Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Debet  13105 - Xususiy korxonalarga berilgan muddati o‗tgan qisqa  muddatli ssudalar.  Kredit



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet249/389
Sana26.02.2022
Hajmi5,53 Mb.
#466878
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   389
Bog'liq
Q8DNctbLglU8uFzK6jgQBUcpOO0Y8oIEtJwGVlbR

Debet 
13105 - Xususiy korxonalarga berilgan muddati o‗tgan qisqa 
muddatli ssudalar. 
Kredit 
13101 - Xususiy korxonalarga berilgan qisqa muddatli ssudalar. 
Qaytarish muddati kelganda to‗lanmagan va shundan so‗ng 90 kun 
o‗tgandan so‗ng qaytib kelmagan ssudalar 13109 - ―Xususiy korxona va 
nodavlat korporatsiyalarga berilgan qisqa muddatli shartlari qayta ko‗rib 
chiqiladigan ssudalar‖ balans hisob varag‗iga o‗tkaziladi.
Korxona hisob varag‗iga pul kelib tushgandan so‗ng ssudani qaytarish 
bo‗yicha buxgalteriya provodkalari bajariladi. 
Shunday qilib, 
kredit berilganda:
Debet – 13 101. 
Kredit – 10301. 
Kredit qaytarilayotganda:
Debet – 20208.
Kredit – 13101 tariqasida bank provodkasi amalga oshiriladi. 
 
8-
§
. Qisqa muddatli kreditning o„z vaqtida qaytarilishini 
ta‟minlashda bank nazoratining roli 
 
Tijorat banki o‗zi xizmat ko‗rsatayotgan mijozlar faoliyati 
to‗g‗risida doimiy axborotga ega bo‗lishi, uning kredit qobiliyatini, 
to‗lov intizomi ahvolini tahlil qilib borishi, ya‘ni «ma‘lumotlar banki»ni 
barpo etishi lozim. Kreditlash jarayonida kredit shartnomasi shartlarini 
bajarishga qarz oluvchi olingan kreditdan samarali foydalanishiga, uni 
o‗z vaqtida va to‗liq qaytarishiga, kreditdan foydalaniladigan butun davr 
mobaynida qarz oluvchi bilan yaqin aloqa saqlab turishga qaratilishi 
lozim. Shu maqsadda mijozning xo‗jalik moliyaviy holati, uning 
tuzilgan shartnomalarga nomuvofiq mahsulot yetkazib berishi borasidagi 
o‗z majburiyatlarini, ishlab chiqarish hajmlarini qanday bajarayotgani, 
yo‗l qo‗yayotgan behuda xarajatlar va yo‗qotishlar, muomala chiqimlari, 
olayotgan foydasi, o‗z aylanma mablag‗lari ko‗payishi dinamikasi, 
371
hisob va hisobotning zaruriy holati; 
garovga qo‗yilgan mulkning saqlanganligi; 
bank nazorat qoidalariga rioya qilishlik; 
bank 
ruxsatisiz 
korxonani 
qayta 
tashkil 
etishning 
ta‘qiqlanganligi v.b. 
Yuqorida ko‗rsatib o‗tilganlarni hisobga olgan holda, kredit 
shartnomasining umumiy sxemasi quyidagi ko‗rinishda bo‗lishi 
mumkin: 
shartnoma maqsadi; 
bank huquqlari; 
qarz oluvchining huquqlari; 
bank majburiyatlari; 
qarz oluvchining majburiyatlari; 
shartnomaning amal qilish muddati; 
boshqa shartlar; 
tomonlarning yuridik manzili va imzolari. 
Shartnoma boshlanishida ishtirokchilarning yuridik shaxs sifatidagi 
rekvizitlari: qarz oluvchi uchun – nomi, hisob-kitob varag‗i raqami; 
bank uchun esa uning nomlanishi, ular tomonidan ish ko‗ruvchi shaxslar 
mansabi, ismi, familiyasi, otasining ismi ko‗rsatiladi. Bu bo‗limda, 
shuningdek, mijozning huquqiy shaklini: u alohida korxonami yoki 
tashkilotmi (shirkat, korporatsiya) ko‗rsatish kerak. 
-―Shartnoma maqsadi‖ bo‗limi kredit bitimi obyektining sifat va 
miqdor tavsifini aks ettiradi. 
Kredit bitimi obyektining sifat tavsifi ssudaning maqsadli 
yo‗naltirilganligini ko‗rsatadi. Shularga ko‗ra kredit turi quyidagicha 
tavsiflanadi:
Maqsadiga ko‗ra kredit: 
- kundalik ishlab chiqarish talablarini;
- savdo-vositachilik ehtiyojlarini; 
- investitsiya ehtiyojlarini; 
- iste‘mol ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo‗ladi.
Iqtisodiy tarkibiga ko‗ra kredit: 
- to‗lovga mablag‗ yetishmasligi; 
- tovar-moddiy boyliklarini shakllantirish; 
- qimmatli qog‗ozlarni sotib olish; 
- ishlab chiqarish xarajatlari; 
- ko‗chmas mulk sotib olish va boshqalar uchun berilgan kreditlar. 


372
Obyekt umumlashuviga ko‗ra kredit: 
- yiriklashgan; 
- jamlangan (yig‗ma); 
- alohida ehtiyojga mo‗ljallangan bo‗lishi mumkin. 
Shartnoma maqsadi bo‗limida kredit bitimi obyekti, shuningdek, 
kredit summasi ko‗rsatiladi. U kreditlashning miqdoriy chegarasini xa-
rakterlaydi. Kredit agarda kredit liniyasi ochish tartibida berilayotgan 
bo‗lsa, uning darajasi oylarga bo‗lingan holda ko‗rsatiladi. 
Ikkinchi bo‗lim ssudani berish va qaytarish tartibi va u bo‗yicha 
bank huquqlarini o‗z ichiga oladi. Yiriklashgan yoki jamlangan obyektni 
kreditlash sistematik tarzda amalga oshiriladi va shuning uchun kredit 
berish ayni to‗lovlar amalga oshirilayotgan paytda hisob-kitob 
varag‗idan o‗tmagan holda bajariladi. Kreditni qaytarish ham xuddi 
shunday sistematik tarzda hisob-kitob varag‗idan tomonlar kelishilgan 
muddatlarda amalga oshiriladi. 
Kredit shartnomasida bankning quyidagi huquqlari belgilanadi:
- qarz oluvchidan kreditni ishlatishini nazorat qilish uchun 
ahamiyatga ega bo‗lgan buxgalteriya va statistika hisobotlarini olish; 
- berilgan kreditlar uchun foizlar olish; 
- shartnoma shartlariga amal qilinmagan hollarda shartnomani be-
kor qilib, kredit berishni qisman yoki to‗liq to‗xtatish va berilgan kredit-
larning muddatidan oldin foizlari bilan undirib olish; 
- qayta moliyalash foizi o‗zgargan holda kredit uchun foizlarni 
o‗zgartirish; 
- shartnoma muddatini uzaytirish sabablarini tasdiqlovchi hujjatlar-
ni talab qilish; 
- shartnomada ko‗rsatilgan boshqa huquqlar; 
- kredit bo‗yicha qarzdorlik jadval bo‗yicha muddati o‗tgan qarz-
dorlikka o‗tkazilgandan so‗ng mijozning hisob raqamiga pul mablag‗i 
bo‗lganda va kelib tushgan holatda kreditning asosiy summasini qayta-
rish maqsadida mijozning roziligisiz uning hisob raqamidan chegirib
olish. Bu holda bank qarz oluvchiga hisob raqamidagi mablag‗lar kredit 
bo‗yicha qarzni qondirishga qaratilishi to‗g‗risida yozma xabar beradi. 
Qarz oluvchining hisob raqamida mablag‗i bo‗lganda va mablag‗ kelib 
tushgan holda bank tomonidan kredit bo‗yicha qarzdorlik mijozning ro-
ziligisiz memorial order bilan chegirib olinishi amalga oshiriladi; 
- qarzdorning pul mablag‗lari yetishmagan taqdirda kredit bo‗yicha 
qarzlarni qarzdorning roziligiga ko‗ra, uning likvidli mol-mulki 
381
muddatli, muddati o‗tgan, qayta ko‗rilayotgan kabi ssudalar bo‗yicha 
alohida yuritiladi. 
Quyida biz xususiy korxonalarga va nodavlat korxonalariga ssuda 
berish provodkalari bilan tanishib chiqamiz: 
Xususiy korxonalarga va nodavlat korporatsiyalariga berilgan „qisqa 
muddatli ssudalar‖ nomli balans hisob raqami ochiladi. Bu hisob raqam 
bir qator subhisob raqamlarni o‗z ichiga oladi. 
13101-―Xususiy korxonalar va nodavlat korporatsiyalariga berilgan 
qisqa muddatli ssudalar‖. 
13105-―Xususiy korxonalar va nodavlat korporatsiyalariga berilgan 
muddati o‗tgan ssudalar‖. 
13109-―Xususiy korxonalar va nodavlat korporatsiyalariga berilgan 
qisqa muddatli, shartlari qayta ko‗rib chiqiladigan ssudalar‖. 
Ssuda berilayotganda korxonaning hisob-kitob hujjati to‗lanayotgan 
bo‗lsa, pul o‗tkazilishi lozim bo‗lgan mol sotuvchi yoki xizmat ko‗rsatgan 
korxona hisob varag‗iga ssuda summasi o‗tkaziladi. Pul tushirilishi lozim 
bo‗lgan korxonaga boshqa bank bo‗limi xizmat ko‗rsatsa, ssuda summasi 
ssuda berayotgan bankning vakillik hisob varag‗i orqali tegishli bankka 
o‗tkaziladi. 
Ssuda berayotganda quyidagi buxgalteriya provodkasi amalga 
oshiriladi. 

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish