368
Kredit summasi.
Kredit shartnomasida kreditning summasi mijozning garovga
qo‗ygan mulkining 120 foizi miqdorida yoki kafolatlangan summa
miqdorida belgilanib ko‗rsatiladi. Tijorat banki mijoz arizasida
ko‗rsatilgan summani har tomonlama asoslab berishi kerak. Odatda,
mijozlar o‗z imkoniyatlarini maksimal darajada baholab keladilar.
Tijorat banklari kerakli hollarda kreditlanayotgan obyektni to‗la
o‗rganib chiqish uchun mutaxassislarni jalb qilishi mumkin.
Kreditning foiz stavkasi.
Hozirgi kunda ko‗pgina tijorat banklari qayta moliyalash stavkasini
va jalb qilgan resurslarining bahosini hisobga olgan holda o‗zlarining
kredit siyosatiga muvofiq mustaqil foiz stavkalarini o‗rnatadi.
Kreditni qaytarish muddati.
Shartnomaga asosan kreditdan foydalanish muddati kelganda, kredit
olgan korxona muddatida kreditni qaytarmasa, muddati o‗tgan qarz
hisob raqamiga chiqariladi. Har oyning birinchi kuniga har oy uchun
olinadigan foiz summasini o‗z vaqtida to‗lab bormasa, muddati o‗tgan
foiz hisoblanib boriladi. Kredit uchun olinadigan foiz bir necha marta
muddati o‗tgan foiz hisob raqamiga chiqsa, bank kreditni muddatidan
oldin yopishga farmoyish beradi. Barcha ssuda operatsiyalari shu hisob
raqam orqali olib boriladi. Kredit summasi bankning o‗z mablag‗lari
hisobidan vakillik hisob raqami orqali to‗lab beriladi.
Respublikamizda qisqa muddatli kreditlash va, umuman, tijorat
banklari tomonidan kredit berish ―Banklar va bank faoliyati
to‗g‗risida‖gi qonunga asosan olib boriladi. Banklar tomonidan kredit
berish kreditlashning asosiy tamoyillari kreditning maqsadliligi,
kreditning ta‘minlanganligi, muddatliligi, qaytarilishi, to‗lovliligi
asosida amalga oshiriladi.
Kredit shartnomasi huquqiy jihatdan bir qator xususiyatlarga ega.
O‗zining huquqiy tabiatiga ko‗ra kredit shartnomasi tomonlarning
maqsadlarini va shu maqsadlarning amalga oshishini birlashtiradi.
Maqsad sifatida kredit shartnomasi bankning ma‘lum shartlar asosida
ssuda berish roziligi va qarz oluvchining uni ma‘lum davrdan so‗ng
qaytarib berishga tayyorligini aks ettiradi. Maqsadlarning bajarilishi
sifatida kredit shartnomasi ssuda berish va to‗lash bo‗yicha aniq
harakatni ko‗zda tutadi. Mijozning ssudani qaytarish bo‗yicha
majburiyatlari shartnomani imzolashdan oldin amalga oshirilgan bo‗lsa
ham, faqatgina ssuda olingandan so‗ng paydo bo‗ladi. Kredit
shartnomasi, shuningdek, kredit bitimining iqtisodiy shartlarini tartibga
353
bahosining 60-80% ini tashkil qiladi. Kreditni yoki u bo‗yicha foizlarni
vaqtida qaytarilmasligi vekselga egalik qilish huquqining bankka
o‗tishiga olib keladi. Kredit qaytarilganda esa veksel egasiga qaytariladi.
Ssudalarni ta‘minlashning yana bir ko‗rinishi mavjud – moliyaviy
talablar bilan, bularga ish haqini to‗lash bo‗yicha talablar, sug‗urta
shartnomalari bo‗yicha to‗lovlar va shu kabilar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: