338
Bank-kreditor qarz oluvchi va garant o‗rtasidagi munosabatlarda
eng muhim jihati – bu bank kafolatining kuchga kirish vaqtini aniqlash
hisoblanadi Odatda, bank kafolati berilganiga qarz oluvchi garantga
mukofot to‗laydi Bu omil amaliyotda kafolatning kuchga kirishida rol
o‗ynashi mumkin. Masalan, bank kafolati qarz oluvchi garantga kafolat
summasidan aniq foiz hisobida komission mukofot o‗tkazilgandan keyin
yoki qarz oluvchining hisob raqamiga barcha kredit summasi
o‗tkazilgandan keyin yoki kredit shartnomasida ko‗rsatilgan maqsadlar
bo‗yicha kredit ishlatilganda va boshqa hollarda kuchga kirishi mumkin.
Bank kafolatining ijro etilishi to‗g‗risidagi kreditor talabi, u
tomonidan yozma shaklda kafolatda ko‗rsatilgan hujjatlar bilan birga
garantga taqdim etilishi kerak.
Kreditor va garant o‗rtasidagi barcha munosabatlar bank kafolati
shartnomasida aniqlanadi Bu qoidaga rioya qilmaslik yoki yozma
shaklda shartoma tuzmaslik shartnoma haqqoniy emasligidan dalolat
beradi Kafolat yoki ikki tomonlama shartnoma garant tomonidan
kreditorga yuborilgan kafolat xati orqali rasmiylashtiriladi
Kafolat xati – bank-kreditor va garant o‗rtasida shartnomani
tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi Kafolat xati ssuda oluvchi tomonidan
bankka kredit berish masalalari hal etilguncha topshirilishi lozim.
Kafolat beruvchi, ssuda oluvchiga kafolat xatini berishdan oldin, kafolat
xati haqida o‗z bankiga ariza berishi lozim va ushbu arizada kafolat
berish zarurligi va maqsadi haqida yoritish lozim.
Bank kafolati shartnomasida qaysi majburiyatni ijro etilishi uchun
kafolat berilganligi kimga (kreditor nomi) berilganligi va kim uchun
(qarz oluvchi nomi) berilganligiga ko‗rsatilishi kerak Arbitraj
sudlarining amaliyotidan kelib chiqqan holda bank kafolati
shartnomasida qaysi majburiyatni ijro etilishi uchun kafolat shartlari
aniq ko‗rsatilmagan bo‗lsa shartnoma tuzilgan deb hisoblanmaydi
Umumiy qoida sifatida garant kreditor oldida subsidiar
(qo‗shimcha) javobgarlikni o‗ziga oladi Garantning va qarz oluvchining
solidar javobgarligi bank-kreditorga nisbatan faqatgina qonunchilikda va
shartnomada ko‗rsatib o‗tilganda belgilanadi
Jahon
amaliyotida
bank-garantning
kreditor
oldidagi
majburiyatlarining bajarilishi quyidagi hollarda:
1) kafolat berilgan summa kreditorga to‗langanda;
2) belgilangan kafolat muddati tugagan paytda;
351
qondirishga erishishi mumkin. Chunki kreditor oldida qarzdor ham,
ishonch bildiruvchi subyekt ham mas‘uliyatga ega bo‗ladi. Qarz oluvchi
va ishonch bildiruvchi kreditor oldida bir qarzdor (birga ish olib boruvchi
shaxs) sifatida javob beradilar.
49-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: