob varaqlarning debet tomonida tegishli bank 
tomonidan korxona, tashkilot, jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli 
kreditlar, kredit tomonida ularning qaytarilishi aks etadi. Yuqoridagi 
hisob varaqlarning barchasi bir qator subhisobvaraqlarni o‗z ichiga olib, 
ularda muddatli, muddati o‗tgan, qayta ko‗rilayotgan ssudalar bo‗yicha 
alohida-alohida hisob yuritiladi. 
Agar xarid qilingan tovarning haqini darhol to‗lash lozim bo‗lsa-yu, 
lekin buning uchun firmaning o‗z mablag‗i yetmasa, bunday hollarda 
firmada bir martalik qarz mablag‗lariga ehtiyoj paydo bo‗ladi. Bu 
ehtiyojni qondirish uchun ―kredit liniyasi ochilmagan‖ ssuda hisob 
varag‗idan foydalaniladi. Bunday hisob varaqdan kredit berish bir marta 
ssuda berish yo‗li bilan amalga oshiriladi. Bunday ssudaning har biri 
bo‗yicha bank alohida qaror qabul qiladi. 
Korxona va tashkilotlarga yoki alohida olingan jismoniy shaxslarga 
ssuda hisob varag‗i ochilgandan so‗ng, ular bo‗yicha ssudaning berilishi va 
qaytarilishi bo‗yicha operatsiyalarni amalga oshirish mumkin. Har bir 
ssudaning berilishi kredit kommisiyasi farmoyishi asosida amalga 
oshiriladi, ya‘ni kredit bo‗limiga mijozga ssuda berish to‗g‗risidagi 
farmoyishni hisob operatsion bo‗limi mas‘ul ijrochilariga beradilar. Mas‘ul 
ijrochilar farmoyishda ko‗rsatilgan rekvizitlar asosida ssuda berish bo‗yicha 
buxgalteriya provodkalarini bajaradilar. Ssuda hisob varaqlarining o‗zi 
373
hisobidan yoki xo‗jalik sudi orqali qarzdorning mol-mulkiga qaratish 
yo‗li bilan undirish. 
Qarz oluvchi to‗lovga qobiliyatsiz deb belgilanganda, biznes-rejada 
ko‗rsatilgan pul oqimlari tushumi muddatida ta‘minlamay bank oldida 
qarzdorliklarni yuzaga keltirganda, u tomonidan kreditning ta‘minlanishi 
bo‗yicha majburiyatlari bajarilmaganda, kreditning asosiy qarzi yoki un-
ga tegishli foiz to‗lovlar ushbu shartnomada ko‗rsatilgan muddatlarda 
to‗lanmaganda, qarz oluvchi tomonidan kreditning ishlatilishi majbu-
riyatlari buzilganda, qarz oluvchi tomonidan hisobotlar muntazam 
taqdim etilmaganda yoki ular aniq bo‗lmaganda, bank xodimlariga bir-
lamchi hisobotlar va buxgalterlik hujjatlarini o‗rganishga ruxsat be-
rilmaganda, kafil tashkilotning moliyaviy holati yomonlashganda, tash-
kilotning tugatilishi yoki bankrot bo‗lishi holati kelib qolganda, garovga 
olingan mulk saqlash holati talabga javob bermagan hollarda bank 
quyidagi huquqlarga ega: 
- ushbu kredit shartnomasida qayd etilgan kreditni qarz oluvchiga 
to‗liq yoki qisman berishni rad etishi; 
- berilgan kredit va u bo‗yicha foiz to‗lovlarini muddatidan oldin 
undirish, shu jumladan, ushbu shartnomada belgilangan kredit ta‘minoti 
hisobidan undirish; 
- ta‘minot turini boshqa likvid turiga almashtirilishini talab qilishi 
mumkin. 
Alohida obyektlarni kreditlash esa o‗zgacha mexanizmga ega 
bo‗lib, u kredit shartnomasida belgilangan bo‗lishi kerak. Masalan, kre-
ditni berish va qaytarish to‗liq summada yoki qismlarga bo‗lib bajari-
lishi mumkin. Muvofiq tarzda kredit berish va qaytarishning summa va 
muddatlari ko‗rsatilishi kerak. Ssudani berish mablag‗lari to‗g‗ridan-
to‗g‗ri to‗lovlarni bajarishga yo‗naltirish yo‗li bilan, shuningdek, mab-
lag‗larni hisob-kitob qilish varag‗iga o‗tkazish yo‗li bilan ham amalga 
oshrilishi 
mumkin. 
Keyingi 
holatda 
ssudaning 
maqsadli 
yo‗naltirilganligini ta‘minlovchi mexanizm bo‗lishi kerak. U o‗z ichiga: 
a) mijozning ssudaning maqsadli yo‗naltirilganliliga rioya etish majbu-
riyati; b) berilgan mablag‗larning maqsadli ishlatilishi ustidan bank na-
zorati shaklini oladi. 
Kredit shartnomasining 3-bo‗limida qarz oluvchining huquqlari 
ko‗rsatiladi. 
Mijoz quyidagi huquqlarga ega: 
- kredit shartnomasida nazarda tutilgan miqdorda va muddatda kre-
ditni olish; 


374
- shartnomaga asosan yoki kreditor qarshi bo‗lmasa, kreditni mud-
datidan oldin qaytarish; 
- shartnomaga amal qilinmasa kredit shartnomasini bekor qilish; 
- kredit shartnomasi muddatini uzaytirish va qayta moliyalash 
stavkasiga asosan kredit foizini o‗zgartirishni talab qilish; 
- kredit shartnomasida ko‗rsatilgan boshqa huquqlar. 
Kredit shartnomasining 4-bo‗limida bankning majburiyatlari aks 
etadi. Bank majburiyatlariga mijozga ssuda varag‗ini ochish, ssudalarni 
kerakli summa, ko‗rinish va aniq muddatlarda berishni kiritish mumkin. 
Bank majburiyatlariga quyidagilar kiradi: 
- o‗z vaqtida kreditni berish va pul hisob hujjatlari bo‗yicha 
to‗lovlarni amalga oshirish; 
- kredit shartnomasiga binoan kreditlarga foiz hisoblash; 
- kreditni va unga foizlarni muddatidan oldin undirish hollarida 
qarzdorga ma‘lumot berish;
- normativ hujjatlarning o‗zgarishi to‗g‗risida mijozni xabardor 
qilib turish; 
- shartnomada ko‗rsatilgan boshqa majburiyatlar. 
Bu majburiyatlarni bajarmaganda, bank mijozga jarima to‗lashi 
ko‗zda tutilgan bo‗ladi (odatda, har bir kechiktirilgan kun uchun 0,01 
foiz miqdorida). Shuningdek, bank kredit berishni to‗liq yoki qisman 
to‗xtatib qo‗yish huquqiga egadir. Agar qarz oluvchi uni qaytara 
olmasligi to‗g‗risida ma‘lumotlar bo‗lsa, berilgan kredit bank tomonidan 
muddatidan ilgari undirilishining sabablari to‗g‗risida qarz oluvchiga 
yozma xabar beradi. 
Qarz oluvchining hisob varag‗iga mablag‗ kelib tushgan sana 
inobatga olingan holda berilgan kreditlar bo‗yicha kunlik foiz to‗lovlari 
hisoblanadi. 
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan xo‗jalik 
yurituvchi subyektlarni kreditlash bo‗yicha kiritiladigan o‗zgarishlar 
bo‗yicha qarz oluvchiga xabar berish v.b. 
5-bo‗lim mijozning majburiyatlariga bag‗ishlanib, bu bo‗limda 
quyidagi mijozlar kredit va foizlarning o‗z vaqtida va to‗liq ko‗rsatilgan, 
qaytarilishiga 
yo‗naltirilgan 
kreditlarning 
maqsadsiz 
ishlatilishi 
aniqlangan hollarda, maqsadsiz ishlatilgan summaning 25 foizi 
miqdorida jarima to‗lash va ushbu shartnomaning 1-bandida ko‗rsatilgan 
kredit summasining to‗liq qaytarilishini; 
qarz oluvchi korxona rahbari investitsiya loyihalarini (biznes-reja) 
texnik-iqtisodiy asoslanganligi, axborotning o‗z vaqtida taqdim etilishi 
379
Kredit muassasasi 
Taklif, ishlab chiqarish to‗g‗risida il-
timosi 
Qarz oluvchi 
Kredit berish majburiyati, 
agar qarz oluvchi 
kreditga layoqatliligi 
yomonlashsa 
Kredit va‘dasi 
Kredit olganda asosiy 
qarzni to‗lash uchun 
kelishilgan komissiya, 
foiz va to‗lovlarni 
to‗lash majburiyati 
Rozilik imzolangan shartnomani 
muddatida qaytarish 
1. Dastlabki sharnoma 
Kredit berish 
Kredit-ssuda schyot yoki kredit 
liniyasi ochib berish 
Ta‘minot berish, 
kreditni ishlatish 
Kreditni ishlatish 
2. Asosiy kredit 
Foizlarni to‗lash va asosiy qarzni to‗lashga oid to‗lovlar 
19-rasm.

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish