330
oluvchi bu haqda kafilga tezda xabar berishi lozim Agarda bank
kafilning mablag‗ini asossiz oborotga olgan bo‗lsa, kafil kreditordan
asossiz olgan mablag‗ini undirish bo‗yicha talab qo‗yishi yoki qarz
oluvchiga bo‗lgan regressiv talabini qo‗yish huquqiga ega.
Kafillik aniq hollarda, ya‘ni kafil tomonidan ta‘minlangan
majburiyatni to‗xtalganda, kafil uchun javobgarlikni oshiradigan yoki
boshqa nomaqbul hollarga olib keladigan majburiyatlar bo‗yicha
o‗zgarishlar bo‗lganda, kafillik bilan ta‘minlangan majburiyat bo‗yicha
qarzni boshqa shaxsga o‗tkazilishi bilan, agar kafil kreditorga yangi qarz
oluvchi javob berishga rozilik bermagan bo‗lsa, kreditor qarz oluvchi
yoki kafil tomonidan taklif etilgan tegishli ijroni bajarishdan bosh tortsa,
kafillik shartnomasida ko‗rsatilgan muddat o‗tishi bilan va boshqa
hollarda kafillik to‗xtalishi mumkin.
Shunday qilib kreditni to‗lashining kafili sifatida turli xildagi
yuridik va jismoniy shaxslar qatnashishi mumkin
Tijorat banklari kreditlari bo‗yicha kafil sifatida o‗z zimmasiga
mas‘uliyatni oluvchi subyekt ma‘lum talablarga javob berishi lozim.
Uning soliq va majburiy to‗lovlardan yirik miqdorda qarzi bo‗lmasligi,
doimiy pul oqimiga hamda ijobiy auditorlik xulosasiga ega bo‗lgan
moliyaviy barqaror, mijozga berilayotgan kredit summasining 200 foizi
miqdorida ko‗chmas mulk yoki jihozlar (mini sex, zavod, avtomobil
hamda boshqa transport vositalari)ga ega bo‗lgan va bu mulklar kafil
yuridik shaxsning nomiga rasmiylashtirilgan hamda uning balansida
rasman aks ettirilgan yuridik shaxslar kafil bo‗lishlari mumkin. Yuridik
shaxs talab qilingan darajada mulkka ega bo‗lmagan hollarda yuridik
shaxs bankdagi jamg‗arma va depozit hisob varaqlarida yoki qimmatli
qog‗ozlar shaklida (bankning o‗z aksiyalari bundan mustasno) kafillikni
ta‘minlash mumkin bo‗lgan pul mablag‗iga ega bo‗lsa hamda bu
mablag‗ni bankka undiruv qaratish huquqini bergan bo‗lsa, sotilgan
tovar (bajarilgan ish, xizmat)lar, omborxonadagi sotish uchun olib
kelinayotgan import mahsulotlar bo‗yicha mablag‗lar kelib tushishi aniq
bo‗lgan va bunga, bankda shubha bo‗lmaganda hamda bankda uni
undirib olish uslubi mavjud bo‗lganda, vaqtincha mablag‗ga ega
bo‗lsada, kamida uch yil davomida bankda xizmat ko‗rsatilgan va bank
oldidagi o‗z majburiyatlarini doimo bajarib kelgan, kelgusida
kutilayotgan yoki sotilgan hosildan (mahsulot, ish, xizmat) mablag‗
manbalariga ega bo‗ladigan bo‗lsa, ular kafil sifatida kredit
munosabatlarda qatnashishi mumkin.
327
ko‗proq ko‗chmas mulki va uning ixtiyoridagi qimmatli qog‗ozlar
boshqa
mulk
shakllari
bo‗lishi
mumkin
qarz
oluvchi
o‗z
majburiyatlarini bajara olmagan hollarda ta‘minlanganlik asosi bo‗lgan
mulk bank ixtiyoriga o‗tadi va bank uni sotib yetkazilgan zararlarni
qoplash huquqiga ega bo‗ladi Bank tomonidan berilayotgan kredit
miqdori taklif etilayotgan ta‘minlanganlikning o‗rtacha bozor narxidan
past bo‗ladi va mulk bahosi tomonlarning kelishuvchi natijasida
aniqlanadi
Kreditlar sifatli aktivlar bilan aytaylik yer yoki hukumatning
qimmatli qog‗ozlari ya‘ni davlat zayomlari bilan ta‘minlangan bo‗lsa u
holda ularning foiz stavkasi ta‘minlanmagan kreditlarnikiga nisbatan
past bo‗lishi mumkin Chunki bunda kreditni qaytarmaslik riski
minimallashtirilgan bo‗ladi Xalqaro kreditlar oltin olmos platina kabi
nodir metallar bilan ta‘minlangan bo‗lsa ularning foiz stavkasi sezilarli
darajada past bo‗ladi
Kreditning ta‘minlanganligi uchun qabul qilinadigan mulk likvidligi
yuqori, tez sotiladigan oldin biror majburiyat bo‗yicha garovga
qo‗yilmagan korxonaga tegishli bo‗lgan mulk bo‗lishi lozim
Bank
ssudalarining
tovar-moddiy
boyliklar
bilan
to‗liq
ta‘minlanganligi pul muomalasining barqarorligini ta‘minlaydi chunki
bank mablag‗larining aylanishi ya‘ni pullari naqd pulga va, aksincha,
transformatsiyalanib turadi
Kreditning ta‘minlanganligi sifatida kafillik, kafolat, garov va
boshqalar qo‗llaniladi. Quyida biz shu ta‘minlanganlik shakllarini
alohida ko‗rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: