384
Tijorat banklari amaldagi nizomga muvofiq kredit portfeli sifatini
muntazam ravishda tahlil qilib borishlari, har bir kredit bilan bog‗liq risk
darajasini tasniflashlari hamda uni quyidagi 5 ta guruhdan biriga
kiritishlari lozim:
a) standart
b) substandart
d) qoniqarsiz
e) shubhali
f) umidsiz
Tijorat banki qarz bo‗yicha ehtimol tutilgan yo‗qotishlar uchun
rezerv barpo etishi shart. Bu rezervga mablag‗lar amaldagi tartibga
muvofiq kiritiladi. Qarzlar bo‗yicha ehtimol tutilgan yo‗qotishlar uchun
rezerv xo‗jalik organlarga berilgan kreditlar tahlili hamda bank
faoliyatining risk darajasiga ta‘sir ko‗rsatuvchi omillarni belgilash
asosida tashkil qilinadi. Rezerv hajmi amaldagi qarzdorlik risk hujjati
yoki guruhiga bog‗liq bo‗ladi. Tijorat banklari rezerv hajmini hisobot
oyining har birinchi kuni uchun amaldagi tartibga asosan hisoblab
chiqadilar. Berilgan qarzlar kiritilgan «risk guruhi» yomonlashgan
taqdirda qarzlar bo‗yicha ehtimol tutilgan yo‗qotishlar uchun rezervga
ajratmalar har oyda o‗tkazib boriladi. Bank oldidagi o‗z majburiyatlarini
bajarmagan qarz oluvchiga nisbatan bank kredit shartnomasi shartlariga
ko‗ra quyidagi huquqlarga ega:
-
agar u kelishilgan muddatlarda bank tavsiyalarini bajarmasa,
kreditlash to‗xtatilib, uni qaytarib olish to‗g‗risida ogohlantirilgan da‘vo
xati yuborish;
-
kreditdan foydalanganlik uchun foizlar o‗z vaqtida to‗lanmagan,
shuningdek, kredit shartnomasida belgilangan muddatda qaytarilishi
ehtimoldan uzoq bo‗lgan hollarda, qarz oluvchiga bankrotlik
to‗g‗risidagi qonunda ko‗zda tutilgan jazo choralari qo‗llanishi haqida
ogohlantirish berilgan da‘vo xati yuborilib, kredit bo‗yicha qarz
qoldig‗ini muddatdan oldin undirib olish;
-
qarz oluvchi hisob yuritish va buxgalteriya hisobi qoidalarining
buzganligi aniqlansa, kreditlashni to‗xtatish va bu haqda soliq
inspeksiyasiga xabar berish, shuningdek, undan hisob va hisobot
qoidalari buzilish sabablari to‗g‗risida izoh berilishi, ularni tugatish
yuzasidan qanday choralar ko‗rilayotgani bildirilishini talab qilish.
Kreditni o‗z
vaqtida
qaytarish borasidagi majburiyatlarni
bajarayotgan qarz oluvchi o‗zining to‗lovga layoqatsizligi to‗g‗risida
matbuotda e‘lon berishi, bank esa bu haqda soliq inspeksiyasiga xabar
369
soladi. U bir tomondan mijoz talabining to‗laroq hisobini, ikkinchi
tomondan esa bankni kredit riskidan saqlashning muvofiq mexanizmini
ta‘minlab beradi.
Kredit shartnomasi qarz shartnomasining bir turi hisoblansada, u
qarz shartnomasidan farq qiladi. Bu farqni quyidagi jadvalda ko‗rish
mumkin.
50
Do'stlaringiz bilan baham: