Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet248/389
Sana26.02.2022
Hajmi5,53 Mb.
#466878
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   389
Bog'liq
Q8DNctbLglU8uFzK6jgQBUcpOO0Y8oIEtJwGVlbR

5-
§
. Kredit shartnomasining tarkibiy qismlari 
 
Kredit shartnomasi tarkibi qonunda belgilanmagan. Kredit 
shartnomasini tuzishda bir qancha talablarni, jumladan, kreditning 
maqsadi, summasi, muddati, ta‘minlanganligi, foizlari, kreditni qoplash 
tartibi va boshqalar aniq ko‗rstilgan bo‗lishi lozim. 
Kredit shartnomasining tarkibi odatda quyidagi qismlardan iborat 
bo‗ladi: 
kirish qism - umumiy holat – shartnoma predmeti – kredit 
berish maqsadi, shartlari - hisoblanish shartlari va tarkibi – 
tomonlarning huquq va majburiyatlari – boshqa shartlari – yuridik 
manzillari, rekvizitlari, tomonlar imzolari. 
Har bir kredit shartnomasi shakliga ko‗ra quyidagi to‗rtta 
asosiy tamoyillarga asoslanadi: 
mustahkam huquqiy asos; 
shartnoma tuzish erkinligi; 
tomonlarning o‗zaro manfaatdorligi; 
shartnoma shartlarining kelishilganligi. 
Kredit shartnomasining huquqiy asosini qonunlar, bank faoliyatiga 
oid boshqa yuridik va me‘yoriy hujjatlar tashkil etadi.
Kredit shartnomasini tuzish erkinligi mijozni ssuda olmoqchi 
bo‗lgan bankni tanlash erkinligida va bankning shu mijozga kredit 
berish masalasini yechish erkinligida o‗z aksini topadi. Ikkala tomon 
shartnomaviy munosabatlarga o‗z xohishlariga ko‗ra kiradilar. 
Tomonlarning bir-biridan o‗zaro manfaatdorligi kredit shartnomasi 
shartlarini kelishish imkoniyatini bildiradi. Har bir tomon ham o‗z 
manfaatlarini qondiruvchi optimal variantni topishga harakat qiladi. 
Kredit shartnomasi tarkibini shakllantirishda, muhim va yordamchi 
shartlarning bor ekanligiga ahamiyat berish kerak. 
Muhim shartlar deganda, biz kredit shartnomasini tuzish imkoni-
yatini aniqlovchi shartlarni tushunamiz. Ularga tomonlarning nomi, 
shartnoma muddati, predmeti va summasi, ssudani berish va qaytarish 
tartibi, ssudadan foydalanish bahosining darajasi, kredit qaytarilishinng 
ta‘minlanganligi, tomonlarning javobgarligi kiradi. 
Qo‗shimcha shartlar kredit qaytarilishini ta‘minlashga, qo‗shimcha 
garovni yaratishga qaratilgan bo‗ladi. Ular aniq bir qarzdorlar uchun 
qo‗llaniladi va quyidagilarni o‗z ichiga oladi: 
qarzdorning aniq bir kreditga layoqatlilik darajasiga erishish 
majburiyati; 
383
tovar-moddiy boyliklar zaxiralari 
hamda aylanma mablag‗lari 
aylanishining ahvoli tahlil qilib turiladi. 
Bank har chorakda mijozning kredit qobiliyatini hisoblab chiqib, 
qarz oluvchi bo‗yicha tutilgan maxsus yig‗ma jildda bu ma‘lumotlarni 
to‗plab boradi. 
Joyning o‗zida buxgalteriya hisobi va hisobot ishlarining ahvoli, 
balans ma‘lumotlarining to‗g‗riligi va debitorlik-kreditorlik qarzlarining 
holati, shuningdek, bankka berilgan garov holati tekshirib turiladi. Qarz 
oluvchining moliyaviy ahvoli yomonlashgan, u bank nazoratidan bo‗yin 
tovlagan, hisobot ma‘lumotlari noto‗g‗ri olib borilgan, buxgalteriya 
hisobi o‗z holiga tashlab qo‗yilgan hollar aniqlanganda «Banklar va 
bank faoliyati to‗g‗risida»gi qonunga muvofiq bank bundan buyon 
kredit berishni to‗xtatishga hamda ilgari berilgan kreditlarni ta‘minot 
sifatida qabul qilingan va kredit shartnomasi shartlarida ko‗zda tutilgan 
majburiyatlar orqali, qarz oluvchining o‗z mablag‗lari hisobidan, 
muddatidan oldin undirib olishga haqli.
Garov to‗g‗risidagi shartnoma bo‗yicha, bank garovga qo‗yilgan 
mulkni mustaqil ravishda sotishi mumkin. Garov predmeti auksion 
orqali sotiladi. Ayni paytda qarz oluvchi bankka garovga qo‗yilgan mulk 
oldindan ma‘lum past narxlarda sotilishi uchun javobgarlik to‗g‗risida 
talab qo‗yishga haqli. Agar auksion bo‗lib o‗tmagani e‘lon qilinsa, bank 
garovga qo‗yilgan mulkni dastlabki narxda o‗z ixtiyorida qoldirishga 
haqli. Bunda bank qonunga muvofiq uning talablari oldida ustunlikka 
ega bo‗ladigan da‘volarni qoldirishga majbur. 
Bunday hollarda bank majburiyati shu mulkning auksion uchun 
dastlab belgilangan narxi summasidan oshmasligi zarur. 
Garov predmetini sotishdan oldin summa kreditini qoplash uchun 
yetarli bo‗lmagan hollarda, bank, agar shartnomada boshqa shart ko‗zda 
tutilmagan bo‗lsa, etishmayotgan summani qarzdorning boshqa mulki 
hisobidan qonunda ko‗zda tutilgan navbatdagi tartibda olish huquqiga 
ega. 
Garov predmetini sotishdan tushgan summa qaytarilmagan kredit 
hajmidan ortiq bo‗lsa, bank o‗rtadagi bu tafovutni bir oy ichida qarz 
oluvchiga to‗lashi shart.
Agar qarz oluvchi to‗lov muddati kelgandan so‗ng 90 kun ichida 
kredit shartnomasiga muvofiq qarzni to‗lash bo‗yicha majburiyatlarni 
bajarmasa, 
bank 
«Bankrotlik 
to‗g‗risida»gi 
O‗zbekiston 
Respublikasining qonuniga muvofiq to‗lovga layoqatsizlik to‗g‗risida 
ish qo‗zg‗ash uchun xo‗jalik sudiga murojaat qilishi kerak. 


382
Bu buxgalteriya provodkasi mijozning talab qilguncha saqlanadigan 
depozit bo‗yicha hisob varag‗ida ssudani qaytarish uchun yetarli pul 
mablag‗lari bo‗lgan holda amalga oshiriladi. Agar qarzdorning qarzni 
qaytarishga mablag‗i bo‗lmasa, ssuda summasi 13101 - ―Muddati o‗tgan 
xususiy korxonalarga va nodavlat korporatsiyalariga berilgan hisob 
varag‗i‖ga o‗tkaziladi. 
Bu operatsiya bo‗yicha quyidagi buxgalteriya provodkasi amalga 
oshiriladi: 

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish